❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
𝓠𝓸𝓫𝓲𝓵𝓸𝓿𝓪🦋 𝓜𝓪𝓯𝓽𝓾𝓷𝓪🦋 𝓐𝓫𝓭𝓾𝓻𝓪𝓼𝓾𝓵𝓸𝓿𝓷𝓪🦋
Men terdu matematikadan OzMU geologiyaga perevod qimoqchiman. Turdosh emas ekan. 75,5 ball toplaganman. Geologiyaga 75,8 o'tish balli bolgan ekan. Qancha pul tolashim kerak
Ассалому алайкум. жавоб учун олдиндан рахмат. Мен тошкент шахридаги ЁДЖУ техника институтида бошланғич таълим сиртқи йўналишида ўқийман. ўқишимни давлат ОТМларининг бошланғич таълим сиртқи йўналишига кўчирмоқчиман. жорий институтда кириш имтихонида тестлар инглиз тили ва она тилидан бўлганди. давлат отмларида эса она тили математика инглиз тилидан тест бўлган. перевод учун қайси фанлардан тест топшираман
Turdosh yo'nalishga sabab bulmasa pul tulanadimi
Assalomu allaykum! Yurispridenyisa yo'nalishini o'tish ballari chiqmadimi?Xorijdan perevot qilyapturganlarga????
Imtihon qachon bòlarkin kim biladi perevodniki
Turdosh yo'nalishga imtihon buladimi
Saidnazarov Sindor
Ichki perevotga pul to'lanadimi
O‘qishni ko‘chirishda super kontrakt narxi qancha?
@Bakhriddinov G'
Assalom aleykum avozli chat qachon boshlanadi va biz qaysi kanal orqali kuzatib borishmiz mumkun
Maxfuza🌟
Assalomu alaykum savolim boredi o‘qishni ko‘chirishda nechtafandan imtixon bo‘ladi va savollar soni nechta.Javob uchun oldindan raxmat.
Казакова ( оилали)
Ассалому алайкум. Мен Киргизистон республикаси ОМУ да мед факда даволаш йуналишида укийман. Укишими АДМИ га перевод килмокчиман. Сабаби оилалиман ва хозирда хомиладорман. Хомиладор ва оилали аелларга имтиезлар борми.
Assalomu alaykum.

Agar hozirda Qarshi Davlat Universiteti Filologiya va tillarni o'qitish yo'nalishida ta'lim olayotgan 1-kursni bitirgan talaba o'qishini Toshkent shahridagi O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetiga mos va turdosh bo'lgan yo'nalishga uzrli deb hisoblangan 3ta sababdan biri ya'ni oilaviy yashash manzili o'zgarganligi sababli ko'chirmoqchi bo'lsa, bu holatda ham tabaqalashtirilgan ~ super-kontrakt to'lashga majburmi? Va tabaqalashtirilgan kontraktning minimal miqdori qancha summani tashkil etadi?

Keyingi savolim shundan iboratki, o'qishni ko'chirishda transfer.edu.uz saytidan uzrli sabab keltirilib ( hozirda o'zi ta'lim olayotgan) mos va turdosh yo'nalishga hujjatlarni topshirib, ariza qabul qilingandan so'ng, talaba biror turdagi test sinovidan o'tkaziladimi yoki to'g'ridan to'g'ri ko'chirishga ruxsat beriladimi?

Javob uchun oldindan rahmat!
Assalomu alekum Xushnudbek Xudoyberdiyev xorijdan perevod qilishdagi ariza topshirishlarda davlat tòlovi haqida ham ma'lumot bersangiz iltimos
Лочинбек Жумаев
bu savollarning javobini qayerdan eshitamiz
Assalom alaykum. Yuridiski unversitetiga Magstraturaga 3kun oldin online hujjat topshirdim.lekin qabul bolgan yo bolmaganligi haqida hali ham sms habar kelmayapti.mendan keyin topshirganlarga esa sms keldi. hujjatimni qabul bolgan yo bolmaganligini Qande bilsam boladi??
Sharobiddinova
Asalomu alaykum. Men Andijon davlat universitetida 1 kurs Maktabgacha ta‘lim fakultetini tugatdim.2kursdan Toshkent davlat pedagogika universitetining depektologiya yo‘nalishiga ko‘chira olamanmi
Ichki perevod yaʼni institut ichida bu tur doirasidagi pereodlarda ham super kontakt talab oʻtadimi masalan tojik tilidan ingliz yoki oʻzbek tiliga oʻtmoqchi boʻlsa qarorda belgilangan sabablar toʻgʻri kelmaydiku hech biri institut ichida u guruhdan shunchaki bu guruhga oʻtmoqchi boʻlsa iltimos shu haqida batafsilroq maʼlumot bersangiz savolimni eʼtiborsiz qoldirmang yoki ovozli chatda menga soʻz bering iltimos
Assalomu alaykum. Oqishga topshirishda yurisprudensiya va turizm yonalishida tarix va chet tili asossiy fan qilib olingan, lekin perevod qilishda esa ular mos va turdosh yonalishiga kirmaydi, shuning sababi nimada?
Show next 100 comments