Энди қоғоз журнал, рейтинг дафтарча бўлмайди, талаба гувоҳномаси ID картага алмаштирилади

Олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов шанба куни бўлиб ўтган видеоселектор йиғилишида асосий эътиборни олий таълим тизимини рақамлаштириш масаласига қаратди.

«Бугундан ректорлар киришиши керак, Ўзбекистон олий таълим тизимида журнал, рейтинг дафтарча қоғоз кўринишда бўлмайди. Талаба гувоҳномасини ҳам ID картага ўтказиш ва унда барча маълумотлар сақланиши бўйича бюджет лойиҳаси ўтди. Бу ҳам муҳокамада ҳозир», — деди Абдуқодир Тошқулов.

Вазирнинг сўзларига кўра, энди ҳар бир факультетга кирганда кўзга ташланиб турувчи, A1 ва А2 форматдаги ўқув проректори тасдиқлаган дарс жадвали — бу кўрсаткич эмас.

«Вазир, масъуллар борганида талабанинг қўлидан смартфонини олиб, уни иловада кўрсатиб бериши, дарс жадвали унинг телефонида бўлиши керак», — деди у.

Вазир шунингдек, хорижлик ҳамкасблари олдида ҳижолат бўлаётганини, чет эллик ҳамкасблари олдида — буни энди жорий қилаяпмиз дейишга уялаётганини ҳам таъкидлаган.

«Бу 10−15 йил олдин Европа, Ғарбда, Шарқда қилинган нарса. Лекин ҳечдан кўра кеч», — деган у.


👉 @xushnudbek 👈

255 comments

Show 100 more comments
Hammasi gap gap bólib qolib ketmasa bóldi
Смартфон телефони йук талабалар нима килади. Хаммада хам шунака телефон йукку. Имконияти борича телефон олган айрим талабалар. Шунака талабалар хам бор телефон ишлатмийдиган. Узи хохламиди еки ота-онаси рухсат бермиди. Шунака талабалар нима килади? Имконияти йукларга Таьлим даргохи олиб берадими?
Сардор Нарзуллаев
Aytilgan narsalarning ta'lim sifatiga ta'siri bo'larmikan??? Agar faqat elektron jurnal yoki ID karta sifatni yaxshilasa zo'r bo'lardi. Menimcha katta ehtimol bilan bizda endi ham qog'oz ham elektron hujjatlar yuritiladi. Har yili har bir fandan 200-300 varaqli majmua qog'ozga chiqarilayapti, shu narsa yana elektron shaklda talabalarga berilayapti. Qani ma'no bu yerda?
ID kartali guvohnomaniyam olishni pulli qilib qoʻymasinda.
Diqqat!! Savol?? Ta'lim tizimimiz shunaqa bo'lib tursa yaqin 10yillikda nima bo'ladi biz o'shandayam chet eldan ko'chiramizmi hamma narsani yoki 3-renessans bo'ladimikan bizda?? Siz nima deb o'ylaysiz??
Zanglagan tizimni ustidan bo'yoq tortish
Otabek
O‘sha ID karta siz ishlatayotgan Talabalik guvohnomas
Yaxwi bolardi agar tasdiqlansa . Qogozbozlik sal bosayam kamayardi . Konspektlarniyam yoq qlw kere
Internet va elektr masalasini qanaqa yechim bilan hal qilishmoqchi?
Talabalar orasida jamoatchilik so'rovi o'tkazish adolatdan bo'lardi.
Bo'l deb bo'ldirish bilan ish bitmaydi
Otabek
O‘sha ID karta siz ishlatayotgan Talabalik guvohnomas
Bilyapman. Guvohnoma bo'ladimi ID bo'ladimi avtobusga o'taydigan qilsin hech bo'lmasa.
Otabek
Ishlayman ba'zida TATUda o‘qiganimdan va o‘qiyotganimdan afsuslanaman aslida bunaqa narsalar TATUda bo‘lishi kerak kredit tizimi deb haligacha biror narsani qoillatmagan TATU sifat, tizim 0 Yodjudagi talabalarni ko‘rib o‘qigim keladi afsus lkn
Men Yeojuda o'qiyman, o'qishda hamma sharoit bor ta'lim olish uchun, ko'plab o'qituvchilarimiz chet ellik va darslarni mukammal o'tadi, bizda o'qituvchilar atiga 100dan 20 foiz ballni qo'ya oladi halos, qolgan ballga o'qituvchi aralashmaydi. Bu esa o'z navbatida karrupsiyani yo'qotadi va talabani chuqurroq bilim olishga undaydi(pora berishni o'ylamaydi buni iloji ham yo'q).
Abror Turdaliyev
Kredit modul tiziminiham o'zbekcha varianti bizda
Muslimbek
Internet va elektr masalasini qanaqa yechim bilan hal qilishmoqchi? Talabalar orasida jamoatchilik so'rovi o'tkazish adolatdan bo'lardi. Bo'l deb bo'ldirish bilan ish bitmaydi
Lekin fikringiz to'g'ri. Hammada internet har xil ishlaydi. Ba'zilar qo'lida smartfon bo'lsa ham internetdan umuman foydalanmaydi. Lekin internen bizning talabimizga yaxshi javob bermaydi. O'zi moodlga kirganimizda juda ko'p MB olib qo'yayapti. Telefonlardagi oylik to'lov ba'zida yetmay ham qoladi.
Muslimbek
Internet va elektr masalasini qanaqa yechim bilan hal qilishmoqchi? Talabalar orasida jamoatchilik so'rovi o'tkazish adolatdan bo'lardi. Bo'l deb bo'ldirish bilan ish bitmaydi
Juda toʻgʻri fikr. Maktablarda kundalik.com ishga tushdi. Internet tezligi yaxshi emasligi hamda qishloq joylarda svetning koʻp oʻchishi (ayniqsa qish kunlarida) bu dasturda ishlashga juda koʻp noqulayliklar keltirmoqda. Internet tezligi zoʻr boʻlsa, bu dasturlarning foydali ekanligi shunda bilinadi.
Show next 100 comments