​"Ташаббусли бюджет" яна бошланди! 1 трлн сўмни қаерга ишлатишни фуқароларнинг ўзи ҳал қилиши мумкин

Ён-атрофимизда кўплаб катта-кичик муаммоларимиз бор. Масалан, қайсидир маҳаллада сув йўқ, қаердадир электр йўқ, қаердадир йўллар расво, қаердадир боғча эски, қаердадир мактаб хароба ва ҳ.к.

Давлат нега қилмайди, ҳокимлар қаёққа қараяпти, солиқларимиз қаерга кетяпти ўзи, ҳокимлар фақат қиммат машина олишни билади, ундан кўра пулини мактаб-боғча ва йўлларга сарфласа бўлмайдими, деган саволларни ва хитобларни ҳам кўп айтамиз.

Энди Очиқ бюджет портали орқали ўзимиз қаерга ичимлик суви керак, қайси йўлни тузатиш керак, қайси боғча ёки мактабни таъмирлаш керак, таклиф бера оламиз. Ва таклифимизни маҳалладошларимиз қўллаб-қувватлаб, кўпроқ овоз берса, ўшанга пул ажратилади.

Ўтган йилги илк лойиҳада жами 41 минг 125 та ташаббус билдирилганди. Жами 530 млрд сўм пул ажратилди.

Бугундан бошлаб 2022 йилги лойиҳанинг биринчисига старт берилди. Маблағ эса 2 баравар кўпайтирилган — 1 ТРЛН 26 МЛРД СЎМ!

❓Хўш, сиздачи? Таклиф борми? Маҳаллангиз муаммосини ҳал қилишга ёрдам бермоқчимисиз? Сиздан пул талаб қилинмайди, шунчаки ТАШАББУС кўрсатсангиз бўлди, пулини давлат тўлаб беради.

Унда нега қўл қовуштириб ўтирибсиз? Тезда openbudget.uz сайтига киринг ва ташаббус кўрсатинг. Давлат бюджетини керакли жойга ишлатилишида ёрдам беринг.

Ариза қолдириш муддати: 21 февралгача!

Таклифлар қуйидаги мавзуларда бўлиши керак:

— ичимлик суви таъминоти;
— ички йўлларни таъмирлаш;
— ёритиш тизимлари билан боғлиқ муаммолар;
— мактаб, боғча, тиббиёт бирлашмалари ва бошқа ижтимоий объектларни таъмирлаш, моддий-техник жиҳозлар билан таъминлаш;
— умумжамоат фойдаланишидаги объектларни таъмирлаш ёки жиҳозлаш ва бошқалар.

Бефарқ ва лоқайд бўлманг, ташаббусни қўлга олиш вақти келди.


