Эртага, 9 май куни телеканалларимизда ҳарбий ва тарихий фильмлар намойиши бошланар экан. Уларнинг ичида энг диққатга сазовори –
“Илҳақ” бадиий фильми. Маълумотларга қараганда, унда бир муштипар аёлнинг уруш давридаги фожиали ҳаёти тасвирланган, фильм реал ҳаётий воқеаларга асосланиб суратга олинган.
Трейлеридан фильм анча савиялига ўхшайди. Ҳар ҳолда менда ўзига қизиқиш уйғота олди. Шунингдек, фильм режиссёри
Жаҳонгир Аҳмедов эканлиги ҳам эътиборли, чунки у доим фильмларига профессионал тарзда ёндошади.
Хуллас, фильм премьерасини илҳақ бўлиб кутяпман :))
👉 @xushnudbek 👈
***
So`nggi vaqtlarda tarixiy filmlar suratga olishga kirishgan rejissyor Jahongir Ahmedov yana tarixga murojaat qildi...Ayni kunlarda rejissyor “O`zbekkino” Milliyagentligi buyurtmasiga asosan “Ezgu film” kinostudiyasi tomonidan real voqealarga asoslangan “Ilhaq” filmining suratgaolishishlaribilan band. Ushbu film urush davrlarida bir emas, ikki ham emas,besh o`g`lidan ayrilgan jasorat, sabrning timsoli bo`lgan o`zbek onasi Zulfiya aya va uning farzandlari taqdiridan hikoya qiladi. Filmda to`qima obrazlar yo`q. Shu o`rinda “Rejissyor urushning achchiq azoblarini nega aynan Zulfiya aya timsolida ko`rsatmoqchi bo`ldi?” degan haqli savol tug`iladi.Jahongir AHMEDOV,rejissyor:— Ushbu filmning g`oyasi tug`ilib, ssenariy sifatida shakllanganiga 10 yildan oshgan. O`zim Toshkent viloyatiZangiota tumani Xonobod qishlog`ida,ya`ni Zulfiya aya yashaganqishloqda tug`ilib o`sganman. Zulfiya Zokirova nomidagi mahallada ulg`aydim va shu nomli maktab da o`qidim. Birinchi ustozim ayaning nabira kelini. Ularningfarzandlaridan eshitgan hikoyalarim orqali ayaning matonati meni juda ta`sirlantirgan. Aytmoqchimanki, bu filmning ssenariysi bolaligimdan shakllangan. Filmning ishchi nomi “Qora xat” edi, keyinchalik“Besh jangchining onasi”, deb nomlandi. Prezidentimiz 9 may – Xotira va qadrlash kunida Zulfiya ayaning matonati haqida gapirganlaridan so`ng qo`limdagi ssenariyni film qilishga ahd qildim va yakuniy nomi “Ilhaq” bo`ldi. Urush dahshati odamlar hayotidan nimalarni tortib olgani, fojialarini tomoshabin anglashi uchun filmni ayaning farzandlari quvonchidan baxtga to`la farovon kunlari tasviridanboshladik.— Zulfiya aya roli uchun nega aynan Dilorom Karimovani tanladingiz?— Bosh rolga 8 nafar aktrisa foto va video sinovlar topshirishdi. Tanlov qiyin kechdi, chunki raqobat katta edi. Nigohidagi qat`iylik, ichki matonati sabab, bosh rol aktrisa Dilorom Karimovaga nasib etdi."TAQDIRNING AJOYIB TUHFASI BO`LDI"Dilorom KARIMOVA, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi:— Aktrisa uchun bunday rolning nasib qilishi juda kamyob voqea. Zulfiya aya roli taqdirning ajoyib tuhfasi bo`ldi. Ushbu rolning albatta o`ziga yarasha mas` uliyati ham bor. Filmda bir insonning taqdiri, tarixi ko`rsatilgan. "MINGDAN OShIQ ODAMLARNI KIYINTIRDIK"Zuhra G`ANIEVA, dizayner:— Eng qiyin jarayon Farg`ona kanalida bo`ldi. Ommaviy sahnada suratga tushayotgan mingdan oshiq odamlarnikiyintirishga to`g`ri keldi. Suratga olishjarayonida tungi 01:00 dan tongi 5:00 gacha mingdan oshiqodamlarni kiyintirdik.BILASIZMI?Ayaning o`g`illari Muhammadjon 1941 yil iyulda, Ahmadjon undan bir oy keyin frontga ketadi. Kuzga borib Vahobjon bilan Yusufjonni ham kuzatishadi. Eng oxirida, 1944 yilning mart oyida Isoqjon jo`nab ketadi. Birin-ketin hamma o`g`illaridan qora xat keladi.FAKT:► Suratga olish ishlari sentyabr oyidan boshlandi.► Tayyorgarlik jarayonla- riga 3 oy vaqt ketgan.► Tasvirga olish ishlari Toshkent viloyatining So`qoq, Parkent, Zarkent, Qiziltog` kabi hududlarida bo`lib o`tyapti.► Montaj ishlari suratga olish ishlari bilanbarobarolib borilyapti.► Jami ijodiy guruh a`zolari 55 kishi.►Aya yashagan Xonobod qishlog`ining bir qismini qurish uchun So`qoqda 1 gektar joy ajratildi. Ayaning avlodlari bilansuhbatlashib, aynan o`sha hovli 90 foiz bunyod etildi.► 1939 yil Katta Farg`ona kanalining qurilishi sahnasidan boshlanadigan ushbu film 1962 yilgacha bo`lgan tarixni o`z ichiga oladi. ►Kinosinov 2 oyga yaqin davom etgan. Unda 100 dan ortiq aktyor-aktrisalar qatnashishgan. ► Film premerasi 2020 yilning 9 mayida tomoshabinlar e`tiboriga havola etiladi. Sadoqat ALLABERGANOVA