❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат
#кўпчиликсўраганэди
Эртага,
28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи
Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.
Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:
— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;
— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;
— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;
— ички «перевод»лар;
— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);
— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;
— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.
Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.
👉 @xushnudbek 👈
Men kunduzgi ta'lim shaklidan.
Sirtqi ta'lim shaklidan perevod qilmoqchi edm.
Men 2kursni tugatdm. Geografiya yo'nalishi da unversitet da oqiman. Institutga sirtqi shakliga perevod qilsam pul tolanadimi.
Doimiy yashash manzili ozgarmasa masalan talaba Xorazmlik bolsa va Urganch shahrida o'qiyotgan bo'lsa turdosh (ingliz tilidan ingliz tiliga) bo'lgan ta'lim yonalishiga o'qishini Toshkent shaxriga ko'chirishga ruxsat etiladimi? Agar ruxsat etilmasa nima sababdan ruxsat etilmasligini tushuntirib bersangiz, iltimos!
Bizi oilada 2 ta ukam va 1 ta singlim kontrakt asosida Oʻzbekiston OTM larida o'qidi. Singlimiz Andijon Qishloq xo'jaligi Instituti Suv xo'jaligi va melioratsiya fakultetida 1-kursni bitiryapti, ADU Matematikaga o'tkizmoqchi. Lekin bu yildan mos va turdosh bo'lmagan yo'nalishlarga perevod uchun Super kontrakt narxi juda baland. Nima uchun o'qishini ko'chirayotgan talaba shunchalik baland to'lov qilishi kerak? Dadam tuman shifoxonasida shifokor, 3 ta farzandiga qiynalib kontrakt to'lashga yordam beryapti. O'zbekistonda oddiy byudjet tashkilotida ishlayotgan odam qande qilib farzandini perevodi uchun super kontrakt to'lay oladi? Qanaqadir yechim bordir, imtixon qilibmi yoki bir oiladan 3 nafar kontrakt asosida o'qiyatganlarga biroz yengillik qililar....
Rahmat.