❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
Zafar Soatov
Assalomu aleykum Xushnud aka, ichki perevodni noturdosh yunalishlarga perevod qilsa bir martalik tulov miqdori qancha va noturdosh yunalishlarni xorijdan perevod qiloyotgan talabalar singari imtixonga qatnashadimi.Tulov miqdori 10 baravardan tushushi mumkinmi.Javob uchun oldindan rahmat.
Assalomu alaykum. Turdosh yoʻnalishlar 2019-yil tahrir boʻyicha psixologiya va boshlangʻich taʼlim boshqa guruhda boʻlgan, yaqin kungacha ham shu boʻyicha universitetlar ish yuritdi. Ichki perevod qilmoqchi boʻlgan talabaga ha boʻladi lekin davlat toʻlovi (50-60 mln) toʻlanadi degan javob aytilyapti. Koʻpchilik talaba shu sabab oʻqishni koʻchirishga harakat qilmagan edi . 2021-yil 26-iyuldagi yangi tahrir boʻyicha esa boshlangʻich taʼlim va amaliy psixologiya bitta 6-guruhga kiritilgan. Endi bu degani amaliy psixologiyadan boshlangʻich taʼlimga oʻtmoqchi boʻlgan talaba bitta ariza bilan bepul universitetni ichida oʻqishini koʻchira oladimi
Orzumurod Mardonov
Ассалому алайкум қушма таълим буйича уқийдиганлар ( Рассия, Ўзбекистон) Тиббиёт юуналишида шуни тулиқ Ўзбекистонга ( Самарқанд ТО, ёки Тошкент ТО) га тиббиёт юуналишига кўчирса бўладими.
MAFTUNA G'OFUROVNA
Assalomu aleykum ,men TerDu filologiya tillarni o'qitish :o'zbek tili yo'nalishini tamomlaganman,TerDU qoshidagi pedagogiga instituti o'zbek tili va adabiyot yo'nalishiga online arıza yubordim,yo'nalishim to'g'ri keladimi
Assalomu Alaykum Xushnudbek aka meni to’lov masalasi boyicha savolim bor edi 5-avgust kuni oqishni ko’chirish boyicha registration tugedi lekin xali xam tolovni qanday qilish boyicha ishtimoiy tarmoqlarda xabar berilmadi sababini bilsek bo’ladimi. JAVOB UCHUN OLDINDAN RAXMAT
Azimova Malohat.
Assalomaleykum men Namangan davlat universiteti biologiya fakultetida3-kursga òtdim. Biz òtgan yili prezident qarori bilan qòwni davlatdan òqiwni kòcirgandik. Cetdan perevot bòlganlani kechki ta'lim qilindi. Òtgan yili kunduzgi ta'limga òtkazolmadik karantin sabab. Bu yil òtkazsak bòladimi. Hozirda edu. Uz saytiga ariza topwirdim. Lekin haliyam iavob kelmadi. Oilaviy sharoitim sabab keckida òqiy olmayman.
Assalomu alaykum. Man TATU Samarqand filiali universitetida Grand asosida uqiyman. 1-kursni tamomladim. Savolim Agar uqishimni TATUga yani Toshkentga Uzimni yunalishimga kuchirmoqchi bulsam grand asosida kuchadimi? Va agar grand asosida kuchirishni imkoni bulsa nimalar qilish kerak?
Ассалому алейкум! Хурматли Хушнудбек Худойбердиевич мен хам укишни кучириш буйича савол бн юзланмокчиман мен Т.В.Ч.Д.П.Ининг "Бошлангич таьлим ва спорт таьрибявий ишлари"йуналишининг сиртки булимини 2 -боскичини томомлаган талабаман.Саволим шундан иборат мен укишимни шу институтнинг турдош йуналиши хисобланган "дефеккталогия" йуналиши кундузги кучирмокчи едим бу тартибда хам тулов киламизми. ? Жавоб ун олдиндан рахмат.
Dildoraxon
Assalomu alaykum Men Qirgʻiziston davlatidagi Oʻsh davlat universitetida ni 1-kursni yakunladim.Endi oʻqishni Oʻzbekiston ga koʻchirmoqchiman. Oʻzim yaqinda turmushga chiqdim.Oilaliman.Yangi nikohdan oʻtganlarga imkoniyat bormi oʻqishni koʻchirgani
Assalomu alaykum meni savolim shundan iborat ediki men qoshni Qirgiston viloyatidan oqishimni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga kochirmoqchi edim lekin doimiy yashash joyim Surxandaryoda shunga men O'qishimni Toshkentga kochira olamanmi?
