❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
Men birinchi guruh nogironiman kozi ojiz Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika institutida imtiyozli davlat granti asosida oʻqiyman ammo oʻzim toshkent shahrida qarindoshlarimning uyida yashayman toshkent va chirchiq oraligʻda oʼqishga qatnash birmuncha muammolarni keltirib chiqarmoqda ota-onam esa toshkent shahrida yollanma ishchi boʻlib ishlashadi ular meni yoʻldagi qatnov jarayonidan xavotirda shuning uchun oqishimni toshkent shahridagi universitetlardan biriga oʻchirsam boladimi va imtiyozli davlat granti mm saqlab qolinadi oʻzim toshkent viloyatidan man bekobod tumanidan
Ассалому алекум мурожаатим Россия топ 1000 универлари учун таалукли яьни бугун утиш баллари 66,1 этиб белгиланибти Факат 53 та ОТМ учун ( Согликни саклаш ва Адлия вазирлигига карашли ОТМ лар учун юкори болиши кутилмокда ) бу узгариш жуда яхши Россиянинг топ 1000 ОТМ талабалури учун эмас чунки хабарингиз бор имтихон болиши 20 кун колганда эьлон килинди вахоланки Козогистон, Киргизитсон ва Тожикистондан укишни кочирмокчи болган талабалар имтихон болишини билишарди аммо Россия Топ ОТМ ларидаги талабалар бундан хабари йок бу эса хали укиш жараенида сессия топшираетган талабаларни анча ранжитди чунки конунчиликдаги узгаришлар хеч болмаганда 6 ой илгари эьлон килинса нур устига аьло нур боларди Алохида иктидор талаб этувчи факультетлар ( тиббиет, хукушунослик) ларга имтихон болиши маькул лекин бошка факультетлар яни вазирлик эьлон килган 53 ОТМ га Россия топ 1000 ОТМ лари учун илтимос УТИШ БАЛИни тушуринг чунки талабалар 9 ой давомида ОТМ таьлим дастурларни эгалаб келишди бу эса уларни ДТМ имтихонларига таергарлик кориши учун вакт колдирмади ИЛТИМОС бу йил учун Ушбу 53 та ОТМ га перевод килишда Россия Топ 1000 универлари учун ИСТИСНО тарикасида ИМТИХОН бекор килинсин еки НИСБАТАН ПАСТ БАЛ БЕЛГИЛАНСИН
Assalomu alaykum. Sovolim shuki, hozi jurnalistikada kunduzgida o'qiyman. Ayrim sabablaga ko'ra, zauchni(sirtqi)ga ko'chirmoqchiman. Shuni iloji bomi
👊👊 Javoxir 👊👊
Assalom aleykum men samarqand viloyatidanman xozir andijon viloyatida uqiyapman.Samarqand viloyatida turdosh yunalish yuqligi sababli boshqa viloyatga turdosh yunalishga kuchirsam buladimi super kontrakt bulib utmaydimi??
Anvarbek
Men ingliz tili fakultetida kechki ta'lim shaklida o'qiyman.Kunduzgiga o'tqazolmasam testdan o'ta olmasam kechkidagi o'qishim ham bekor bo'ladimi
GʻOLIB
Assalomu alaykum men bir otm ichidagi fakultetdan fakultetga perevot olmoqchiman bunda qanday hujjatlar kerak va tulov qilishim kerakmi
Assalomu alaykum.
Men kunduzgi ta'lim shaklidan.
Sirtqi ta'lim shaklidan perevod qilmoqchi edm.
Men 2kursni tugatdm. Geografiya yo'nalishi da unversitet da oqiman. Institutga sirtqi shakliga perevod qilsam pul tolanadimi.
АББОСЖОН
Табақалаштирилган тўлов контракт қанча бўлиши мумкин ким билади.Билганлар айтворинглар.
Assalomu alaykum ,turdosh bòlmagan yònalishga ķòchirmoqchiman lekin super kontrak tòlashga imkoniyat yòq,imtihon asosida òtishning iloji yòqmi
⚘"A"96 Zarina Abdullayeva.
Assalomu alaykum rahmatullohi va barokatuh.Men 2-smestirimiz online HEMIS dasturida bòlovdi shunga bazi sabablar bilan 2 ta fandan qolib ketibman . Bu kòchirishimga halaqit bermaydimi.
Assalom aleykum
Doimiy yashash manzili ozgarmasa masalan talaba Xorazmlik bolsa va Urganch shahrida o'qiyotgan bo'lsa turdosh (ingliz tilidan ingliz tiliga) bo'lgan ta'lim yonalishiga o'qishini Toshkent shaxriga ko'chirishga ruxsat etiladimi? Agar ruxsat etilmasa nima sababdan ruxsat etilmasligini tushuntirib bersangiz, iltimos!
