❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum
Men òqishimni kunduzgi shakldan dirtqi shaklga òtkazmoqchi edim aytingchi buning uchun qanaqa uzurli sabablarim bòlishi kerak
Javob uchun oldindan raxmat
Farida
Assalomu alaykum meni savolimdan shundan iboratki, men Sadriddin Ayniy nomidagi Tojikiston davlat pedagogika universitetining Rus tili va adabiyoti yunalishini 1-kursini tamomlab respublikamizdagi OTMga xujjat topshirmoqchiman. Men Surxondaryo viloyati Sho'rchi tumanida yashayman, bizning hududimizda Filologiya va tillarni o'qitish: rus tili yunalishining sirtqi yoki kechkisi yuq ekan shu sababli men Toshkent shahri yoki Namangan shahridagi OTMga xujjat topshirsam buladimi, mening arizam qaytarilmaydimi? Keyin yana bitta savolim men Ona tili va adabiyot yunalishiga ham o'qishimni kochirsam buladimi? Javob uchun oldindan rahmat
БАХТИГУЛЬ АБДУРАСУЛОВА
Assalomu alaykum men birinchi kursnii tamomladim òqishimni sirtqi talim shakliga òtkazmoqchi edim shunga qanday hujjatlar kerak bòldiii imtihon topshiriladimi tòliqroq malumot bera olasizmii
Toshkent davlat sharqshunoslik unersiteti sirtqi tarix fakultetidan o'zim yashaydigan manzilda Buxoro davlat unversitetiga kundizgi tarix yo'nalishiga oqishimni ko'chirsam bo'ladimi
G'anisher
Assalomu alaykum akam Rassiyada temir yo'lar sirtqi ta'lim bo'yicha 2 kursda o'qiydi shuni O'zbekistonga o'qishini ko'chirishimiz uchun qanday hujjatlar taqdim etishimiz kerak bo'ladi.
Yana bir savolim bor akam Rossiyani temir yo'llari Universitetida o'qiydi doimiy yashash joyi Samarqanda. Samarqanda temir yo'llari unversiteti bo'lmaganligi uchun Toshkent Temir yo'llari Universitetiga o'qishga ko'chirsak bo'ladimi?
Javob uchun oldindan raxmat
Assalomu alaykum men hozirgi kunda Samarqaddagi Samarqad veterinariya meditsinasi instutida kontrakt asosida tahsil olmoqdaman oʻzim ham Samarqaddagi tumanlardan birida turaman men oʻqoshimni kundizgidan sirtqiga koʻchirmoqchiman agar Samarqad Davlat Universitetiga oʻqishimni koʻchirsam turdosh boʻlsa ham 56 million toʻlaymanmi
Yoki sirtqi taʼlim shaklliga oʻtkazayotganligim bois toʻlovni minimumini toʻlaymanmi
2. Agar ichki perevod olsamchi unga ham aynan platformaga ariza yozishim shartmi va unda ham shuncha miqdorda toʻlov qilamanmi
Assalom Alaykum Xurmatli kanal admini
Men Samvmi institutida uqiyman sirtqi bulimida ichki perevod qilmoqchi edim
Lekin transfer.edu.uz sayti ishlamayapti
Ushanga qanday yordam berolasizlar
Ruyhatdan utib bulmayapti
Muhammadjonnn
Assalomu aleykum
Men 2019 yil maqsadli ravishda (grand) Andijon Davlat Tibbiyot Institutiga o'qishga kirganman. Doimiy yashash manzilim Sirdaryoda bo'lganligi sababli maqsadli(grand bo'lib) institutga kirganman. Doimiy yashash manzilimga yaqin bo'lgan Toshkentga o'qishimni ko'chirsam KONTRAKT bo'lib qolmaymanmi?
Ассалому алейкум мен жисмоний маданият 1курс тамомладим укишимни рус тили фанига перовод килсам буладим университет ичида
Assalomu-Aleykum Xushnudbek ! 2-Oliy mutaxassislik haqida ham surang iltimos ! Men Tibbiyot Oliy O'quv yurtini Grand asosida tugallaganman !
Endi esa Toshkent Moliya intitutida 2-kursdan sirtqi kirib o'qishim mumkinmi
Kimga murojaat qilsam buladi
Ассалому алейкум мен Тошкент педиатрия тиббиёт институтида укийман саволим ички перевод буйича хозирда тиббий биология йуналишидан даволаш ишига перевод килсам буладими агар булмаса нима учун,жавоб учун олдиндан рахмат!
Savolim shundan iborat Oʻzbekistondagi bir OTM dan boshqasiga koʻchirishda mos va turdosh boʻlmagan yoʻnalishga imtihon topshiriladimi, dekanat aytyapti imtihon topshirasiz olgan ballizga qarab qancha toʻlov qilishingiz maʼlum boʻladi deb.Bu gapda qanchalik jon bor?Agar shunday boʻlsa imtihon qachon boʻlishini qanday , qayerdan aniqlaymiz?
Ассалому алейкум хорижий олий талии ташкилотидан перевод килишда тиббийот сохаси у-н утиш бали 100 деб белгиландими
SEVARA
Assalomu alaykum . Men men 2 guruh nogironlik imtiyozim bn Qaraqalpoq davlat unvirstitiga qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka qabul qilinganman men o‘zimni doimiy yashaydigan joyga yani samarqand davlat unverstitiga o‘qishimni ko‘chirsam kechki kimyodan kunduzgi kimyo kuchirsam grand bo‘lib o‘tamanmi . Kunduzgiga o‘qishimni ko‘chirsam menga stpendiya beriladimi . Javob uchun rahmat
......
Assalomu aleykum hujjatlarni qachonda topshirsa bòladi oliy òquv yurtlariga
X.Go'zal
Tibbiyot uchun òtish balli100 ball bòlsa 100 olganalar ham òtadimi yoki 100 dan yuqori bòlishi kerakmi
Show next 100 comments