❗️Ўқишни кўчириш мавзусида овозли чат

#кўпчиликсўраганэди

Эртага, 28 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— Хорижий ОТМлардан Ўзбекистонга ўқишини кўчириш;

— Ўзбекистондаги бир давлат ОТМидан бошқасига ўқишни кўчириш;

— Ўзбекистондаги нодавлат ОТМлардан давлат ОТМга ўқишни кўчириш;

— ички «перевод»лар;

— таълим шаклини ўзгартириш (кундузгидан сиртқига, сиртқидан кундузгига ва ҳ.к.);

— ўқишни кўчиришдаги тўловлар, контракт нархлари;

— ўқишни кўчиришда олинадиган имтиҳон ва тест тартиби ва бошқа шу мавзуга оид саволлар.

Олий таълим вазирлиги масъул ходимига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

4428 comments

Show 100 more comments
SEVARA
Assalomu alaykum . Men men 2 guruh nogironlik imtiyozim bn Qaraqalpoq davlat unvirstitiga qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka qabul qilinganman men o‘zimni doimiy yashaydigan joyga yani samarqand davlat unverstitiga o‘qishimni ko‘chirsam kechki kimyodan kunduzgi kimyo kuchirsam grand bo‘lib o‘tamanmi . Kunduzgiga o‘qishimni ko‘chirsam menga stpendiya beriladimi . Javob uchun rahmat
......
Assalomu aleykum hujjatlarni qachonda topshirsa bòladi oliy òquv yurtlariga
X.Go'zal
Tibbiyot uchun òtish balli100 ball bòlsa 100 olganalar ham òtadimi yoki 100 dan yuqori bòlishi kerakmi
👩‍🎓
Salom men Qozoģiztonda òqiyman pervotni imtihoni qachon va qay tartibda hamda òtish bali qancha buladi ?
Bexruz ²¹
Assalamu alaykum va rahmatulloxu barokatuh men ichki perevodga ariza tashlagandin hozir bildim tashlagan arizamda hatolig bor ekan shu arizamni tahrirlamoqchi edim tahrirlab bolmayafdi ariza qabul qilindi tahrirlashni iloji yoq deyafdi nima maslahat berasizlar endi nima boladi.
Assalomu alaykum
Men oʻtgan yili Oʻsh tehnilogiya universitetida Perevod i perevodovideniya ingliz tili yoʻnalishida oʻqishga kirib bu yil bitirdim. Endi bu yil Andijon davlat universiteti Xorijiy til va adabiyot ingliz tili yoʻnalishiga koʻchirsam boʻladimi . Shu ikkita soha turdoshmi ?
Keyin transfer.dtm.uz Saytidan roʻyxatdan oʻtganimda IZOH degan joyiga nimani yozamiz ?
Qachon va qayerga toʻlov qilamiz ? Qachon toʻlov kvitansiyalari beriladi?
Imtihon qachon boʻladi
Assalomu alaykum men uzimni yashash joyimdagi turdosh yunalishga uqishimni kuchirganimda va ana shu institutda uzim xozir uqiyotgan yunalish bulsa turdosh yunalishimga qabul qilmasdan uzimni yunalishimga utkazib yuborishlari xam mumkinmi
Assalomu aleykum man qarshi muhandislik va iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti sirtqi bolimidan toshkent davlat iqtisodiyot universititeti ning iqtisodiyot sirtqi bo'limiga ko'chirsam bo'ladimi? To'lov yoki imtixonsiz bo'ladimi? Doimiy yashash manzilim Toshkentda
Assalomu alaykum men kuchirib utish buyicha savolim hozir uqiyotgan unversitetimda falsafa kuchirmoqchi bulgan unversitetimda esa bunaqa yunalish yuq filologiya tillarini uqitish yunalishni yozsam buladimi
Ассалому алайкум. Мен Россиянинг жахон буйича топ 1000 таликка кирган университетидан Тошкентга укишни перевод килмокчиман. Аризамни transfer.dtm.uz сайти оркади топширганимга1 хафта булди. Лекин ариза холати хакида маълумот жавоби халигача келгани йук. Бу хакида маълумот качон юборилади ? Имтихон качон, каерда ва кай тартибда булишини билмасам кандай килиб имтихон топширишим мумкин ?
Ассаломалейкум ман тошкент давлат техника университети кошма дастурида окиман горное дело факультетида озимизани политехдеги нефтигаз факультетига перевод кмокчиман киса боладими
Assalamu alaykum meni savolim shundan iboratki: o'z hududidan boshqa hududdagi OTMlarga tabaqalashtirilgan to'lov kontraktining minimal miqdori to'lansa ko'chirsa bo'lar ekan bu kontraktining 10baravarimi yoki 1ballgacha yetmay qolganda to'lanadigan 1,5baravar miqdordagi pul miqdorimi shuni tushuntirib bering iltimos oldindan Rahmat
Asqarova Shohsanam 102-guruh
Assalomu alaykum men kunduzgi talimda òqiyman turmush quryotganligim sababli sirtqi qiliwim kk nima qilsam bòladi,iltimos javob bering
Show next 100 comments