Энди қоғоз журнал, рейтинг дафтарча бўлмайди, талаба гувоҳномаси ID картага алмаштирилади

Олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов шанба куни бўлиб ўтган видеоселектор йиғилишида асосий эътиборни олий таълим тизимини рақамлаштириш масаласига қаратди.

«Бугундан ректорлар киришиши керак, Ўзбекистон олий таълим тизимида журнал, рейтинг дафтарча қоғоз кўринишда бўлмайди. Талаба гувоҳномасини ҳам ID картага ўтказиш ва унда барча маълумотлар сақланиши бўйича бюджет лойиҳаси ўтди. Бу ҳам муҳокамада ҳозир», — деди Абдуқодир Тошқулов.

Вазирнинг сўзларига кўра, энди ҳар бир факультетга кирганда кўзга ташланиб турувчи, A1 ва А2 форматдаги ўқув проректори тасдиқлаган дарс жадвали — бу кўрсаткич эмас.

«Вазир, масъуллар борганида талабанинг қўлидан смартфонини олиб, уни иловада кўрсатиб бериши, дарс жадвали унинг телефонида бўлиши керак», — деди у.

Вазир шунингдек, хорижлик ҳамкасблари олдида ҳижолат бўлаётганини, чет эллик ҳамкасблари олдида — буни энди жорий қилаяпмиз дейишга уялаётганини ҳам таъкидлаган.

«Бу 10−15 йил олдин Европа, Ғарбда, Шарқда қилинган нарса. Лекин ҳечдан кўра кеч», — деган у.


👉 @xushnudbek 👈

255 comments

Show 100 more comments
Abror Turdaliyev
Kredit modul tiziminiham o'zbekcha varianti bizda
Muslimbek
Internet va elektr masalasini qanaqa yechim bilan hal qilishmoqchi? Talabalar orasida jamoatchilik so'rovi o'tkazish adolatdan bo'lardi. Bo'l deb bo'ldirish bilan ish bitmaydi
Lekin fikringiz to'g'ri. Hammada internet har xil ishlaydi. Ba'zilar qo'lida smartfon bo'lsa ham internetdan umuman foydalanmaydi. Lekin internen bizning talabimizga yaxshi javob bermaydi. O'zi moodlga kirganimizda juda ko'p MB olib qo'yayapti. Telefonlardagi oylik to'lov ba'zida yetmay ham qoladi.
Muslimbek
Internet va elektr masalasini qanaqa yechim bilan hal qilishmoqchi? Talabalar orasida jamoatchilik so'rovi o'tkazish adolatdan bo'lardi. Bo'l deb bo'ldirish bilan ish bitmaydi
Juda toʻgʻri fikr. Maktablarda kundalik.com ishga tushdi. Internet tezligi yaxshi emasligi hamda qishloq joylarda svetning koʻp oʻchishi (ayniqsa qish kunlarida) bu dasturda ishlashga juda koʻp noqulayliklar keltirmoqda. Internet tezligi zoʻr boʻlsa, bu dasturlarning foydali ekanligi shunda bilinadi.
ОТМ ларда ҳалиям талабаларга мобил телефон ишлатишга чекловлар ўз кучида турибди шекилли
Make a Wish
Bu ID qachondan boshlab beriladi ?
Baribir qog'ozbozlik tugamaydi. O'zilar uchun deb jurnal tutgizishadi
Uyalishadida Zammonga qarab ish qilishmagandan keyin oddiy daftarchaga shuncha xali qolganni aytmasa ham buladi…
Muslimbek
Mb muammosi mayli o'z yo'liga 5 GB berish rejalashtirilyaptiku,lekin shu mb larning uchdan bir qismini ham ishlatish imkonsiz hududlar bor
Masalan bozning qishloqda umuman svyaz yaxshi ishlamaydi. Uyga kelgan paytimiz ustozlar topshiriq berib qo'ysa ishlatolmasak gap eshitib olish aniq
Yoki baho tushib ketadi
Juda to'gri qaror. Yashasin
Yoki 5000 lik kupyuraga o'xshab gibrit qilishsin,qiziquvchilar va xohlovchilar qulay bo'lishi uchun o'z ma'lumotlarini raqamlashtirsin,qiziqmaganlar odatiy (o'sha glavniga qo'yilgan😁)talabalar guvohnomasidan foydalanib yuraversin va ularga ortiqcha bosimlar yuklatilmasin
(@Muslimbek_blog)
Show next 93 comments