❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 46 more comments
нечта фандан тест саволлар булади ва неч баллдан
O'qishni ko'chirish uchun Zachotka rasmi soralyabdi. MEN Toshkent kimyo texnologiya instituti oqiman ozim Qoraqalpog'iston yashayman shuni zachotkasiz topshirsa boladimikan
Caрдор
Assalomu aleykum men ADU dan NAM DU ga uzrli sabab bilan sirtqi maktabgacha talim yonalishidan sirtqi pedagogika va psixologiyaga kochirsam mendan tolov olinmaydimi
Assalomu alaykum Xushnudbek aka siz tawlagan turdow yo'naliw bo'yicha perevod qilsa ham buladimi yoki eskisidami
Qatnashuvchilar erkin fikrini va savollarini berishni yôlga qôysak yaxshi bôlardi
Ichki perevodda uzurli sabablarga nimalar kiradi?
Assalomu alaykum!Murjaatimning ma'nosi shundan iboratki,men Farg'ona viloyatida yashayman va SamDCHTI Gid hmarohligi va tarjiminlik faoliyatida o'qiyman o'qishimni Toshkent OzDCHTU Tarjima nazaryasi va amaliyoti yo'nalishiga ko'chirmoqchiman agar men o'qishimni Toshkentga ko'chirsam men ham oshirilgan super-kontrakt to'laymanmi yoki bepul ko'chiramanmi axir bu yo'nalish Farg'ona Davlat Unversitetida yo'q keyin shu yo'nalishga o'zim qiziqamankeyin Samarqand menga uzoqlik qilyabdi iltimos aniq javob bersangiz javob uchun oldindan rahmat.
Turdosh yoʻnalishga hohlagan joyiga perevod olsa boladimi
Assalomu alaykum.Tashqi perevod boyicha qaysi fanlardan imtihon olinadi. Masalan tarixdan tarixga kòchirayotgan talaba qaysi fanlardan test topshiradi.
Assalomu alaykum men asli xorazmliman va samarqandda 1-kursni tugatdim. Meni oʻqishim kunduzgi va talim tili rus tili. Savolim shundan iborat: xorazmga sirtqiga perovod olmoqchiman va sirtqida turdosh yoʻnalishimdan faqat oʻzbrk grupa bor ekan. Kunduzgisida rus gruppa bor. Men oʻzbek gruhiga perovod olsam boʻladimi sirtqiga?
Assalomu alaykum.Har yili chet eldan Bozga yani Ôzbekistonga talabalar ôqishni kôchirishadi.Biz ham chet elga kôchirsak bôladimi.Yo bizni boshqa davlat oliygohlari tan olmaydimi.
Assalomu alaykum meni savolim shundan iboratki men Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnoligayalar instituti agrokimyo va agrotuproqshunoslik yoʻnalishini 1 bosqichni tamomladim doimiy yashash manzilim Fargʻona viloyati boʻlganiligi uchun oʻqishomni Fargʻona davlat universiteti biologiyaga taʼlim yoʻnalishiga koʻchirmoqchiman yoʻnalishim turdosh oʻqishni koʻchirishda tabaqalashtirilgan toʻlov kantrakini toʻlemanmi agar toʻlashim kerak boʻsa bu toʻlovni qachon amalga oshirishim kerak javob uchun oldindan rahmat
Xorijdan Uzbekistonga kochirishda qaysi fanlardan test bòladi
Ismonaliyeva м
Мен тожикистон ресбупликасида Тарих ва хукук факултетида 1чи курсни тугатдим озбекистонга миллий университети миллий гоя ва хукук ассолари йоналишига кочирмокчиман шуу тогри келадими жавоб учун ташаккур
........
Assalomu alaykum xorijdan nodavlatdan pervod qilikanlar uchun imtihon bo'ladi ekan ular 66.1 ball to'plashsa O'zbekiston ga pervod bo'ladi ekan lekin ichki pervod uchun ko'p miqdorda super to'lab o'qoradi degan qaror chiqdi bu nohaqlikmasmi axr bu ichki pervodagilar ham odamku shuncha pulni qayerdan olishadi bo'lmasa ichki pervodagilarga ham imtihon qilshisin iltimos shu savolimga Javob beringlar Javob uchun oldindan rahmat.
Assalomu aleykum, mani bitta savolim bor Xorijda Jismoniy tarbiya yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalar uqishni O'zbekistonga ko'chirishda qanaqa imtixon topshiriladi? va tartibi qanaqa bo'ladi?
Дилшода
Assalomu aleykum. Xorijda haqiqiy masofaviy ta'lim shaklida tahsil olganlarga öqishni köchirishga ruxsat yoqmi?
Бизга хали рейтинг дафтарланиям беришмади качон ариза топширамиз блмиман😏
Bir oliy talim doirasida turdosh yonalishga perevot qanday boladi pullimi yo pulsiz shu savolga xam javob berilsin
Периводга Аризани топширганимга 3 Кун булди кабул килинганлигини кандай биламан
ЗАРИПОВА ФАЗИЛАТ РАЖАПБОЕВНА
Мени кизим Тошкент Аграр Унверситет Термиз Филялидан УРДУга укишини куширмокчи бокувчиси йук шунга кандайдир лигота борми
Show next 100 comments