❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат
#кўпчиликсўраганэди
Эртага,
28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи
Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.
Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:
— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;
— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;
— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;
— ички «перевод»лар;
— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);
— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;
— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.
Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.
👉 @xushnudbek 👈
Yoki sirtqi taʼlim shaklliga oʻtkazayotganligim bois toʻlovni minimumini toʻlaymanmi
2. Agar ichki perevod olsamchi unga ham aynan platformaga ariza yozishim shartmi va unda ham shuncha miqdorda toʻlov qilamanmi
Men Samvmi institutida uqiyman sirtqi bulimida ichki perevod qilmoqchi edim
Lekin transfer.edu.uz sayti ishlamayapti
Ushanga qanday yordam berolasizlar
Ruyhatdan utib bulmayapti
Men 2019 yil maqsadli ravishda (grand) Andijon Davlat Tibbiyot Institutiga o'qishga kirganman. Doimiy yashash manzilim Sirdaryoda bo'lganligi sababli maqsadli(grand bo'lib) institutga kirganman. Doimiy yashash manzilimga yaqin bo'lgan Toshkentga o'qishimni ko'chirsam KONTRAKT bo'lib qolmaymanmi?
Endi esa Toshkent Moliya intitutida 2-kursdan sirtqi kirib o'qishim mumkinmi
Kimga murojaat qilsam buladi
Men oʻtgan yili Oʻsh tehnilogiya universitetida Perevod i perevodovideniya ingliz tili yoʻnalishida oʻqishga kirib bu yil bitirdim. Endi bu yil Andijon davlat universiteti Xorijiy til va adabiyot ingliz tili yoʻnalishiga koʻchirsam boʻladimi . Shu ikkita soha turdoshmi ?
Keyin transfer.dtm.uz Saytidan roʻyxatdan oʻtganimda IZOH degan joyiga nimani yozamiz ?
Qachon va qayerga toʻlov qilamiz ? Qachon toʻlov kvitansiyalari beriladi?
Imtihon qachon boʻladi