​"Ташаббусли бюджет" яна бошланди! 1 трлн сўмни қаерга ишлатишни фуқароларнинг ўзи ҳал қилиши мумкин

Ён-атрофимизда кўплаб катта-кичик муаммоларимиз бор. Масалан, қайсидир маҳаллада сув йўқ, қаердадир электр йўқ, қаердадир йўллар расво, қаердадир боғча эски, қаердадир мактаб хароба ва ҳ.к.

Давлат нега қилмайди, ҳокимлар қаёққа қараяпти, солиқларимиз қаерга кетяпти ўзи, ҳокимлар фақат қиммат машина олишни билади, ундан кўра пулини мактаб-боғча ва йўлларга сарфласа бўлмайдими, деган саволларни ва хитобларни ҳам кўп айтамиз.

Энди Очиқ бюджет портали орқали ўзимиз қаерга ичимлик суви керак, қайси йўлни тузатиш керак, қайси боғча ёки мактабни таъмирлаш керак, таклиф бера оламиз. Ва таклифимизни маҳалладошларимиз қўллаб-қувватлаб, кўпроқ овоз берса, ўшанга пул ажратилади.

Ўтган йилги илк лойиҳада жами 41 минг 125 та ташаббус билдирилганди. Жами 530 млрд сўм пул ажратилди.

Бугундан бошлаб 2022 йилги лойиҳанинг биринчисига старт берилди. Маблағ эса 2 баравар кўпайтирилган — 1 ТРЛН 26 МЛРД СЎМ!

❓Хўш, сиздачи? Таклиф борми? Маҳаллангиз муаммосини ҳал қилишга ёрдам бермоқчимисиз? Сиздан пул талаб қилинмайди, шунчаки ТАШАББУС кўрсатсангиз бўлди, пулини давлат тўлаб беради.

Унда нега қўл қовуштириб ўтирибсиз? Тезда openbudget.uz сайтига киринг ва ташаббус кўрсатинг. Давлат бюджетини керакли жойга ишлатилишида ёрдам беринг.

Ариза қолдириш муддати: 21 февралгача!

Таклифлар қуйидаги мавзуларда бўлиши керак:

— ичимлик суви таъминоти;
— ички йўлларни таъмирлаш;
— ёритиш тизимлари билан боғлиқ муаммолар;
— мактаб, боғча, тиббиёт бирлашмалари ва бошқа ижтимоий объектларни таъмирлаш, моддий-техник жиҳозлар билан таъминлаш;
— умумжамоат фойдаланишидаги объектларни таъмирлаш ёки жиҳозлаш ва бошқалар.

Бефарқ ва лоқайд бўлманг, ташаббусни қўлга олиш вақти келди.


