❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
assalomu alaykum! men ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha Buxoroda o‘qiyman, o‘zim Qarshida turaman Qarshiga ikkinchi mutaxassislikka perevod qildirsam bo‘ladimi, turdosh yo‘nalishga bepulmi?
MANSURBEK.COM.
АССАЛОМУ алекум
Shayixnazarovna
Assalomu alaykum singlim Urgancha davlat universiteti Bioinjeneriya va oziq-ovqat fakulteti sabzavotchilik yo'nalishida o'qiydi bu yil 1-krusni tugatdi oilaviy sharoitimiz to'g'irlashmaganligi Ota-onam hozirda ishsiz dadamning belida grijasi bor ishlolmaydi davolanmoqda shu sababdan o'qishini sirtqi ta'limga ko'chirmoqchi.Ammo Urgancha davlat universiteti Bioinjeneriya fakultetini sirtqi yo'nalishlari yo'q Toshkent agrar institutini sirtqi yo'nalishiga ko'chirgan taqtirda ham 1oy o'qib kelishi uchun kvartira oziq-ovqat bordi keldiga anchagina pul sarflanadi shuning uchun Urganch davlat universitetida biologiya va tuproqshunoslikni sirtqi ta'lim yo'nalishlari bor shulardan biriga o'qishini ko'chirsa bo'ladimi. Yuqorida aytib o'tilgan sabablarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilsak hech qanday super-kontraksiz o'qishini ko'chirsa bo'ladimi
Asalom alaykum yaxshimisiz mening savolim shunday men Sharqshunoslik unvestet siyosatishunoslik yo'nalishda o'qiyman asli Samarqandlikman men SamDUga pervod olsam uzurli sababi bilan qaysi yo'nalishga pervod bo'laman yurispedensiyagami yo tarixga chunki SamDUda mening mos va turdosh yo'nalishim yoq ekan shuni aniqlik kiritib bera olmaysizmi
Assalomu alaykum. Men Toshkent Tibbiyot akademiyasi Termiz filialida maqsadli grand asosida o'qiyman. Hozir doimiy yashash joyim Sirdaryoda. Men Toshkentga o'qishimni ko'chira olamanmi?
Òqiwni kuciriw bali 61.1 qilib belgilanibdi bu qanaqa axmoqgarcilik utgan yili 5/6 yil tayyorlanib ikki barobar kòp 125 ball tuplagan abuturent kirolmay bu yil ham tayyorlanib yuribdi
Qani adolat qani
Bu qarorni ciqarganlani uzi oliy malumotlimikin wubham bor
assalomu alaykum! men ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha Buxoroda o‘qiyman, o‘zim Qarshida turaman Qarshiga ikkinchi mutaxassislikka perevod qildirsam bo‘ladimi, turdosh yo‘nalishga? bepulmi?
Birinchidan DTM bu ishlarga aralashmaydi ular faqat test tuzib imtixon o'tkazib ballni chiqaradi. Bu qarorlarni Qabul kamiysiyasi chiqaradi
Towkenliman viloyattan uylandim 4 oy boldi kelinni propiskasi hali viloyatta towkenga kochirsa boladi wu holatta
ichki perevodga ham imtihon bo‘ladimi
mobodo imtihondan o‘ta olmasa o‘qishni davom ettiraveradimi?
1-savolim : " Mos va turdosh yoʻnalishga oʻtish ham pulli(agar uzrli sababi boʻlmasa) boʻldimi bu yil, chindan ham , bu aniq bo‘ldimi? "
2-savolim : " Toshkent shahrida oʻqiyotgan viloyatlik talaba o‘qishini oʻzining viloyatidagi OTM ga ko‘chirsa,ushbu OTM da talabaning aynan oʻzining yoʻnalishi bor boʻla turib,mos va turdosh boʻlgan har qanday yo‘nalishga perevod qilsa boʻladimi?
Chet eldan o'qishni topshirish uchun ariza topshirgan edim. Lekin bugun o'tish bali e'lon qilindi. 66.1 qilib. Bu 53 ta Univwrsitet uchun ekan. Men Jahon Iqtisodiyoti va diplomatiya Universitetiga ariza topshirgan edim. Xalqaro yo'nalishlar fakultetiga. Lekin ro'yxatda bu Universitet yo'q. Nima uchun endi nima qilishim kerak. Qachon xalqaro munosabatlar fakultetining o'tish balli e'lon qilinadi. ?
Sanjarbek Abdimuminovich Raxmonqulov
Assalom aleykum men surxondaryolikman o'qishim Gulduda milliy g'oya,manaviyat asosalari va huquq talimda 1kursni tugatim shuni Terduda yurespiridinsiya fakultetga pervod qilsam buladimi.
Show next 100 comments