❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
Shoira
Assalomu aleykum Xushnud aka, ichki perevodni pulsiz amalga oshirsa bo'ladimi?javobiz un oldindan katta raxmat
Olloyorov Azim
Olloyorov Azim . Assalom alaykum Xushnutbek aka sizga murojatim men bugungi kunda JIZAX PEDAGOVIKA INSTITUTIDA SANATSHUNOSLIK fakultetida tasviriy sanat va muxandislik grafikasi yo‘nalishida o‘qiyman 1-kursni tugatim o‘qishimni institutimizdagi boshlang‘ich talim yo‘nalishiga ko‘chirmoqchiman chunki o‘zim yashab kelyotgan qishloqda boshlang‘ich talim mutaxassisi yetishmaydi shu sababdan sizga murojat yo‘lladim Xushnut aka meni masalamni ko‘rib chiqishida yordam bering ..Oldindan raxmatt
😁 uzrli bahona ga kirad
Suhbat ajoyb o'tsa kerak o'ta qiziq muamoli savollarga javob olamiz bugun
Assalomu aleykum! Xushnudbek Xudoyberdiyevich! Meni ham o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha savolim bor edi.
Ukam QARDUdan TDIU ga o‘qishni ko‘chirmoqchi edi!
Yo‘nalishi: Turizm faoliyat yo‘nalishlari bo‘yichadan, Buxgalteriya xisobi va audit yo‘nalishiga turdosh yo‘nalish bo‘yicha qabul qilsa bo‘ladima
Assalomu aleykum Xushnudbek. Man Farģona shahridan Abdurashid Xolmatovman. Singlim 2020-yil Qirģizistondan Farģona davlat universitetiga kechki Ingliz tili yõnalishiga perevod bõlgan. Hozir 2-kursni tamomladi. Turmushga berayotganligimiz uchun kunduzgi Ingliz tiliga perevod qilsak bõladimi?
Sayt orqali perevod anketasini tõldirganimizda FarDU ni kechki talim yõnalishi chiqmayapti. FarDU qabul bôlimi savolimizga aniq javob berishgani yuq. Shunga oydinlik kiritishga yordam bering. Iltimos sizdan.
Ozoda Jumanova
Assalomu alaykum. Men Qozogiston Xalqlar do'stligi unersitetida 1 kurs ekanomika fakultetini tugatdim men shu yil oqishimni Toshkent davlat iqtisodiyot unversitetiga peravod qilmoqchiman. Turar joyim Jizzax viloyati pervodda faqt oz hududidagi oliy talim muassasalariga oqishini ko'chirish mumkin deyilayabdi. Lekin men TDIU ga o'qishimni kochirsam boladimi. Shu masalaga izox berib otsangiz iltimos.
Ферузахон Мамаюсупова
Assalomu alaykum men AndijonDUda ozga tilli guruhlar(rus tili ) yo'nalishida 1 kursda o'qiyman.O'qishimni doimiy yashash joyimga Fargonaga kochirmoqchiman.Oilada 5 nafar talabamiz.1nafar akam ham o'qishini bu yil xorijdan ko'chiradi.Qandaydir imtiyoz bormi?Javobini intizorlik bilan kutib qolaman!!!
Assalomu alekum men Andijondagi Sharda University o'qiman o'qishimi davlat OTMisiga kochirmoqchi bo'lib onlayn ariza topshirmoqchi bo'ldim lekin sayitga kirib o'qiyotgan joyi degan jadvalda men oqiyatgan unversitet yoq ekan bunga sabab nima? hususiylar royhatta yoqmi? Hususiydan ko'chirolmaymanmi?
Zafar Soatov
Assalomu aleykum Xushnud aka, ichki perevodni noturdosh yunalishlarga perevod qilsa bir martalik tulov miqdori qancha va noturdosh yunalishlarni xorijdan perevod qiloyotgan talabalar singari imtixonga qatnashadimi.Tulov miqdori 10 baravardan tushushi mumkinmi.Javob uchun oldindan rahmat.