👉 @xushnudbek 👈

368 comments

Show 100 more comments
Bobosharipov
Bu millatni qutqarib bo'lmaydi. Komentga yozgan bilan muommongizni hal bo'lib qolmaydi. Ana pottalga kirib tashabbus qoldiring deyilgan ku. Etibor bilan o'qinglareeee🤦‍♂️🤦‍♂️🤦‍♂️🤦‍♂️
Assalomu alaykum! Hozir qishloq joylarda va bazi shaharlarda gaz muammo. Nega bu ro'yhatda gaz yo'q. Chetga sotguncha gazni xalqqa bersa bo'lardi. Elektr hisoblagichga o'xshagan gaz hisoblagichlar o'rnatsa, pul to'lasa yonib, pul to'lamasa o'chadigan qilib gaz berish kerak. Mana shu ishga o'ziz bosh-qosh bo'lsangiz bo'miydimi. Oddiy xalq qachongacha gazsiz qiynaladi.
Ассалому алейкум тошкент вилояти оққоргон тумани зафар " бойгули мфй " ички йоллар ичимлик суви муаммолари хали хамон бир ўзгариш йўқ масул шахслар сизларни хам туманларга лой кўчаларга кўчириб йубориш керак ўзи.
Zakovatga qanday savol tashisa boʻladi shuni mukammal maʼlumot bersaz
Assalomu alaykum Xushnudbek Xudayberdiyev Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani Epkendi MFYni ichki yoʻllari judaham achinarli ahvolga kelgan ichimlik suvi quvirlari ottiyu lekin ulanmadi, ya'ni suv chiqmaydi kochalar tunda qorongʻu maktabda sport zali yoʻq yomgʻir yoqqanda koʻchalarda yurib bolmaydi qisqa qilib aytganda mahallamiz achinarli ahvolda
Zulfiya
Assalomu aleykum xushnudbek man xorazm viloyati shovot tumani qum yop maxallasida alpomish ko‘chasida istiqomat qilaman Muammolarimiz ko‘p lekin eng kerakli zarur muammomiz bu ko‘chamizni asvalt qilish muammosidir ko‘p joylarga murojaat qildik iltimos shuni xal qilib beringlar
Агар бирор қинғир иши учун суд қарори орқали фаолияти тўхтатилмаса ёки лицензияси қайтариб олинмаса, уларнинг дипломи Ўзбекистонда ўтади. Демак диплом олгандан кегин агар шу олийгохни лицензияси олиб куйилса... у диплом утмасаканде?
Fayzullayeva Mastura
Assalomu aleykum men Buxoro viloyati Buxoro tuman Qavola Mahmud MFY Sofiyon qishlogida yashayman. Yollarimiz juda achinarli ahvolda, asfalt qilish kerak ,,chunki qishda loy, yozda esa chang, tunda esa qorongu yorituvchi chiroqlar ornatilsa , muammolarimiz juda kop, lekin hozircha eng asosiysi shular kop joyga murojaat qildik lekin foydasi yoq.Iltimos shu murojaatimni e'tiborga olasiz degan umiddaman.
Нумонжон
Assalomu alaykum. Men Farg'ona viloyati Rishton tumanidan Madaminova Gulnora, matematika fani o'qituvchisiman. Oilaviy sabablarga ko'ra Toshkent viloyati Yangiyo'l tumanida yashaymiz. Yangiyo'l tumanidagi 39-umumta'lim maktabida ishlayman. Navbatdan tashqari attestatsiyaga ro'yxatdan o'tganman. Fevral oyining boshidan dekret ta'tiliga chiqqanman, hozirda Farg'ona viloyati Rishton tumanidaman. Attestatsiya sinovidan Farg'ona viloyatida o'tsam ham bo'laveradimi?, iltimos shunga aniqlik kiritib bersangiz.
Qibray tumani Mustaqillik M.F.Y Yoshlar yetakchisiman 28 maktab hududida eski qarovsiz sport zal bor shuni remont qilb yoshlarga 1 kun boks 1 kun kurash 1 kun gimnastika qilsh kere mahalla fuqorolari tomonidanam kop shunga oxshash taklifla tushvoti man ozim shu yonalishga sariflagan bolardm yoshlar bzdan kora yahshiroq sharoitlarda voyaga yetsn diyman man ozim bunaqa siyosat bunaqa shar sharoitda osmaganman mahalladagi uka singillarimga yahshi sharoiti yaratmoqchiman hudo hohlasa
Сейтимов Давронбек
Ассалому алайкум,исмим Давронбек жисмоний тарбия ўқувчисиманҚорақалпоқистон Респуликаси Тахиотош тумани Абот макан МФЙ 34 кв Навруз Жапаков кўчасида охирида ташландиқ жой бор шу ерга футбол майдони (газон) қурсам дейман.Агар бу лойиҳа амалга ошиб кетса.
Зарафшон Женя опа
Шахаримизнинг тозалини учун харажат килиш кк. Куча супурувчиларни купайьириб вактида чикиндилпрни олиб кетилишини таьминлаш кк.
Зарафшон Женя опа
Сув келтириш кк кучадаги дарахтларга
Зарафшон Женя опа
Аввалги Руслар бор вактидаг дек тартиб яратиш кк
Жамшид Бегматов
Овозларни ясаб олишмокда
Assalomu alaykum. Men Surxandaryo viloyati Oltinsoy tumani Qõsharcha mahallasidan Yoqubov Anvarjon, Oliy ma'lumotliman lekin ayrim sabablarga ko'ra hech qayerda ishlamayman ( yunalishim bo'yicha ish yo'q). Men yashaydigan Mahalla <<Obod qishloq>> dasturiga tushgan edi! Ammo kõzga kõrinadigan darajada ish qilinmadi, birgina misol tunda yortuvchi chiroqlar qo'yilgan lekin ularning yarmisidan kõpi ishlamaydi, asfaldni ku gapirmasa ham bo'ladi. Asfald qilamiz deyishib asfald o'rniga tosh aralash qum yoyib ketishdi. Mahallamizda qilingan sifatsiz ishlarni Kim nazorat qiladi.
Qahramon
Assallomu allekum Menga Xuquq shunos Xushnud bekni Telfon raqami kerak Juda Muhum Murojatim bor edi
Gavhar Toʻraliyevna
Assalomu alaykum.Men Surxondaryo viloyati Bandixon tumanida yashayman.Bizda ichimlik suvi boʻyucha muommolar bor.4 - oydan beri krantlarga suv chiqmaydi. Bu hol bir yildan buyon shunday boʻlib kelmoqda.Bizdan ikki koʻcha naridagi koʻchalarga suv chiqadi,bizga chiqmaydi.Bir necha marotaba oqava suv hodimlariga murojat qilganmiz,natija yoʻq.Bunga kimdir javob beradimi,nazoratga olinadimi? Baʼzi joylarda suvlar bexudaga oqib yotadi,koʻrib shu suvlarni bizga yuborsa boʻlmasmikin deysan kishi.Natija boʻlishini kutib qolamiz .....
Sadoqat Hojirahimova
Assalomu alaykum. Men o'qituvchiman.Men Maktablarga qo'shimcha o'quv xonalari qurilishi tarafdoriman.Chunki bizning maktab 400 o'ringa mo'ljallangan.Hozir esa 900 ga yaqin o'quvchi o'qiydi. Bunday sharoitda ta'lim rivojlanmaydi.Jahon statistikasiga ko'ra eng rivojlangan davlatlar 1-navbatda ta'limga e'tiborni qaratgan. Dunyoda farzand tarbiyasi va ta'limini bosh maqsad qilinmas ekan qurilgan osmono'par binolar-u shaharlar, chiroyli va zamon talabiga mos yo'llardan ne naf.
Assalomu alaykum men Namangan viloyati Norin tumani Soy bo'yi MFY fuqarosi Tashpulatov Baxrom Urinbayevich bizni mahallada bir marta yomg'ir yoki qor yog'sa umuman yurib bo'lmaydigan darajada loy bo'lib ketadi. Iltimos bizni mahallani ya'ni S.Adashev ko'chasini asfalt qilinishida shu ajratilgan mablag'dan yo'naltirilishini xoxlardim. Deputat Z.Xudoyberdiyev xonadoni joylashgan mahalla hisoblanadi.
Show next 83 comments