Raxim Duskulov
Assalomu alaykum Men Jizzax Davlat Pedagogika Inistitutida ikkinchi Mutaxassiz Biyalogiyada 2 kursni tamomladim men Tarix Yo'nalishiga o'zgartirsam boladìmi va qanday shartlari bor javob uchun raxmat
SOHIBA
Assalomu alaykum!
Men Chirchiq Davlat Pedagogika institutini kunduzgi tàlimda 2kursni tugatdim.
Turmushga chiqqanman,bir nafar farzandim bor,doimiy yashash joyim Qashqadaryo(turmush òrtoĝim va hamma oila aźollarimizniki ham)...
Savolim: Men Milliy Universitetga òqishimni kòchirmoqchiman fakultet va tàlim turini òzgartirmagan holda ..
Qòshimcha tòlov yoki imtixon bn òtkiziladimi?Sababi Toshkent shahrida xolam,ammam va,qisqasi,3 oyll9k bolamga qarashadiganlar bor,Chirchiqda esa yuq
Raxim Duskulov
Assalomu alaykum Men Jizzax Davlat Pedagogika Inistitutida ikkinchi Mutaxassiz Biyalogiyada 2 kursni tamomladim men Tarix Yo'nalishiga o'zgartirsam boladìmi va qanday shartlari bor javob uchun raxmat
Assalomu alaykum kópchilikni transkriptida DOT sózi yani distansionniy degan yeri bor bu esa masofaviy degani bu hujjat otmeydi diyishyapti Lekin hozirgi pandemiya sharoitida kópchilik onlayn óqidiku hatto kunduzgi ta'lim shaklidagilar ham bu transkriptda yozilgani arizamiz xato bólib qolishiga sabab bólmeydimi javob uchun oldindan rahmat
Ассалому алайкум саволим шундан иборат
Бухоро Давлат Университетини филология ва тилларни укитиш: Русс тили юналишини 1 боскичини тамомладим эндиликда доимий яшаш жойим навоида булганлиги сабабли укишимни Навои Давлат педагогика институти Хорижий тили ва адабиёти: Инглиз тили юналишига кучирмокчи эдим
Агар шу юналишга кучирсам супер контрактни минимал микдорини тулаш лозимми
Ассалому алайкум Хушнидбек Худойбердиевич мен хам укишни QarMii геология сиртки факултетидан узимга якин булган навои вилояти кончилик институтига кончилик иши рус сиртки факултетига кучирмокчиман бунда мен суперкантракт тулашим керакми
Assalomu aleykum meni savolim agar biz hujjat topshirishda hatolikka yòl quygan bòlsak bizga biron xabar keladimi bu birinchi savolim.2-Savolim hujjatlarimizni 5 avgustga qadar qaytadan topshirsak buladimi saytga kirib,agarda uzimizga yoqmasa masalan sirtqi qilgan bòlsam keyinchalik kunduzgi qilmoqchi bulib qolsam demoqchidim
Nigora Abdurashidovna
Ассалому алайкум! Мен 2020-йил Тошкент давлат педагогика университетига Чакириккача харбий таълим факультетига давлат гранти асосида укишга кабул килиндим.2021-йил май ойида булиб утган тиббий курик хулосасига кура буйим етмаганлиги сабабли нолойик деб топишди.Хозирги вактда мени бошка факультетга укишни кучиришимни талаб килишяпти, лекин укишни перевод килсам тулов-контракт асосида утарканман.Лекин контрактда укишга оилавий шароитим тугри келмайди.Узимни факультетимда укишни истайман, бахоларим аъло, лекин талабани билим даражаси инобатга олинмас экан! Мен перевод килмайдиган булсам, талабалар сафидан четлаштириламанми?
Мухаммад Муртазакулов 99 11
Assalomu aleykum man Agrar universiteti Metrologiya fakultetini 1 kursini tugatdim endi sirtqi talimga otmoqchiman. Lekin Agrarda metroligaya sirtqi yoq ekan. Sirtqi metroligaya fakulteti Politexnika universitetida bor ekan man uyoqqa perovod qilolamanmi ? Iltimos iloji bolsa yozma yordam bersangiz oldindan rahmat....
Xullas borku silarni gaplaring bular uchun bir tiyin ahmoq bo'lmasa 66 bal ham qilarmidi ovozli chatning nima foydasi bor
Show next 100 comments