Энди қоғоз журнал, рейтинг дафтарча бўлмайди, талаба гувоҳномаси ID картага алмаштирилади

Олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов шанба куни бўлиб ўтган видеоселектор йиғилишида асосий эътиборни олий таълим тизимини рақамлаштириш масаласига қаратди.

«Бугундан ректорлар киришиши керак, Ўзбекистон олий таълим тизимида журнал, рейтинг дафтарча қоғоз кўринишда бўлмайди. Талаба гувоҳномасини ҳам ID картага ўтказиш ва унда барча маълумотлар сақланиши бўйича бюджет лойиҳаси ўтди. Бу ҳам муҳокамада ҳозир», — деди Абдуқодир Тошқулов.

Вазирнинг сўзларига кўра, энди ҳар бир факультетга кирганда кўзга ташланиб турувчи, A1 ва А2 форматдаги ўқув проректори тасдиқлаган дарс жадвали — бу кўрсаткич эмас.

«Вазир, масъуллар борганида талабанинг қўлидан смартфонини олиб, уни иловада кўрсатиб бериши, дарс жадвали унинг телефонида бўлиши керак», — деди у.

Вазир шунингдек, хорижлик ҳамкасблари олдида ҳижолат бўлаётганини, чет эллик ҳамкасблари олдида — буни энди жорий қилаяпмиз дейишга уялаётганини ҳам таъкидлаган.

«Бу 10−15 йил олдин Европа, Ғарбда, Шарқда қилинган нарса. Лекин ҳечдан кўра кеч», — деган у.


👉 @xushnudbek 👈

255 comments

Show 100 more comments
Axmadova. M
Ha. Poydevori mustahkam uyning ham uzoq vaqt turishi uning boshlanish nuqtasiga bog'liq
Ln maktablarda baʼzi fanlar oʻlib ketgan xattoki domloni oʻzi xam nima oʻrgatayotganini bilmiydi
Shu narsani qilishni dekanatga loyiha qilib olib chiqodim yaxshi g'oya ko'rib chiqamiz bilan vaqt o'tdi. Institutlarda IT yo'nalishlari bo'yicha bo'limlar ochish kerak manimcha shunda bunday g'oyalar In Shaa Alloh tezroq amalga oshadi.
Tolibjon Karimbayevich
Elektronlashtirish katta muammolar keltirib chiqaryapti. Kap-katta qiyinchiliklar keltirib chiqaryapti.Maktabda ham Oliy ta'limda ham
Сабина Собировна
Ln maktablarda baʼzi fanlar oʻlib ketgan xattoki domloni oʻzi xam nima oʻrgatayotganini bilmiydi
To'g'ri. Mening ukamlar maktabga boradi. Bitta vazifa qilmaydi. Darsing yuqmi desam. Ustozimiz vazifa bermaydi deb qo'yadi. Bolalarning maktabga bo'lgan qiziqishi umiman yaxshi emas. Qachon maktablardan ham repititorga bormasdan o'qishga kiraydiganlar chiqadi. Yoki faqat men ripetitorga borsam o'qishga kirolaman bo'lmasa yuq deb qolaveramizmi
Munisa B
Elektironlashtirish qanchalik muammoli bo'lmasin biz unga moslashishimiz kerak, chunki bizning asrimiz texnika asri.
Munisa B
Elektironlashtirish qanchalik muammoli bo'lmasin biz unga moslashishimiz kerak, chunki bizning asrimiz texnika asri.
Bu tuzimga men qarshi emasman. To'g'ri hozir kompyutersiz yoki telfonsiz hech narsa qilib bo'lmaydigan asr. Faqat ta'lim tizimidan noroziman ayniqsa maktablarda
Islohatlar boshlanishi bu yaxshi
hechdan ko'ra kech😎
ID karta qachon berarakan
🗼🗽 Muhammadjon🗼🗽
Hemis bolsa kerakda
🗼🗽 Muhammadjon🗼🗽
Lekin bizada wifi 5 g sal kam iwlidi qilsa yaxshi bosa kerak
Xushnudbekaka magistratura kontrakti, qo'shimcha kvotalar tartibi haqida batafsil ma'lumot beesangiz.
Bizni òqishimizdagi ortiqcha fanlarni yiģishtirib mutaxasislik sohamiz bòyicha fanlarni òqitishsin. Yillar ichida narmanli odam bòlarmidik shunda...
ID-karta deganda hozirgi kunda biometrik pasport o'rniga almashtirilayotgan shaxsni tasdiqlovchi
ID-karta nazarda tutilganmi? Yoki talabalar uchun alohida ID karta joriy etiladimi?
Muhriddin
Bu narsa hatto Qirĝizga boru
Raspisaniya hammasi telda
Bo'lmagan narsa.Oldinlari darsga o'qituvchi jurnal,konspekt,mavzu haqida ma'lumotlar,kitoblar olib kirsa hozir bitta telfon olib ‘kiradi.Telfondan baholar emush.Bu nima qiliq.Kundalik kom bizga keraksiz narsa.Chumchuqni turnaga havasi ketib nima bo'lganini bilasiz......Biz tayyormasmiz kerak ham emas.Hamma norozi.O'lib borayotgan ta'lim,battar o'lyapti.Rivojlanamiz deb rasvo qilyapti.
Show next 60 comments