❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
Assalom aleykum fakultet bowqa yunaliwga kucirsa tulov bormi?
Assalomu alaykum Hushnutbek aka meni savolim biz men boshqa davlatdan O'zbekistonga peravot qiladigan bo'lsam faqat spesimizdan ya'ni meni yo'nalishim rus tili faqat rus tilidan test topshiramanmi yoki 2ta blok bo'ladimi
Умид
𝓢𝓪𝓫𝓲𝓷𝓪
Davlatga pul kere hammasiga bechara bizani talabalarni sog'ishmoqchi boyvachcha Deb óyledi ózi yemay domlolani davlatni boqadi Talaba zoti
Yo mayliku undan kora bizayam chet dovlatdagilaga oxshab imtixon topshirib 66.1 balldan yuqori toplab xolagan Oliy talimimizda òqiganimiz yaxshimasmi qani betta adolat
Ibrokhim
Assalom alekum Xushnudbek aka ichki perevodda qachon ariza qabul qilinganligi javobi chiqadi va buni qayerdan bilsa bõladi perevod qilinganligi . Ertaga bòlib òtiladigan ovozli chatda savol berishga ruxsat beraszlarmi
Assalomu alaykum men Toshkent davlat yuridik universitetida Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakultetida 1-kursni tugatdim va men hozir o'z fakultetimni 2-kursdaJinoyat huquqiy faoliyat fakultetiga o'tkazmoqchiman o'tkazsam boladimi.
@. ☆. S . S. ☆ .@
assalomu alaykum man 2 kusni tugatib 3 kursga utdim perevod qilmoqchiman manfa tulov kontrakning 10 barobar miqdori tulanadimi
Hamma narsa alg'ov dalg'ov. Ertaga nima bo'lishini bilmaysan.
Qoraqalpoq davlat universiteti Yuridika fakulteti kechki taʼlimda 3-kurga oʻtdik bizlar oʻz viloyatimizdagi(Samarqand) Yuridika fakultetiga oʻqishni oʻz kursimizdan koʻchira olamizmi?
Kunduzgiga koʻchirish uchun qanaqa sabablar asos boʻladi.
Assalomu alaykum ichki pervodga pul to'lab ko'chiradimi turdosh bo'lsa ham
Абдуҳафиз Алишеров.
Ассалому алайкум. Мен Қорақалпоқ давлат университети юриспруденсия йўналишида 1 курсни тамомладим. Ўзим Фарғоналикман. Бизнинг вилоятда ушбу йўналиш очилмаган. Олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов сиз билан чоғида агарда ўз вилоятида таьлим шакли мос ва турдош бўлса шундоқ чекловларсиз ўқиши кўчиб ўтади деган эдилар. Ахир бизнинг вилоятда юриспруденсия йўналиши йўқку. Ўқишимни кўчириш бўйича Тошкент давлат Юридик университети ёки Наманган давлат университети юриспруденсия йўналишига ариза ёзсам хеч қандай чекловларсиз ўқишим перевод бўладими ? Чунки бизнинг яшаш жойимизга енг яқин жойлар шу ерларда очилган холоску...
Агарда фақат прописка билан ўтадиган бўлса мисол учун мен билан бир гурухда ўқийдиган наманганлик курсдошим шундоқ ўтади мен эса фарғона прописка бўлганлигим учун оширилган контракт тўлаб кўчираманми..?
Assalomu alaykum
1-kursdan soʻng turdosh yoʻnalishga perevod qilinsa 4 tadan ortiq fandan farq boʻlib qolsa yana 1-kursdan oʻqish kerak boʻladimi yoki turdoshda bunday gaplar yoʻqmi?
Ibroximovich
Xushnudbek aka biz ham uzimizni qiziqtirgan savollarni beraylik ovozli chatda.
Assalomu alaykum meni savolim shundan iborat edi men xorijdan o'qishimni ko'chirmoqchiman Osh Davlat Yuridika Institutidan Andijon viloyatida yashaganligim sababli o'zimning viloyatimga ko'chirmoqchi edim bizning viloyatimizda yuristpredensiya yo'nalishi mavjud emas shuning uchun men turdosh yo'nalishdan boshqa yo'nalishga masalan Toshkent Agrar Universitetining Andijon filiyaliga ko'chirib olsam bo'ladimi agar imkon bo'lsa oilada yagona boquvchi bo'lganim uchun kunduzgi ta'limda o'qishga imkoniyatim yo'q farzandimni kelajagi uchun ham ishlashim kerak shu sababli sitrqi ta'limga ko'chirib olsam bo'ladimi?
Assalom aleykum men Qoraqalpoq davlat universitetida Yuridika fakulteti yurisprudunsiya yo'nalishida o'qiman.O'qishimni Toshkentga ko'chirsam bo'ladimi.Farg'onadanman bizga juda uzoq
Utish bali 66.1 shundan yuqori ball to'plasa bo'ldimi.
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barakatuhu . Agar talaba bitta fandan qarzdor bôlsa fakultetni ichida ichki perevod qilsa bôladimi? Ariza yozishga hech qanaqa ahamiyati yôqmi? Qarzdorlikni ? Shu savolga aniqroq qilib oydinlik kiritib berishingizni iltimos qilaman. Javob uchun oldindan rahmat!
Assalomu alaykum.Man yozgi sessiyani tòliq yopganman.Lekin ariza yozishim un kerak dib kurator va zamdekandan sòrasam zachotkaga hali vedmostlar qòyilmapti.Òzing kelib domlalani uyidan qòydirib kelasan diyishyapti.Kim hal qilishi kerak buni biz online yopganmizku
Sadoqat
Assalomu alaykum, doktaranturani bir viloyatdan boshqa viloyatdagi OTMga ko'chirish mumkinmi, tayanch doktaranturani?
Show next 100 comments