Энди қоғоз журнал, рейтинг дафтарча бўлмайди, талаба гувоҳномаси ID картага алмаштирилади

Олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов шанба куни бўлиб ўтган видеоселектор йиғилишида асосий эътиборни олий таълим тизимини рақамлаштириш масаласига қаратди.

«Бугундан ректорлар киришиши керак, Ўзбекистон олий таълим тизимида журнал, рейтинг дафтарча қоғоз кўринишда бўлмайди. Талаба гувоҳномасини ҳам ID картага ўтказиш ва унда барча маълумотлар сақланиши бўйича бюджет лойиҳаси ўтди. Бу ҳам муҳокамада ҳозир», — деди Абдуқодир Тошқулов.

Вазирнинг сўзларига кўра, энди ҳар бир факультетга кирганда кўзга ташланиб турувчи, A1 ва А2 форматдаги ўқув проректори тасдиқлаган дарс жадвали — бу кўрсаткич эмас.

«Вазир, масъуллар борганида талабанинг қўлидан смартфонини олиб, уни иловада кўрсатиб бериши, дарс жадвали унинг телефонида бўлиши керак», — деди у.

Вазир шунингдек, хорижлик ҳамкасблари олдида ҳижолат бўлаётганини, чет эллик ҳамкасблари олдида — буни энди жорий қилаяпмиз дейишга уялаётганини ҳам таъкидлаган.

«Бу 10−15 йил олдин Европа, Ғарбда, Шарқда қилинган нарса. Лекин ҳечдан кўра кеч», — деган у.


👉 @xushnudbek 👈

255 comments

Show 100 more comments
Zanglagan tizimni ustidan bo'yoq tortish
Otabek
O‘sha ID karta siz ishlatayotgan Talabalik guvohnomas
Yaxwi bolardi agar tasdiqlansa . Qogozbozlik sal bosayam kamayardi . Konspektlarniyam yoq qlw kere
Internet va elektr masalasini qanaqa yechim bilan hal qilishmoqchi?
Talabalar orasida jamoatchilik so'rovi o'tkazish adolatdan bo'lardi.
Bo'l deb bo'ldirish bilan ish bitmaydi
Otabek
O‘sha ID karta siz ishlatayotgan Talabalik guvohnomas
Bilyapman. Guvohnoma bo'ladimi ID bo'ladimi avtobusga o'taydigan qilsin hech bo'lmasa.
Otabek
Ishlayman ba'zida TATUda o‘qiganimdan va o‘qiyotganimdan afsuslanaman aslida bunaqa narsalar TATUda bo‘lishi kerak kredit tizimi deb haligacha biror narsani qoillatmagan TATU sifat, tizim 0 Yodjudagi talabalarni ko‘rib o‘qigim keladi afsus lkn
Men Yeojuda o'qiyman, o'qishda hamma sharoit bor ta'lim olish uchun, ko'plab o'qituvchilarimiz chet ellik va darslarni mukammal o'tadi, bizda o'qituvchilar atiga 100dan 20 foiz ballni qo'ya oladi halos, qolgan ballga o'qituvchi aralashmaydi. Bu esa o'z navbatida karrupsiyani yo'qotadi va talabani chuqurroq bilim olishga undaydi(pora berishni o'ylamaydi buni iloji ham yo'q).
Abror Turdaliyev
Kredit modul tiziminiham o'zbekcha varianti bizda
Muslimbek
Internet va elektr masalasini qanaqa yechim bilan hal qilishmoqchi? Talabalar orasida jamoatchilik so'rovi o'tkazish adolatdan bo'lardi. Bo'l deb bo'ldirish bilan ish bitmaydi
Lekin fikringiz to'g'ri. Hammada internet har xil ishlaydi. Ba'zilar qo'lida smartfon bo'lsa ham internetdan umuman foydalanmaydi. Lekin internen bizning talabimizga yaxshi javob bermaydi. O'zi moodlga kirganimizda juda ko'p MB olib qo'yayapti. Telefonlardagi oylik to'lov ba'zida yetmay ham qoladi.
Muslimbek
Internet va elektr masalasini qanaqa yechim bilan hal qilishmoqchi? Talabalar orasida jamoatchilik so'rovi o'tkazish adolatdan bo'lardi. Bo'l deb bo'ldirish bilan ish bitmaydi
Juda toʻgʻri fikr. Maktablarda kundalik.com ishga tushdi. Internet tezligi yaxshi emasligi hamda qishloq joylarda svetning koʻp oʻchishi (ayniqsa qish kunlarida) bu dasturda ishlashga juda koʻp noqulayliklar keltirmoqda. Internet tezligi zoʻr boʻlsa, bu dasturlarning foydali ekanligi shunda bilinadi.
ОТМ ларда ҳалиям талабаларга мобил телефон ишлатишга чекловлар ўз кучида турибди шекилли
Make a Wish
Bu ID qachondan boshlab beriladi ?
Baribir qog'ozbozlik tugamaydi. O'zilar uchun deb jurnal tutgizishadi
Show next 100 comments