❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 53 more comments
Turdosh yoʻnalishga hohlagan joyiga perevod olsa boladimi
Assalomu alaykum.Tashqi perevod boyicha qaysi fanlardan imtihon olinadi. Masalan tarixdan tarixga kòchirayotgan talaba qaysi fanlardan test topshiradi.
Assalomu alaykum men asli xorazmliman va samarqandda 1-kursni tugatdim. Meni oʻqishim kunduzgi va talim tili rus tili. Savolim shundan iborat: xorazmga sirtqiga perovod olmoqchiman va sirtqida turdosh yoʻnalishimdan faqat oʻzbrk grupa bor ekan. Kunduzgisida rus gruppa bor. Men oʻzbek gruhiga perovod olsam boʻladimi sirtqiga?
Assalomu alaykum.Har yili chet eldan Bozga yani Ôzbekistonga talabalar ôqishni kôchirishadi.Biz ham chet elga kôchirsak bôladimi.Yo bizni boshqa davlat oliygohlari tan olmaydimi.
Assalomu alaykum meni savolim shundan iboratki men Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnoligayalar instituti agrokimyo va agrotuproqshunoslik yoʻnalishini 1 bosqichni tamomladim doimiy yashash manzilim Fargʻona viloyati boʻlganiligi uchun oʻqishomni Fargʻona davlat universiteti biologiyaga taʼlim yoʻnalishiga koʻchirmoqchiman yoʻnalishim turdosh oʻqishni koʻchirishda tabaqalashtirilgan toʻlov kantrakini toʻlemanmi agar toʻlashim kerak boʻsa bu toʻlovni qachon amalga oshirishim kerak javob uchun oldindan rahmat
Xorijdan Uzbekistonga kochirishda qaysi fanlardan test bòladi
Ismonaliyeva м
Мен тожикистон ресбупликасида Тарих ва хукук факултетида 1чи курсни тугатдим озбекистонга миллий университети миллий гоя ва хукук ассолари йоналишига кочирмокчиман шуу тогри келадими жавоб учун ташаккур
........
Assalomu alaykum xorijdan nodavlatdan pervod qilikanlar uchun imtihon bo'ladi ekan ular 66.1 ball to'plashsa O'zbekiston ga pervod bo'ladi ekan lekin ichki pervod uchun ko'p miqdorda super to'lab o'qoradi degan qaror chiqdi bu nohaqlikmasmi axr bu ichki pervodagilar ham odamku shuncha pulni qayerdan olishadi bo'lmasa ichki pervodagilarga ham imtihon qilshisin iltimos shu savolimga Javob beringlar Javob uchun oldindan rahmat.
Assalomu aleykum, mani bitta savolim bor Xorijda Jismoniy tarbiya yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalar uqishni O'zbekistonga ko'chirishda qanaqa imtixon topshiriladi? va tartibi qanaqa bo'ladi?
Дилшода
Assalomu aleykum. Xorijda haqiqiy masofaviy ta'lim shaklida tahsil olganlarga öqishni köchirishga ruxsat yoqmi?
Бизга хали рейтинг дафтарланиям беришмади качон ариза топширамиз блмиман😏
Bir oliy talim doirasida turdosh yonalishga perevot qanday boladi pullimi yo pulsiz shu savolga xam javob berilsin
Периводга Аризани топширганимга 3 Кун булди кабул килинганлигини кандай биламан
ЗАРИПОВА ФАЗИЛАТ РАЖАПБОЕВНА
Мени кизим Тошкент Аграр Унверситет Термиз Филялидан УРДУга укишини куширмокчи бокувчиси йук шунга кандайдир лигота борми
minimal Super kontrakt tibbiyot yo'nalishida qanchamisol uchun biologiyadan tibbiyotga Perevod qiganda
📿📿💎💎📿📿
Men Qoraqalpoq davlat pedagogika universitetining sirtqi bòlim òzbek tili filologiyasida òqiyman. Soģligimga ta'sir qildi u yoqqa borib òqiganim ham masofa uzoqligi sabab bòldi. Men Qashqadaryo viloyatida yashayman. Men òzimni yònalishim ga kunduzgi ta'limda òz viloyatimga pervot qilolamanmi. Ingliz tiliga pervot olmoqchiydim mendan 2ming dollar sòrashdi. Nima qilsam bòladi shu fikrlarga izoh beringizlar.
Guli Usmanova
Yozganim korinmadi
Zebo ✿
Nodavlat otmdan davlat otmga 3 yillik talimda 2 kursni bitirib perevod olsa boʻladimi?
Assalomu alaykum Xushnudek Hudoyberdiyev bilan Oliy ta‘ilm vazirining o‘rtasidagi suhbatda
Agar talabaning doimiy yashash joyi Toshkent viloyatida yoki Toshkentga bo‘lsa-yu test natijasiga ko‘ra Buxoro yoki boshqa viloyatga oqishga qabul qilingan bo‘lsa. Boshqa viloyatda 1-kursni tamomlab o‘qish yo‘nalishni o‘zgartirmagan holda yoki turdosh yo‘nalishga Toshkentga bemalol hech qanday to‘lov siz va imtihonsiz avtamatik tarzda ko‘chira o‘ladilar, chunki yuqoridagi sabalar uzurli sabablar toifasiga bemalol kira oladi dedilar.
Misol uchun man Buxoro davlat Universitetning Buxgalteriya hisobi va Audit (tarmoqlar bo‘yicha) yo‘nalishining 1kursini  tamomladim. Lekin doimiy yashash manzilim Toshkent viloyatida. Yuqoridagi Janob vazirning fikridan kelib chiqib. O‘qishimni doimiy yashash joyimga yaqin bo‘lgan. Toshkent davlat Iqtisodiyot Universitetining Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) ta'lim yo‘nalishiga hech qanday to‘lov kontraktlarisiz ko‘chira olamanmi. Yoki to‘lov to‘laymanmi. umuman mening keltirgan sababim uzurli sabablar sirasiga kiradimi.
Qo‘shni davlatdan yuridik yo‘nalishdan tarixga perevod qilsak bo‘ladimi tarixga sirtqi ta‘lim shakliga
Show next 100 comments