❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
assalomu alaykum! men ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha Buxoroda o‘qiyman, o‘zim Qarshida turaman Qarshiga ikkinchi mutaxassislikka perevod qildirsam bo‘ladimi, turdosh yo‘nalishga? bepulmi?
Birinchidan DTM bu ishlarga aralashmaydi ular faqat test tuzib imtixon o'tkazib ballni chiqaradi. Bu qarorlarni Qabul kamiysiyasi chiqaradi
Towkenliman viloyattan uylandim 4 oy boldi kelinni propiskasi hali viloyatta towkenga kochirsa boladi wu holatta
ichki perevodga ham imtihon bo‘ladimi
mobodo imtihondan o‘ta olmasa o‘qishni davom ettiraveradimi?
1-savolim : " Mos va turdosh yoʻnalishga oʻtish ham pulli(agar uzrli sababi boʻlmasa) boʻldimi bu yil, chindan ham , bu aniq bo‘ldimi? "
2-savolim : " Toshkent shahrida oʻqiyotgan viloyatlik talaba o‘qishini oʻzining viloyatidagi OTM ga ko‘chirsa,ushbu OTM da talabaning aynan oʻzining yoʻnalishi bor boʻla turib,mos va turdosh boʻlgan har qanday yo‘nalishga perevod qilsa boʻladimi?
Chet eldan o'qishni topshirish uchun ariza topshirgan edim. Lekin bugun o'tish bali e'lon qilindi. 66.1 qilib. Bu 53 ta Univwrsitet uchun ekan. Men Jahon Iqtisodiyoti va diplomatiya Universitetiga ariza topshirgan edim. Xalqaro yo'nalishlar fakultetiga. Lekin ro'yxatda bu Universitet yo'q. Nima uchun endi nima qilishim kerak. Qachon xalqaro munosabatlar fakultetining o'tish balli e'lon qilinadi. ?
Sanjarbek Abdimuminovich Raxmonqulov
Assalom aleykum men surxondaryolikman o'qishim Gulduda milliy g'oya,manaviyat asosalari va huquq talimda 1kursni tugatim shuni Terduda yurespiridinsiya fakultetga pervod qilsam buladimi.
Men bir instdan turdow bolmagan bowqa insga pervod olmoqchiman bunga kantrakt tolaymanmi ozim hozi grantta oqiyman
Lekin ikkala instda ham kiriw imtihonlari bir xil fanlardan bolgan
Hop uzur kechirasiz dilizi oģritgan busam
Assalomu aleykum o'qishni ko'chirish uchun online ro'yxatdan o'tdim javob kelmayabdi qachon ma'lum qilishadi bilmaysizlarmi
Nozima Murtozayeva
Assalomu alaykum. Man Qashqadaryodanman Navoiyda o'qiyman. Perevod olishim uchun arizaga Doimiy yashash joyim Qashqadaryo deb sabab keltirsam yetarlimi yoki yana qo'shimcha qandaydir sabab keltirishim kerakmi.
Show next 100 comments