Assalomu alaykum. Turdosh yoʻnalishlar 2019-yil tahrir boʻyicha psixologiya va boshlangʻich taʼlim boshqa guruhda boʻlgan, yaqin kungacha ham shu boʻyicha universitetlar ish yuritdi. Ichki perevod qilmoqchi boʻlgan talabaga ha boʻladi lekin davlat toʻlovi (50-60 mln) toʻlanadi degan javob aytilyapti. Koʻpchilik talaba shu sabab oʻqishni koʻchirishga harakat qilmagan edi . 2021-yil 26-iyuldagi yangi tahrir boʻyicha esa boshlangʻich taʼlim va amaliy psixologiya bitta 6-guruhga kiritilgan. Endi bu degani amaliy psixologiyadan boshlangʻich taʼlimga oʻtmoqchi boʻlgan talaba bitta ariza bilan bepul universitetni ichida oʻqishini koʻchira oladimi
Orzumurod Mardonov
Ассалому алайкум қушма таълим буйича уқийдиганлар ( Рассия, Ўзбекистон) Тиббиёт юуналишида шуни тулиқ Ўзбекистонга ( Самарқанд ТО, ёки Тошкент ТО) га тиббиёт юуналишига кўчирса бўладими.
MAFTUNA G'OFUROVNA
Assalomu aleykum ,men TerDu filologiya tillarni o'qitish :o'zbek tili yo'nalishini tamomlaganman,TerDU qoshidagi pedagogiga instituti o'zbek tili va adabiyot yo'nalishiga online arıza yubordim,yo'nalishim to'g'ri keladimi
Assalomu Alaykum Xushnudbek aka meni to’lov masalasi boyicha savolim bor edi 5-avgust kuni oqishni ko’chirish boyicha registration tugedi lekin xali xam tolovni qanday qilish boyicha ishtimoiy tarmoqlarda xabar berilmadi sababini bilsek bo’ladimi. JAVOB UCHUN OLDINDAN RAXMAT
Azimova Malohat.
Assalomaleykum men Namangan davlat universiteti biologiya fakultetida3-kursga òtdim. Biz òtgan yili prezident qarori bilan qòwni davlatdan òqiwni kòcirgandik. Cetdan perevot bòlganlani kechki ta'lim qilindi. Òtgan yili kunduzgi ta'limga òtkazolmadik karantin sabab. Bu yil òtkazsak bòladimi. Hozirda edu. Uz saytiga ariza topwirdim. Lekin haliyam iavob kelmadi. Oilaviy sharoitim sabab keckida òqiy olmayman.
Assalomu alaykum. Man TATU Samarqand filiali universitetida Grand asosida uqiyman. 1-kursni tamomladim. Savolim Agar uqishimni TATUga yani Toshkentga Uzimni yunalishimga kuchirmoqchi bulsam grand asosida kuchadimi? Va agar grand asosida kuchirishni imkoni bulsa nimalar qilish kerak?
Ассалому алейкум! Хурматли Хушнудбек Худойбердиевич мен хам укишни кучириш буйича савол бн юзланмокчиман мен Т.В.Ч.Д.П.Ининг "Бошлангич таьлим ва спорт таьрибявий ишлари"йуналишининг сиртки булимини 2 -боскичини томомлаган талабаман.Саволим шундан иборат мен укишимни шу институтнинг турдош йуналиши хисобланган "дефеккталогия" йуналиши кундузги кучирмокчи едим бу тартибда хам тулов киламизми. ? Жавоб ун олдиндан рахмат.
Dildoraxon
Assalomu alaykum Men Qirgʻiziston davlatidagi Oʻsh davlat universitetida ni 1-kursni yakunladim.Endi oʻqishni Oʻzbekiston ga koʻchirmoqchiman. Oʻzim yaqinda turmushga chiqdim.Oilaliman.Yangi nikohdan oʻtganlarga imkoniyat bormi oʻqishni koʻchirgani
Assalomu alaykum meni savolim shundan iborat ediki men qoshni Qirgiston viloyatidan oqishimni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga kochirmoqchi edim lekin doimiy yashash joyim Surxandaryoda shunga men O'qishimni Toshkentga kochira olamanmi?
Raxim Duskulov
Assalomu alaykum Men Jizzax Davlat Pedagogika Inistitutida ikkinchi Mutaxassiz Biyalogiyada 2 kursni tamomladim men Tarix Yo'nalishiga o'zgartirsam boladìmi va qanday shartlari bor javob uchun raxmat
Show next 100 comments