❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
Life is beautiful with me 🌿
Tashqi perevod haqida Savolim.
Perevod uchun belgilangan 66.1 balldan yuqori to'plagan barcha talablar o'qishini ko'chira oladimi? Hech qanaqa muammo bo'lmaydimi masalan: Universitetimizda joy kam, buncha talaba qabul qilolmaymiz. Kvota yetmaydi. degan muammolar.

Qanday Holatlarda 66.1 balldan yuqori to'plasak ham Perevod qila olmaymiz?
@MBM.talabasi👩‍🎓👩‍🎓
Assalim aleykum Men NaMQI da 1 kursni tugatdin endi ozim yashab turgan Xorazm viloyatiga oawimni ko'chrmoqchiman puliui bo'lmahdimi
Assalomu alaykum. Men Jizzax politexnika instituti sirtqi Menejment ( tarmoqlar va sohalar bõyicha ) 2-bosqichni tamomladim. Savolim shundan iboratki transfer.edu.uz orqali õqishimni ba'zi bir sabablarga kõra boshqa OTM ga kõchirmoqchiman. Transfer.edu.uz orqali rõyxatdan õtayotib ketma ketlikda ma'lumotlarni tõldirmoqchi bõlganimda Jizzax Politehnika Instituti Sirtqi Menejment (tarmoqlar va sohalar bõyicha ) yõnalishi transfer.edu.uz da CHIQMAYAPDI. Kõchirish muddatiga oz vaqt qoldi , men va menga õxshab õqishini kõchirmoqchi bõlgan talabalar bunday vaziyatda nima qilish kerak , qanday yõl tutishi yoki qayerga murojaat etishimiz lozim. Sizlardan Iltimos qilib qolamizki muammoga yechim topib berasizlar degan umiddamiz.Oldindan Rahmat.
Assalomu aleykum.Man Toshkent moliya institutida 2-kurs iqtisodiyot talim yonalishi bitiruvchisiman,o'qishimni shu institutning moliya talim yonalishi sirtqi bolimiga kochirmoqchiman.Savolim kochirsa boladimi va kochirsa o'qishni 3-kursdan davom ettiramanmi yoki 2-kursni qayta o'qishga to'g'ri keladimi.
Jiddiy taklif Axborot-kommunikatsiya sohasiga noturdosh ko'chirishni 1 yil ichida IELTS sertifikatini olish sharti bilan ko'chirishni uzrli sabablar asosida bu yil (vaqtinchalik) bazaviy to'lov-kontrakt narxida o'tkazishni taklif qilaman
Assalomu alaykum.Xorijiy o'quv yurtlaridan O'zbekistonga perevod qilmoqchi bo'lgan talabalar uchun test sinovidan o'tish ballari e'lon qilindi ammo barcha yo'nalishlarniki emas jumladan tibbiyot sohasidagilar uchun hali aniq ball e'lon qilinmadi.Ushbu yo'nalishlar uchun ham belgilangan ballarni e'lon qilinsa yaxshi bo'lar edi.
Yana bir savolim: o'qishni ko'chirishda qilinadigan to'lov summasi nimaga asoslanib belgilangan? Va nega bunchalik qimmat. Bu narxlarni belgilashdagu sabablar nega oshkor qilinmadi va tushuntirish berilmadi? Bu qilingan to'lovlar qaysi maqsadlarda foydalaniladi? Ochiq va aniq javob berishingizni so'rayman.
K. Eshonkulov.
Ҳамма хохлаган жойида ўқигиси келади.Масалан Қорақалпоқдаги талаба Тлшкентда ўқийман дейди.

Мен шахсан, ўқишни кўчиришдаги ундириладиган супкр контрактчалтк катта тўловга қаршиман.
Менку, ўқишни кўчириш ниятим йўқ. Лекин оддий халқнинг оддий фарзандига бу сумма жуда катта аҳвмиятга ега
NnN "
Biror OTMdan. Boshqa OTMga. No turdosh yonalishga kochirsa. Qancha tolash kerak tahminan....
