❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
Assalomualaykum savolim quyidagicha jiyanim ko'zi ojiz kechki shaklda grant asosida ta'pim oladi kunduzgi shaklga o'qishni ko'chirsak bo'ladimi? Agar bo'lsa grantga o'qiydimi
Умид
Òsha pulni òrniga bizagayam imtixon qibersa bomasmikan aa 66.1 tòplardik va xolagan instimizda oqirdik ex Uzbda turib shuncha pul tòlashlik
Asadbek
Ming rahmat sizga. Baraka toping Xushnudbek aka. Universititet ichida ta'lim shaklini ko'chirish ham pullikmi? Kunduzgidan sirtqiga o'tmoqchiman.
Assalomu alaykum men Navoiy davlat pedagogika institutida Maktab menejmenti yónalishida öqiyman pervod olmoqchi edim lekin ozimni yonalishim boyicha pervod bolmaydi deyabdi Iqtisodga yo menejmentga olib bolmas ekan bza endi qanday pervod olsak boladi ozimizni yönalish boyicha
Ассалому алейкум, агар 2 та фандан йикилган булса перевод килса боладими?
Assalomu alekum.
Bizi oilada 2 ta ukam va 1 ta singlim kontrakt asosida Oʻzbekiston OTM larida o'qidi. Singlimiz Andijon Qishloq xo'jaligi Instituti Suv xo'jaligi va melioratsiya fakultetida 1-kursni bitiryapti, ADU Matematikaga o'tkizmoqchi. Lekin bu yildan mos va turdosh bo'lmagan yo'nalishlarga perevod uchun Super kontrakt narxi juda baland. Nima uchun o'qishini ko'chirayotgan talaba shunchalik baland to'lov qilishi kerak? Dadam tuman shifoxonasida shifokor, 3 ta farzandiga qiynalib kontrakt to'lashga yordam beryapti. O'zbekistonda oddiy byudjet tashkilotida ishlayotgan odam qande qilib farzandini perevodi uchun super kontrakt to'lay oladi? Qanaqadir yechim bordir, imtixon qilibmi yoki bir oiladan 3 nafar kontrakt asosida o'qiyatganlarga biroz yengillik qililar....
Rahmat.
O'qiyotgan institutni fanlar majmuasi to'g'ri keladigan boshqa fakultetga ko'chirish pullikmi
Guzal Berdimurodovna 20-maktab Boshlang'ich sinf o'qituvchisi
Xushnudbek uka ushbu perevod haqidagi ma'lumot sizning gruppangizda e'lon qilinmaguncha hech biriga ishonmadim.Doimo yangiliklarni kuzatib turaman. Bara toping, ishingizga Omad!
Savol: Perevod uchun o'tkaziladigan test qachon bo'lishi,. test tartibi qanday , nechta fandan , bitta javobga necha ball berilishi haqida batafsil ma'lumot bering.
Keyin ariza topshirganlarga nega arizani qabul qilinganligi haqida 2-3 kundan keyin ma'lumot kelayotgan ekan birdan emas .
Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidan Ulasheva Guzal savol yo'lladi.Oldindan rahmat
O‘qishimni kundizgidan sirtqiga qimoqchiman 2-kursni bitirdimTerduda o‘qiyman bizi yo‘nalishni sirtqisi bizda yo‘q Toshkenda bor ekan shunga yozsam to‘lov bormi qanday ikonyat bor yoki to‘lov shu yo‘nalish bo‘yicha biron joyda ma‘lumot yo‘q sizzi kanalizda ham iltimos shu mavzuda javob qidirsak
Асалхон Зоирова
Assalomu aleykum
Institutlar aro turdosh yo'nalishga o'tkazmoqchiman ya'ni pediatriya ishidan da'volash ishiga . Bunda qo'shomcha to'lov bo'ladimi?
Bo'lsa qanday narxda?
^^^^^
Ichki perevod. Savolim shundan iboratki bazi fakultetlar sanoqli viloyatlarda bor . Yuridika fakultetlarini oladigan bolsak Faŕgonalik talaba Qoraqalpoq davlat universiteti yuridika fakultetida òqiyaotgan bolsa, oqishni Namangan davlat Yuridika fakultetiga kochirsa tabaqalashtirilgan tòlov kontrakning minimal miqdorini tolaydimi? Axir Farģona viloyatida Yuridika fakulteti yoqku
Abdujamil Ziyayev
Assalomu aleykum .Xushnudjon.ismim Abdujamil 38 yoshdaman .denov institutiga maktabgachaga 1kursni tugatdim.denovda psixiologiya yuq men psixologiyaga perevod qilmoqchiman.terduga pervod qilsam buladimi denovda psixologiya yuqligi sabab. bula oladimi.Bizda bogcha yuq men ugil bolaman.Uyimda dfk uwiydigan nogiron bolam bor.Onam nafaqaxur. Maktabimizda Psixilogiyaga kadrga muhtoj. Mttda Psixologiyaga uqishimni kuchira olamanmi.Sababga utadimi.
Shohjahon
Assalomu allaykum perevod ballari aniq qachon tasdiqlanadi
Uzimizni bilimiz bn tayyorlanip zo'rga uqishga kirganmiz lekin perevodni pullik qilip quydilaring nima degan gap bu faqat korrupsiya bupqoldiku talim sistemasi lekin chettan perevod qilish atigi 66 ball. 60ta savolni taxminan B qipchiqsayam 66 ball ciqadi
Iloji bo'lsa menga ovozlichatda navbat bering ismim o'ktamboy
Assalomu alaykum kantraktni minimal bir matalik to'lovi degani qancha so'm? Ertaga shu haqida ham so'rab bersangiz xursand bo'lardik
Assalomu alaykum man Kamoliddin Bexzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayin universitetining (kunduzgi) 2-bosqichini tugatdim man o‘qishimni ushbu universitetdan ichki ya‘ni ToshDUTAUning (sirtqi) o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishiga ko‘chirsam bo‘ladimi? Agar ko‘chirish mumkin bo‘lsa to‘lov summasi qancha bo‘ladi? Javob uchun oldindan raxmat.
Икболжон
Transfer.Edu.Uz saytida oxirgi sahifasiga nimalarni kiritamiz kim bilsa aytvorsin
Show next 100 comments