❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
Assalom alaykum perivod javoblari qachon chiqadi
ABDULXAY SAFARBOYEV
Arizani javobi qachon chiqadi va qay tartibda kurib chiqiladi
Men birinchi va ikkinchi smestrni toʻliq yopganman Buxorodan Jizzaxga oilaviy sharoitim toʻgʻri kelmaganligi uchun koʻchirmoqchiman shuning uchun ham 100$ dan ziyod pul soʻrayapti nima qilish kerak.
O'qishni ko'chirish bo'yicha savolim bor edi. Respublikani bir hududidan ikkinchi hududga o'qishimni ko'chirmoqchiman.O'zMU da 1 kurs magistraturani tamomladim TerDU ga perevod qilmoqchiman o'z mutaxassisligim bo'yicha.Biologiya (fan yo'nalishlari bo'yicha) 5A140101 mutaxassisligida o'qiyman.Perevod qilishimga sabab turmush o'rtog'im ToshMI da klinik ordinaturada o'qiydi 7 apreldagi prizedent qaroriga ko'ra klinik ordinaturaga maqsadli qabul qilingan talabalarning o'qishi bitiruvchi kursida viloyat darajasida tashkil etilar ekan ya'ni o'z viloyatimizga yuborilar ekan. Savolim shuki men ham o'qishimni o'z mutaxassisligim bo'yicha yuqorida ko'rsatgan sababim tufayli perevod qila olamanmi.TerDU da shu mutaxassislik yo'nalishi bor. Shu ko'rsatgan sababim uzrli sabab bo'la oladimi
Assalomu aleykum men Asqarov Ahmadjon
Men hozir farg‘ona politexnika institutida 1 kursni tamomladim hozirgi kunda tadbirkorlik boshladim oz bo‘ldi boshlaganimga shunga men o‘qishimni qo‘qon davlat pedogogika institutiga ko‘chirmoqchi edim lekin sal kam 60 million pul so‘rayabti shunga bu pulni bersam tadbirkorligimni tugatishim kerag tadbirkorlikni tugatsam ko‘chirishimni kerag yo‘q bo‘lib qoladi shunga yordam beringlar meni o‘zim qo‘qondanman shunga nima qilasizlar perevotni pulli qilib o‘zi kontraktlar narhi osmon bo‘lsa supper kantraktlarni aytmasa ham bo‘ladi o‘zi bitta shu qolgandi davlat pul olmagan shuni ham topibtida hullas boylarni davri kelibti
Assalom aleykum fakultet bowqa yunaliwga kucirsa tulov bormi?
Assalomu alaykum Hushnutbek aka meni savolim biz men boshqa davlatdan O'zbekistonga peravot qiladigan bo'lsam faqat spesimizdan ya'ni meni yo'nalishim rus tili faqat rus tilidan test topshiramanmi yoki 2ta blok bo'ladimi
Умид
𝓢𝓪𝓫𝓲𝓷𝓪
Davlatga pul kere hammasiga bechara bizani talabalarni sog'ishmoqchi boyvachcha Deb óyledi ózi yemay domlolani davlatni boqadi Talaba zoti
Yo mayliku undan kora bizayam chet dovlatdagilaga oxshab imtixon topshirib 66.1 balldan yuqori toplab xolagan Oliy talimimizda òqiganimiz yaxshimasmi qani betta adolat
Ibrokhim
Assalom alekum Xushnudbek aka ichki perevodda qachon ariza qabul qilinganligi javobi chiqadi va buni qayerdan bilsa bõladi perevod qilinganligi . Ertaga bòlib òtiladigan ovozli chatda savol berishga ruxsat beraszlarmi
Assalomu alaykum men Toshkent davlat yuridik universitetida Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakultetida 1-kursni tugatdim va men hozir o'z fakultetimni 2-kursdaJinoyat huquqiy faoliyat fakultetiga o'tkazmoqchiman o'tkazsam boladimi.
@. ☆. S . S. ☆ .@
assalomu alaykum man 2 kusni tugatib 3 kursga utdim perevod qilmoqchiman manfa tulov kontrakning 10 barobar miqdori tulanadimi
Hamma narsa alg'ov dalg'ov. Ertaga nima bo'lishini bilmaysan.
Qoraqalpoq davlat universiteti Yuridika fakulteti kechki taʼlimda 3-kurga oʻtdik bizlar oʻz viloyatimizdagi(Samarqand) Yuridika fakultetiga oʻqishni oʻz kursimizdan koʻchira olamizmi?
Kunduzgiga koʻchirish uchun qanaqa sabablar asos boʻladi.
Assalomu alaykum ichki pervodga pul to'lab ko'chiradimi turdosh bo'lsa ham
Абдуҳафиз Алишеров.
Ассалому алайкум. Мен Қорақалпоқ давлат университети юриспруденсия йўналишида 1 курсни тамомладим. Ўзим Фарғоналикман. Бизнинг вилоятда ушбу йўналиш очилмаган. Олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов сиз билан чоғида агарда ўз вилоятида таьлим шакли мос ва турдош бўлса шундоқ чекловларсиз ўқиши кўчиб ўтади деган эдилар. Ахир бизнинг вилоятда юриспруденсия йўналиши йўқку. Ўқишимни кўчириш бўйича Тошкент давлат Юридик университети ёки Наманган давлат университети юриспруденсия йўналишига ариза ёзсам хеч қандай чекловларсиз ўқишим перевод бўладими ? Чунки бизнинг яшаш жойимизга енг яқин жойлар шу ерларда очилган холоску...
Агарда фақат прописка билан ўтадиган бўлса мисол учун мен билан бир гурухда ўқийдиган наманганлик курсдошим шундоқ ўтади мен эса фарғона прописка бўлганлигим учун оширилган контракт тўлаб кўчираманми..?
Assalomu alaykum
1-kursdan soʻng turdosh yoʻnalishga perevod qilinsa 4 tadan ortiq fandan farq boʻlib qolsa yana 1-kursdan oʻqish kerak boʻladimi yoki turdoshda bunday gaplar yoʻqmi?
Show next 100 comments