👉 @xushnudbek 👈

368 comments

Show 100 more comments
Агар бирор қинғир иши учун суд қарори орқали фаолияти тўхтатилмаса ёки лицензияси қайтариб олинмаса, уларнинг дипломи Ўзбекистонда ўтади. Демак диплом олгандан кегин агар шу олийгохни лицензияси олиб куйилса... у диплом утмасаканде?
Fayzullayeva Mastura
Assalomu aleykum men Buxoro viloyati Buxoro tuman Qavola Mahmud MFY Sofiyon qishlogida yashayman. Yollarimiz juda achinarli ahvolda, asfalt qilish kerak ,,chunki qishda loy, yozda esa chang, tunda esa qorongu yorituvchi chiroqlar ornatilsa , muammolarimiz juda kop, lekin hozircha eng asosiysi shular kop joyga murojaat qildik lekin foydasi yoq.Iltimos shu murojaatimni e'tiborga olasiz degan umiddaman.
Нумонжон
Assalomu alaykum. Men Farg'ona viloyati Rishton tumanidan Madaminova Gulnora, matematika fani o'qituvchisiman. Oilaviy sabablarga ko'ra Toshkent viloyati Yangiyo'l tumanida yashaymiz. Yangiyo'l tumanidagi 39-umumta'lim maktabida ishlayman. Navbatdan tashqari attestatsiyaga ro'yxatdan o'tganman. Fevral oyining boshidan dekret ta'tiliga chiqqanman, hozirda Farg'ona viloyati Rishton tumanidaman. Attestatsiya sinovidan Farg'ona viloyatida o'tsam ham bo'laveradimi?, iltimos shunga aniqlik kiritib bersangiz.
Qibray tumani Mustaqillik M.F.Y Yoshlar yetakchisiman 28 maktab hududida eski qarovsiz sport zal bor shuni remont qilb yoshlarga 1 kun boks 1 kun kurash 1 kun gimnastika qilsh kere mahalla fuqorolari tomonidanam kop shunga oxshash taklifla tushvoti man ozim shu yonalishga sariflagan bolardm yoshlar bzdan kora yahshiroq sharoitlarda voyaga yetsn diyman man ozim bunaqa siyosat bunaqa shar sharoitda osmaganman mahalladagi uka singillarimga yahshi sharoiti yaratmoqchiman hudo hohlasa
Сейтимов Давронбек
Ассалому алайкум,исмим Давронбек жисмоний тарбия ўқувчисиманҚорақалпоқистон Респуликаси Тахиотош тумани Абот макан МФЙ 34 кв Навруз Жапаков кўчасида охирида ташландиқ жой бор шу ерга футбол майдони (газон) қурсам дейман.Агар бу лойиҳа амалга ошиб кетса.
Зарафшон Женя опа
Шахаримизнинг тозалини учун харажат килиш кк. Куча супурувчиларни купайьириб вактида чикиндилпрни олиб кетилишини таьминлаш кк.
Зарафшон Женя опа
Сув келтириш кк кучадаги дарахтларга
Зарафшон Женя опа
Аввалги Руслар бор вактидаг дек тартиб яратиш кк
Жамшид Бегматов
Овозларни ясаб олишмокда
Assalomu alaykum. Men Surxandaryo viloyati Oltinsoy tumani Qõsharcha mahallasidan Yoqubov Anvarjon, Oliy ma'lumotliman lekin ayrim sabablarga ko'ra hech qayerda ishlamayman ( yunalishim bo'yicha ish yo'q). Men yashaydigan Mahalla <<Obod qishloq>> dasturiga tushgan edi! Ammo kõzga kõrinadigan darajada ish qilinmadi, birgina misol tunda yortuvchi chiroqlar qo'yilgan lekin ularning yarmisidan kõpi ishlamaydi, asfaldni ku gapirmasa ham bo'ladi. Asfald qilamiz deyishib asfald o'rniga tosh aralash qum yoyib ketishdi. Mahallamizda qilingan sifatsiz ishlarni Kim nazorat qiladi.
Qahramon
Assallomu allekum Menga Xuquq shunos Xushnud bekni Telfon raqami kerak Juda Muhum Murojatim bor edi
Gavhar Toʻraliyevna
Assalomu alaykum.Men Surxondaryo viloyati Bandixon tumanida yashayman.Bizda ichimlik suvi boʻyucha muommolar bor.4 - oydan beri krantlarga suv chiqmaydi. Bu hol bir yildan buyon shunday boʻlib kelmoqda.Bizdan ikki koʻcha naridagi koʻchalarga suv chiqadi,bizga chiqmaydi.Bir necha marotaba oqava suv hodimlariga murojat qilganmiz,natija yoʻq.Bunga kimdir javob beradimi,nazoratga olinadimi? Baʼzi joylarda suvlar bexudaga oqib yotadi,koʻrib shu suvlarni bizga yuborsa boʻlmasmikin deysan kishi.Natija boʻlishini kutib qolamiz .....
