Энди қоғоз журнал, рейтинг дафтарча бўлмайди, талаба гувоҳномаси ID картага алмаштирилади

Олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов шанба куни бўлиб ўтган видеоселектор йиғилишида асосий эътиборни олий таълим тизимини рақамлаштириш масаласига қаратди.

«Бугундан ректорлар киришиши керак, Ўзбекистон олий таълим тизимида журнал, рейтинг дафтарча қоғоз кўринишда бўлмайди. Талаба гувоҳномасини ҳам ID картага ўтказиш ва унда барча маълумотлар сақланиши бўйича бюджет лойиҳаси ўтди. Бу ҳам муҳокамада ҳозир», — деди Абдуқодир Тошқулов.

Вазирнинг сўзларига кўра, энди ҳар бир факультетга кирганда кўзга ташланиб турувчи, A1 ва А2 форматдаги ўқув проректори тасдиқлаган дарс жадвали — бу кўрсаткич эмас.

«Вазир, масъуллар борганида талабанинг қўлидан смартфонини олиб, уни иловада кўрсатиб бериши, дарс жадвали унинг телефонида бўлиши керак», — деди у.

Вазир шунингдек, хорижлик ҳамкасблари олдида ҳижолат бўлаётганини, чет эллик ҳамкасблари олдида — буни энди жорий қилаяпмиз дейишга уялаётганини ҳам таъкидлаган.

«Бу 10−15 йил олдин Европа, Ғарбда, Шарқда қилинган нарса. Лекин ҳечдан кўра кеч», — деган у.


👉 @xushnudbek 👈

255 comments

Show 100 more comments
Xayrulla Shodmonov
Salom bu qaror Oliy talim vazirligiga qarashli kasb hunar maktablariga ham tegishliymi
Lekin men O'zimizning ta'lim tizimidan qoniqmayman. Maktablarda o'qitish juda passif. Eskicha tuzim. Faqat hamma majburiyatlarni OTM larga yuklamay maktablarga ham qo'llasa yaxshi bo'lardi. Chunki maktablar ancha "O'ZGARGAN"
Doim shu yevropadan kerlekli joyini kesn olamiz a😁
Hamma narsaning ham telefonda bòlgani yaxshi emas deb òylayman. Talabaman. Hamma narsa telefonda, darslik materiallari va shu kabilar. Tòģrisini aytganda telefonimga qaragim kelmaydi. Òz òzidan kòz nuri ham kamayadi. Bunda kòp muammolar bòladi. Nailoj shunday bòlar ekan bunga ham moslashishimiz kerak. Kuchli odam moslashadi deyishadi.
Rahimjon Karimov
Doim shu yevropadan kerlekli joyini kesn olamiz a😁
To'ppa to'g'ri. O'zimizning qo'limizdan hech nima kelmagandan keyin olaveradi kesib. Erta boshqa davlatning ta'limi rivojlansa o'shanga ham qarab ketishi shubhasiz
👩‍💻👑 Usmonova👑👩‍💻
Yangilik ajoyib. Ancha qulay bo'ladi. Dars jadval uzgaripti dep reyting daftarchani tuldirish kerak domlani top dars jadvalini top dep yurilmaydi.
Men xam talabaman xamma narsani elektron deymizu ln qogʻozbozlik xam kamaymayapti masalan konspektlarni xam elektron qiliw kk yoki umuman voz kechish kk masalan biz konspekt yozamizu ln oʻqimaymiz shuni xam bir koʻrib chiqish kk
Axmadova. M
Ha. Poydevori mustahkam uyning ham uzoq vaqt turishi uning boshlanish nuqtasiga bog'liq
Ln maktablarda baʼzi fanlar oʻlib ketgan xattoki domloni oʻzi xam nima oʻrgatayotganini bilmiydi
Shu narsani qilishni dekanatga loyiha qilib olib chiqodim yaxshi g'oya ko'rib chiqamiz bilan vaqt o'tdi. Institutlarda IT yo'nalishlari bo'yicha bo'limlar ochish kerak manimcha shunda bunday g'oyalar In Shaa Alloh tezroq amalga oshadi.
Tolibjon Karimbayevich
Elektronlashtirish katta muammolar keltirib chiqaryapti. Kap-katta qiyinchiliklar keltirib chiqaryapti.Maktabda ham Oliy ta'limda ham
Сабина Собировна
Ln maktablarda baʼzi fanlar oʻlib ketgan xattoki domloni oʻzi xam nima oʻrgatayotganini bilmiydi
To'g'ri. Mening ukamlar maktabga boradi. Bitta vazifa qilmaydi. Darsing yuqmi desam. Ustozimiz vazifa bermaydi deb qo'yadi. Bolalarning maktabga bo'lgan qiziqishi umiman yaxshi emas. Qachon maktablardan ham repititorga bormasdan o'qishga kiraydiganlar chiqadi. Yoki faqat men ripetitorga borsam o'qishga kirolaman bo'lmasa yuq deb qolaveramizmi
Munisa B
Elektironlashtirish qanchalik muammoli bo'lmasin biz unga moslashishimiz kerak, chunki bizning asrimiz texnika asri.
Munisa B
Elektironlashtirish qanchalik muammoli bo'lmasin biz unga moslashishimiz kerak, chunki bizning asrimiz texnika asri.
Bu tuzimga men qarshi emasman. To'g'ri hozir kompyutersiz yoki telfonsiz hech narsa qilib bo'lmaydigan asr. Faqat ta'lim tizimidan noroziman ayniqsa maktablarda
Islohatlar boshlanishi bu yaxshi
hechdan ko'ra kech😎
ID karta qachon berarakan
Show next 68 comments