Ravshan Axmatov
Xammaga salom. Menda savol bor. O'qishni ko'chirish bo'yich oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi qoshidagi oliy o'quv yurtlariga o'tish bali 66,1 qilib belgilandi. Boshqa vazirliklar masalan Adliya vazirligiga qarashli Toshkent davlat Yuridik universitetiga kirish bali katta extimol bilan 100 bal qilib belgilanishi mumkunligi aytib o'tilayabdi (o'tgan yildagidek). Masalan Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziligiga qarashli Qoraqolpoq davlat universiteti yoki Samarqand davlat universitetlarida Yurisprudensiya yo'nalishi mavjud. Ularga chet davlatdan perevod qilishda nechchi bal xisoblanadi 66,1 yoki 100 bal shu narsagaxam anniq oydinlik kiritilsa yaxshi bo'lardi. Masalan o'tgan yili Adliya vazirligi Toshkent davlat universitetiga o'tish balini 100 qilib belgilagandi lekin 56,7 baldan yuqori ammo 100 balga yetmaganlar Qoraqolpoq davlat universitetiga yurisprudensiya yo'nalishiga o'qishlarini ko'chirishga ruxsat berishgandi. Bu yilgi tartib qanday bo'larkan. Anniq ma'lumot berilarmikan
Assalomualaykum savolim quyidagicha jiyanim ko'zi ojiz kechki shaklda grant asosida ta'pim oladi kunduzgi shaklga o'qishni ko'chirsak bo'ladimi? Agar bo'lsa grantga o'qiydimi
Умид
Òsha pulni òrniga bizagayam imtixon qibersa bomasmikan aa 66.1 tòplardik va xolagan instimizda oqirdik ex Uzbda turib shuncha pul tòlashlik
Asadbek
Ming rahmat sizga. Baraka toping Xushnudbek aka. Universititet ichida ta'lim shaklini ko'chirish ham pullikmi? Kunduzgidan sirtqiga o'tmoqchiman.
Assalomu alaykum men Navoiy davlat pedagogika institutida Maktab menejmenti yónalishida öqiyman pervod olmoqchi edim lekin ozimni yonalishim boyicha pervod bolmaydi deyabdi Iqtisodga yo menejmentga olib bolmas ekan bza endi qanday pervod olsak boladi ozimizni yönalish boyicha
Ассалому алейкум, агар 2 та фандан йикилган булса перевод килса боладими?
Assalomu alekum.
Bizi oilada 2 ta ukam va 1 ta singlim kontrakt asosida Oʻzbekiston OTM larida o'qidi. Singlimiz Andijon Qishloq xo'jaligi Instituti Suv xo'jaligi va melioratsiya fakultetida 1-kursni bitiryapti, ADU Matematikaga o'tkizmoqchi. Lekin bu yildan mos va turdosh bo'lmagan yo'nalishlarga perevod uchun Super kontrakt narxi juda baland. Nima uchun o'qishini ko'chirayotgan talaba shunchalik baland to'lov qilishi kerak? Dadam tuman shifoxonasida shifokor, 3 ta farzandiga qiynalib kontrakt to'lashga yordam beryapti. O'zbekistonda oddiy byudjet tashkilotida ishlayotgan odam qande qilib farzandini perevodi uchun super kontrakt to'lay oladi? Qanaqadir yechim bordir, imtixon qilibmi yoki bir oiladan 3 nafar kontrakt asosida o'qiyatganlarga biroz yengillik qililar....
Rahmat.
O'qiyotgan institutni fanlar majmuasi to'g'ri keladigan boshqa fakultetga ko'chirish pullikmi
Guzal Berdimurodovna 20-maktab Boshlang'ich sinf o'qituvchisi
Xushnudbek uka ushbu perevod haqidagi ma'lumot sizning gruppangizda e'lon qilinmaguncha hech biriga ishonmadim.Doimo yangiliklarni kuzatib turaman. Bara toping, ishingizga Omad!
Savol: Perevod uchun o'tkaziladigan test qachon bo'lishi,. test tartibi qanday , nechta fandan , bitta javobga necha ball berilishi haqida batafsil ma'lumot bering.
Keyin ariza topshirganlarga nega arizani qabul qilinganligi haqida 2-3 kundan keyin ma'lumot kelayotgan ekan birdan emas .
Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidan Ulasheva Guzal savol yo'lladi.Oldindan rahmat
Show next 100 comments