Sadoqat Hojirahimova
Assalomu alaykum. Men o'qituvchiman.Men Maktablarga qo'shimcha o'quv xonalari qurilishi tarafdoriman.Chunki bizning maktab 400 o'ringa mo'ljallangan.Hozir esa 900 ga yaqin o'quvchi o'qiydi. Bunday sharoitda ta'lim rivojlanmaydi.Jahon statistikasiga ko'ra eng rivojlangan davlatlar 1-navbatda ta'limga e'tiborni qaratgan. Dunyoda farzand tarbiyasi va ta'limini bosh maqsad qilinmas ekan qurilgan osmono'par binolar-u shaharlar, chiroyli va zamon talabiga mos yo'llardan ne naf.
Assalomu alaykum men Namangan viloyati Norin tumani Soy bo'yi MFY fuqarosi Tashpulatov Baxrom Urinbayevich bizni mahallada bir marta yomg'ir yoki qor yog'sa umuman yurib bo'lmaydigan darajada loy bo'lib ketadi. Iltimos bizni mahallani ya'ni S.Adashev ko'chasini asfalt qilinishida shu ajratilgan mablag'dan yo'naltirilishini xoxlardim. Deputat Z.Xudoyberdiyev xonadoni joylashgan mahalla hisoblanadi.
Ассаломуалейкум мен Тошкент Шахар говхар кучами 60 харбий шахарчада тураман 30 йилдан буён шу жойимиз аромата на куролли кучларга на хокимиятга керак горадокда муаммолар куп уларни барчасини биз хокимиятга кутариб чикканмиз якинда бузиласизлар деган жавоб олганимизга 7 йил булди шу масала юзасидан ойдинлик киритиб бузилса бизларни уй Билан таминлашга бузилмасак унда иситиш тихими томларимиз подвалларимиз ва Яна куплаб муаммоларимиз ечимида Ердам сураймиз
Гулом Аслонов
Ташаббус қўштб бўлмаяпти.Ҳаммасини ёзгандан сўнг "ҚЎШИШ" ни босса ҳеч нарса чиқмаяпти ва бош саҳифага ўтиб қолаяпти.Нима қилиш керак?Олдинги йили ҳам шундай бўлиб муҳим муаммолар қолиб кетганди.
# Xayrullayev Fayzulla 302-gurux
Assalomu alaykum men sirdaryo viloyati Sayxunobot tumanidagi O‘zbekiston MFY ga qarashli Uchqun mahallasida istiqomat qilaman tug‘ilganimdan buyon bu mahallada oqava gaz tizimi ornatilmagan shuningdek YOL' TIZIMIMIZ ham talabga javob bermaydi va shuni ham aytish joizki bizning mahallada transfarmatr yetishmaydi,mana shu muammolarni bartaraf etishingizni sorab qolaman
Eshimov Avaz
Assalomu alaykum va raxmatuloxu va barkotux, avvalambor xayrli ishlar boshlab yuboribsizlar, oldindan rahmat. Men Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida istiqomad qilaman. Yaxshi ishlar diyilibdi bu yorda bizning birinchi muamomiz YUL yo'limiz hech qanday talabga javob bermaydi. Agar mana shu gaplar rost bo'lsa ko'ramiz inshoollox. Agar bari quruq safsata qog'ozbozlik RIYO bo'lsa uni kimga keragi bor. Quruq xalqning vaqtini olishdan ne foyda
Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on tumani Olmazor MFY ga qarashli Murtak qishlog'ida ichimlik suvi hali xam muammo ❗❗❗ odamlar yer tagidan olingan sho'r va loyqa suvni istimol qilishadi, tozza suvdan asar ham yo'q, gaz haqida gapirmasak ham bo'ladi, gaz turubalari bizga yetib kelmagan ham, qishda shu vaqtgacha o'tin bilan kun kurishgan bundan keyin ham o'lib qolishmaydi , ha albatta , yo'l yoritish tizimlarini aytmayman chunki bu xalqni dardi 😂❗❗❗lekin eng muhimi suv suv va yana suv . Muammolarni saytdan qõldan kelgancha rõyxatdan õtkazdim, e'tiborga tushadimi yoki muammolar har doimgidek o'rganishsiz qoldiriladimi bilmadim. Men qishlog'im og'ir muammosi hal bo'lishiga oz bo'lsa ham o'z hissamni qo'shishni ishtayman.
Show next 77 comments