KECHGI TAʼLIM SHAKLIDAN SIRTQI SHAKKGA KOʻCHIRISH MUMKUNMI AGAR U ICHKI PEREVOD BOʻLSA.
Assalom alaykum savolimdi mazmuni Shundan iboratki in shaa Allah wu yil SAMDU institute yuridik yunalishiga kirsam kelasi yil TDYU bemalol kuchira olamanmi Yani imtihonsiz quwimca kontraksz jovob uchun oldindan rahmat.
SamDChTI ichida Tarjima nazariyasi fakulteti yapon tili filologiyasidan Ingliz tili fakulteti ingliz tili filologiyasiga perevod qilish pullik ekan. Bu qanchalik mantiqqa to'g'ri va adolatli?
Assalomu alaykum kridit tizimida óqiydgan talaba masalan men 1-kursning 2 - semester yakunda bitta fandan qarzi bólsa óqishni ko’chira oladimi yani ruxsat beriladimi
Javob bersangiz xursand bolar edm
Ibroximjon Eshmurodov
Assalomu alaykum Xushnudbek aka men Toshkent davlat Agrar universitetida 2-kursni tugatdim. Men Toshkent tibbiyot akademiyasiga yoki Samarqand tibbiyot institutiga o'qishimni ko'chirsam bo'ladimi? Agar bo'lsa oshirilgan kontrakt nechi pul. Men nechi pul to'lashim kerak bo'ladi.
🌹Gulyor🌹
Assalomu aleykum Xushnudbek aka.Mening doimiy yashash manzilim Xorazm.Hozirda Navoiy davlat Pedagogika institutida 2-kursini tugatdim.Yo'nalishim Pedagogika va Psixologiya yo'nalishi.O'qishimni Xorazmga ko'chirmoqchiman,qaysi yo'nalishlar mening yo'nalishimga turdosh mos hisoblandi.Javob uchun raxmat kattakon.Sog' bo'ling.
Hamidullo حميد الله
Assalamu aleykum Xushnudbek aka va OTM boshqarmasi boshligiga bir murojatim bor edi Oqishni kochiryotganda qaysi yonalishga va qaysi Univerga kochirmoqchi bolsa shu univerga tanlagan yonalishiga otgan yili kirgan talabarni eng past toplab kirgan talabaga nisbatan 85- 90 % qilib qoyganda haqiqatdan adolatli yaxshi hukm bolar edi
Уша талабгор талаба бир йил укиди, инсон, илтимос, булар булмас езманг, укишни кучириш, мажбурликдан -ку, нимага тушунмайсиз, хорижда давом этса буларди , аммо бир талай муоммолар бор, (карантин ). Осон деб уйламанг, узларидан утганини узлари билади. Узга юрт, как говорят - в гостях хорошо, но, дома лучше.
K. Eshonkulov.
Ўқишни кўчириш учун қилинадиган тўловни адолатсиз ваыхалқни ўйламай қабул қилинган қарор деб ҳисоблайман
Assalom aleykum 1-kursni kechkida oʻqib 2- kursda kunduzgiga perevot qilib oʻqigan talaba hozirda 3-kursga oʻtayotganda yana kechkiga perevot qila oladimi
M. Sardor
Assolomu alaykum hurmatli Xushnudbek aka men Madaminov Sardorbek hozirda milliy universitetning iqsodiyot fakulteti menejment yo'nalishini 1-kursini tugadim mening savolim shundan iboratki men yo'nalishimni milliy universitet ichinda iqsodiyot tarmoq va sohalar yo'nalishiga perevod qilsam turdosh bo'lsa hech qanaqa to'lov qilinmaydimi yoki toshkent davlat iqsodiyot universitetning o'sha menejment yo'nalishiga xuddi o'sha yoki turdosh yo'nalishga to'lovsiz o'qishimni ko'chira olamanmi.
Javob uchun oldindan rahmat
Show next 100 comments