❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
Toshkenda uqiman Elektron tijorat yunalishida 2 kursni tugatdim bazi sabablar oilaviy ahvolga kura uqishmni uzim yashaydigan hududga kuchirsam pullikmi?lekin bizda elektron tijorat yunalishi yuq
TDYU ga ikkinchi mutaxassislikka qabul bo'lishi haqida xabar bergandiz, Xushnudbek aka. TDYU bn bog'langanimizda ular kvota ajratilmadi deb xabar berishmoqda. Shu masalaga oydinlik kiritsangiz, iltimos!
X.Go'zal
Assalomu alaykum tibbiyot uchun òqishni kòchirish va superkontrakt uchun òtish balli qachon elon qilinadi. Taximinimgizcha balli qancha bòlishi mn 100 ballmi
Assalomu alaykam. Men Grant asosida TDAU Termiz filialida ùqiyman. Shu universitetning turdosh talim yunalishiga perevotga ariza yozdim. Grantim saqlanib qolinadimi? Yoki tulov kontrakti bormi? Bor bòlsa qancha?
Assalomu alaykum.
Men hozir Farg'onada o'qiyapman, uzim Navoiydanman. Lekin Navoiyda mening yunalishi ( Mintaqaviy iqtisodoyot) yuq. Shu sababli men o'qishimni Toshkenga yunalishim to'g'ri keladigan biron universitetga ko'chirishim mumkin bo'ladimi. Yoki propiskamni ham olib kelishim kerakmi.
Assalamu alaykum ! Men Qirgizistondan Andijon davlat univ.ga ariza yozib qoydim ,nega haligacha invoys berilmadi,qabul qilindimi yoki yoqmi
𝓠𝓸𝓫𝓲𝓵𝓸𝓿𝓪🦋 𝓜𝓪𝓯𝓽𝓾𝓷𝓪🦋 𝓐𝓫𝓭𝓾𝓻𝓪𝓼𝓾𝓵𝓸𝓿𝓷𝓪🦋
Men terdu matematikadan OzMU geologiyaga perevod qimoqchiman. Turdosh emas ekan. 75,5 ball toplaganman. Geologiyaga 75,8 o'tish balli bolgan ekan. Qancha pul tolashim kerak
Ассалому алайкум. жавоб учун олдиндан рахмат. Мен тошкент шахридаги ЁДЖУ техника институтида бошланғич таълим сиртқи йўналишида ўқийман. ўқишимни давлат ОТМларининг бошланғич таълим сиртқи йўналишига кўчирмоқчиман. жорий институтда кириш имтихонида тестлар инглиз тили ва она тилидан бўлганди. давлат отмларида эса она тили математика инглиз тилидан тест бўлган. перевод учун қайси фанлардан тест топшираман
Turdosh yo'nalishga sabab bulmasa pul tulanadimi
Assalomu allaykum! Yurispridenyisa yo'nalishini o'tish ballari chiqmadimi?Xorijdan perevot qilyapturganlarga????
Imtihon qachon bòlarkin kim biladi perevodniki
Turdosh yo'nalishga imtihon buladimi
Saidnazarov Sindor
Ichki perevotga pul to'lanadimi
O‘qishni ko‘chirishda super kontrakt narxi qancha?
@Bakhriddinov G'
Assalom aleykum avozli chat qachon boshlanadi va biz qaysi kanal orqali kuzatib borishmiz mumkun
Maxfuza🌟
Assalomu alaykum savolim boredi o‘qishni ko‘chirishda nechtafandan imtixon bo‘ladi va savollar soni nechta.Javob uchun oldindan raxmat.
Казакова ( оилали)
Ассалому алайкум. Мен Киргизистон республикаси ОМУ да мед факда даволаш йуналишида укийман. Укишими АДМИ га перевод килмокчиман. Сабаби оилалиман ва хозирда хомиладорман. Хомиладор ва оилали аелларга имтиезлар борми.
Assalomu alaykum.

Agar hozirda Qarshi Davlat Universiteti Filologiya va tillarni o'qitish yo'nalishida ta'lim olayotgan 1-kursni bitirgan talaba o'qishini Toshkent shahridagi O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetiga mos va turdosh bo'lgan yo'nalishga uzrli deb hisoblangan 3ta sababdan biri ya'ni oilaviy yashash manzili o'zgarganligi sababli ko'chirmoqchi bo'lsa, bu holatda ham tabaqalashtirilgan ~ super-kontrakt to'lashga majburmi? Va tabaqalashtirilgan kontraktning minimal miqdori qancha summani tashkil etadi?

Keyingi savolim shundan iboratki, o'qishni ko'chirishda transfer.edu.uz saytidan uzrli sabab keltirilib ( hozirda o'zi ta'lim olayotgan) mos va turdosh yo'nalishga hujjatlarni topshirib, ariza qabul qilingandan so'ng, talaba biror turdagi test sinovidan o'tkaziladimi yoki to'g'ridan to'g'ri ko'chirishga ruxsat beriladimi?

Javob uchun oldindan rahmat!
Assalomu alekum Xushnudbek Xudoyberdiyev xorijdan perevod qilishdagi ariza topshirishlarda davlat tòlovi haqida ham ma'lumot bersangiz iltimos
Show next 100 comments