❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
NnN "
Biror OTMdan. Boshqa OTMga. No turdosh yonalishga kochirsa. Qancha tolash kerak tahminan....
KECHGI TAʼLIM SHAKLIDAN SIRTQI SHAKKGA KOʻCHIRISH MUMKUNMI AGAR U ICHKI PEREVOD BOʻLSA.
Assalom alaykum savolimdi mazmuni Shundan iboratki in shaa Allah wu yil SAMDU institute yuridik yunalishiga kirsam kelasi yil TDYU bemalol kuchira olamanmi Yani imtihonsiz quwimca kontraksz jovob uchun oldindan rahmat.
SamDChTI ichida Tarjima nazariyasi fakulteti yapon tili filologiyasidan Ingliz tili fakulteti ingliz tili filologiyasiga perevod qilish pullik ekan. Bu qanchalik mantiqqa to'g'ri va adolatli?
Assalomu alaykum kridit tizimida óqiydgan talaba masalan men 1-kursning 2 - semester yakunda bitta fandan qarzi bólsa óqishni ko’chira oladimi yani ruxsat beriladimi
Javob bersangiz xursand bolar edm
Ibroximjon Eshmurodov
Assalomu alaykum Xushnudbek aka men Toshkent davlat Agrar universitetida 2-kursni tugatdim. Men Toshkent tibbiyot akademiyasiga yoki Samarqand tibbiyot institutiga o'qishimni ko'chirsam bo'ladimi? Agar bo'lsa oshirilgan kontrakt nechi pul. Men nechi pul to'lashim kerak bo'ladi.
🌹Gulyor🌹
Assalomu aleykum Xushnudbek aka.Mening doimiy yashash manzilim Xorazm.Hozirda Navoiy davlat Pedagogika institutida 2-kursini tugatdim.Yo'nalishim Pedagogika va Psixologiya yo'nalishi.O'qishimni Xorazmga ko'chirmoqchiman,qaysi yo'nalishlar mening yo'nalishimga turdosh mos hisoblandi.Javob uchun raxmat kattakon.Sog' bo'ling.
Hamidullo حميد الله
Assalamu aleykum Xushnudbek aka va OTM boshqarmasi boshligiga bir murojatim bor edi Oqishni kochiryotganda qaysi yonalishga va qaysi Univerga kochirmoqchi bolsa shu univerga tanlagan yonalishiga otgan yili kirgan talabarni eng past toplab kirgan talabaga nisbatan 85- 90 % qilib qoyganda haqiqatdan adolatli yaxshi hukm bolar edi
Уша талабгор талаба бир йил укиди, инсон, илтимос, булар булмас езманг, укишни кучириш, мажбурликдан -ку, нимага тушунмайсиз, хорижда давом этса буларди , аммо бир талай муоммолар бор, (карантин ). Осон деб уйламанг, узларидан утганини узлари билади. Узга юрт, как говорят - в гостях хорошо, но, дома лучше.
K. Eshonkulov.
Ўқишни кўчириш учун қилинадиган тўловни адолатсиз ваыхалқни ўйламай қабул қилинган қарор деб ҳисоблайман
Assalom aleykum 1-kursni kechkida oʻqib 2- kursda kunduzgiga perevot qilib oʻqigan talaba hozirda 3-kursga oʻtayotganda yana kechkiga perevot qila oladimi
M. Sardor
Assolomu alaykum hurmatli Xushnudbek aka men Madaminov Sardorbek hozirda milliy universitetning iqsodiyot fakulteti menejment yo'nalishini 1-kursini tugadim mening savolim shundan iboratki men yo'nalishimni milliy universitet ichinda iqsodiyot tarmoq va sohalar yo'nalishiga perevod qilsam turdosh bo'lsa hech qanaqa to'lov qilinmaydimi yoki toshkent davlat iqsodiyot universitetning o'sha menejment yo'nalishiga xuddi o'sha yoki turdosh yo'nalishga to'lovsiz o'qishimni ko'chira olamanmi.
Javob uchun oldindan rahmat
K. Eshonkulov.
Ўқишни кўчириш учун қилинадиган тўловни адолатсиз ва халқни ўйламай қабул қилинган қарор деб ҳисоблайман
МЕХРОЖХОН АКБАРОВ
Ассалому алейкум ..углим Тош дав.кимё технология институт ЯНГИЕР филиалини НО ОРГАНИК МОДДАЛАРНИ КАЙТА ИШЛАШ ТЕХНОЛОГИЯСИ факултетини Сиртки 1- курсини тугатди .ШУНДА углим укишини ТОШ .ДАВ КИМЁ ТЕХНОЛОГИЯ ИНСТИТУТИГА ...ОРГАНИК МОДДАЛАРНИ КАЙТА ИШЛАШ ТЕХНОЛОГИЯСИ ФАКУЛТЕТИГА тугридан тугри .харажатсиз кучира оладими ( Сирткисига )...
Farangiz Abdullayeva
Nega chet eldan perevod oladiganlar super kantrakt tòlab òtadi bali yetmagan taqdirda. Òzb super kantrakt qila olmaganim ucn chet elga ketganmn . Yana endi super kantrakt . Shuncha pulni qayerdan olamz. Chet elda sarson bb begano joyda òqib yurganlar nechta . Nechta odam perevod olamn db umidvor bb yuribdi
Kursant _____
Assalomu alaykum
Men Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti fizika astronomiya yonalishida oqiyman
Yashash manzilim Farg'ona viloyatida bolgani un Qoqon davlat pedagogika universiteti matematika informatika yonalishiga kochirsam tolov tolanadimi?
Saytga malumot kiritishda yashash joyidan hujjat joylash kkmi?
Fizika-astronomiya yonalishi bn matematika-informatika yonalishi turdosh yonalishmi
Здравствуйте, Я окончил 1 курс магистратуры направление Qiyosiy tilshunoslik(ingliz tili) в СамГИИЯ. Хочу перевестись на второй курс направления Лингвистика(инглиз тили) в моем же вузе, так как решил стать педагогом, а в моем регионе нехватка русскоязычных кадров. Диплом переводчика( коим является мое нынешнее направление обучения) в школах и техникумах не принимают. Возможно ли это без потери курса? Спсасибо за ответ
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiga taklif;
Axborot-kommunikatsiya sohasiga noturdosh perevodni IELTS sertifikatini 1yil ichida olish sharti bilan uzrli sabablar asosida to'lovsiz ko'chirishga ruxsat berishingizni so'rayman
D.M.Abduraimova👩‍🎓
Assalomu aleykum man ichki perevod xaqida so‘ramoqchi edim Man Buxoro Davlat universitetida o‘qiyman yashash joyim Jizzax viloyati 1 kursni tugatdim Jizzaxda mani yo‘nalishim yo‘q ekan shuning uchun Gulistonga ko‘chirmoqchi edim bunda manda qanday imkoniyat yoki muammo bor ortiqcha to‘lov qilish kerakmi xudud boshqaligi uchun yoki propiskani Sirdaryoga ko‘chirishim kerakmi shuni so‘ramoqchi edim
😊😊
Assalomu alaykum.Men o‘qishimni Toshkentga ko‘chirmoqchiman sirtqidan kunduzgi bo‘limga.Yashash joyim o‘zgaryapti.Bundan buyog‘iga Toshkentda xolamnikida yashayman.Ammo Toshkent hali beri propiska bermaydi.Biz ko‘chirishda ro‘yxatdan o‘tganda Vazirlik yashash joyimiz o‘zgarganlik haqidagi xujjatni so‘ra nima taqdim qilamiz?
Show next 100 comments