Тушунмаган жойларим:

➖ талаба ижара пулининг бир қисмни олиш учун ҳар ой қайтадан ариза бериши керакми?

➖ шу ариза бериш тизимини электронлаштириш имкони йўқми? Шунча қоғозбозлик нимага керак? Ёки келгусида электрон бўладими?

➖бу тартиб нега фақат кундузгилар учун? Бу сиртқи ва кечки таълимдагиларнинг айрим ҳуқуқлардан мосуво қилиниши бўйича биринчи ҳолати эмас. Масалан:

1️⃣ вакцина олса контрактга 10% чегирма бериш тартиби ҳам фақат кундузги таълимдагилар учун. Ушбу чегирмадан сиртқи ва кечки таълим фойдалана олмайди;

2️⃣ таълим кредити ҳам фақат кундузги таълимга берилади, сиртқи ва кечкига берилмайди;

3️⃣ контракт тўловини оширмаслик ҳам фақат кундузги таълим учун амал қилди, сиртқи ва кечкининг контрактлари анча қимматлади.

Сиртқи ва кечки таълимдагиларда биргина савол туғилаётган бўлса керак: “нима биз етиммизми?”

Ўзи шу ижара тўлови масаласида бир овозли чат қилсак бўларкан.


👉 @xushnudbek 👈

595 comments

Show 100 more comments
Hozirgi hayotimizda bizning muammolarimiz faqat qog'ozda yechiladi
MOHINUR
Laziz Alisherovich
Kechki yoki sirtqi ta'limda o'qiydigan talabalar kunduzgi vaqtlarda ishlash imkoniyati bor. Balki shu sabab bo'lsa kerak))
Hamma ham ishlamaydiku masalan maktablarga olmaydi toki 3 kursni bitirgandan keyin ishga qabul qilinadi
Aziza Xalilova
Davr taqozosi bu
U pulni olguncha ketadigan sarf xarajat ,vaqt ,u puldan ancha qimmatlashib ketadi Xushnud aka ,bu tizimni kamchiliklari juda ko'p
Aziza Xalilova
Kechki ta'limga kirish oson uni kunduzgi bn tenglashtirsak xato boladi
Haqiqatdan ham shunday. Hamma sohada kechki va sirtqi taʼlim yoʻnalishi ballari kunduzgidan koʻra past
Aziza Xalilova
O'z yonalishingizda bilmasam boshqa soxada ishlash mumkinku
Assalomu alaykum Xushnudbek aka! Juda yaxshi mavzuni koʻtaribsiz. Lekin yaxshilab surishtirsak sirtqilar ham tabaqalangan. Masalan, mahsus sirtqida oʻqiydiganlarning kontraktlari kunduzgi bilan tenglashtirilgan. Bu test asosida kirganlarni kamsitish emasmi? Mahsus sirtqi hech qanaqa imtixon topshirmay, suhbat asosida oʻqishga qabul qilinadi. Ikkala sirtqi ham bir hil vaqtda oʻqiydi, bir hil fanlarni oʻqiydi. Ikki hil kontrakt toʻlash adolatsizlik emasmi?
Shu savollarga kim javob beradi oʻzi
Aziza Xalilova
Ballari solishtiring
Mani topshirgan joyimda kunduzgi bn kecki otiw bali bir xil boldi
Invoice
Бу арзамаган суммага эътиборни каратмай олийгохлар укиш контракт пулларини 4009 лик хисоб ракамдан кандай ишлатишаётганини назорат килиш кк. Умуман самарасиз ва бефойда нарсаларга млрд лар сарфланяпти. Сиртки ва кечки яна бюлжет коплаши шарт эмас менимча
Бахром Абдусаломов
улар канака вакт укийди.
Kop korxonalarda Ish vaqti soat 8 dan 18 00 gacha Iw vaqti Darsga Halal berib qöyadi köp kechki talabalari(özim bilgan tanigan ) Iwlashmaydi...
Assalomu aleykum. Sirtqi va kechki taʼlim shaklini davlatimiz nima uchun chiqarishgan...? Davlat iqtisodiyoti uchunmi faqat...? Kunduzgi taʼlim shakli oʻqish-u kechki va sirtqi taʼlim shakli oʻqish emasmi...? Menimcha tarozini ikki pallasini oʻylash kerak... Shunday yoʻl chiqarilsinki six ham kuymasin kabob ham kuymasin... Kunduzgi taʼlim shaklidan sirtqi taʼlim shakliga perevod qilganimdan juda afsuslandim... Har tomonlama "enidan, boʻyidan kesilgan..."...
https://tx.me/xushnudbek
Assalomu alaykum yaxshimisiz
To'lov hamma uchunmi yo faqat kam taminlanganlarga to'lab beriladimi
Aziza Xalilova
Kechki ta'limga kirish oson uni kunduzgi bn tenglashtirsak xato boladi
Bu yerda xalqni manfaati ketayabdiku qanaqa tenglashtirish. Chuqurroq uylab keyin yozingizlar iltimos
Show next 100 comments