This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Эртага, 9 май куни телеканалларимизда ҳарбий ва тарихий фильмлар намойиши бошланар экан. Уларнинг ичида энг диққатга сазовори – “Илҳақ” бадиий фильми. Маълумотларга қараганда, унда бир муштипар аёлнинг уруш давридаги фожиали ҳаёти тасвирланган, фильм реал ҳаётий воқеаларга асосланиб суратга олинган.

Трейлеридан фильм анча савиялига ўхшайди. Ҳар ҳолда менда ўзига қизиқиш уйғота олди. Шунингдек, фильм режиссёри Жаҳонгир Аҳмедов эканлиги ҳам эътиборли, чунки у доим фильмларига профессионал тарзда ёндошади.

Хуллас, фильм премьерасини илҳақ бўлиб кутяпман :))


👉 @xushnudbek 👈

154 comments

Show 81 more comments
Bu filmni ko'rgandan so'ng baho berish kerak deb o'yliyman.
Assalomu alaykum. Men har doim shunaqa kinolar ishlanishini ijtimoiy tarmoqlarda iltimos qilib yozib kelaman. Juda xursand boʻldim, biz ham anchadan beri kutayotgan edik shu kinoni premyerasini. Shu rejissyorlarimizdan shunaqa tarixiy kinolarni jumladan Ibn Sino, Beruniy, Alisher Navoiy va Bobur bobolarimizning namunali hayoti haqida kino ishlashsa juda xursand boʻlardik. Har xolda bu kinolar "Hasad" va boshqa shunga oʻxshash kinoseriallardan foydali va qiziqarli.
Бекович
Жахонгир Ахмедовни яхши режиссер дейишга шошмаган булардим
Даврон
Маълумот даракчи сайтидан олинди. Хабар 2019.11.04да чиққан.
***
So`nggi vaqtlarda tarixiy filmlar suratga olishga kirishgan rejissyor Jahongir Ahmedov yana tarixga murojaat qildi...Ayni kunlarda rejissyor “O`zbekkino” Milliyagentligi buyurtmasiga asosan “Ezgu film” kinostudiyasi tomonidan real voqealarga asoslangan “Ilhaq” filmining suratgaolishishlaribilan band. Ushbu film urush davrlarida bir emas, ikki ham emas,besh o`g`lidan ayrilgan jasorat, sabrning timsoli bo`lgan o`zbek onasi Zulfiya aya va uning farzandlari taqdiridan hikoya qiladi. Filmda to`qima obrazlar yo`q. Shu o`rinda “Rejissyor urushning achchiq azoblarini nega aynan Zulfiya aya timsolida ko`rsatmoqchi bo`ldi?” degan haqli savol tug`iladi.Jahongir AHMEDOV,rejissyor:— Ushbu filmning g`oyasi tug`ilib, ssenariy sifatida shakllanganiga 10 yildan oshgan. O`zim Toshkent viloyatiZangiota tumani Xonobod qishlog`ida,ya`ni Zulfiya aya yashaganqishloqda tug`ilib o`sganman. Zulfiya Zokirova nomidagi mahallada ulg`aydim va shu nomli maktab­ da o`qidim. Birinchi ustozim ayaning nabira kelini. Ularningfarzandlaridan eshitgan hikoyalarim orqali ayaning matonati meni juda ta`sirlantirgan. Aytmoqchimanki, bu filmning ssenariysi bolaligimdan shakllangan. Filmning ishchi nomi “Qora xat” edi, keyinchalik“Besh jangchining onasi”, deb nomlandi. Prezidentimiz 9 may – Xotira va qadrlash kunida Zulfiya ayaning matonati haqida gapirganlaridan so`ng qo`limdagi ssenariyni film qilishga ahd qildim va yakuniy nomi “Ilhaq” bo`ldi. Urush dahshati odamlar hayotidan nimalarni tortib olgani, fojialarini tomoshabin anglashi uchun filmni ayaning farzandlari quvonchidan baxtga to`la farovon kunlari tasviridanboshladik.— Zulfiya aya roli uchun nega aynan Dilorom Karimovani tanladingiz?— Bosh rolga 8 nafar aktrisa foto va video sinovlar topshirishdi. Tanlov qiyin kechdi, chunki raqobat katta edi. Nigohidagi qat`iylik, ichki matonati sabab, bosh rol aktrisa Dilorom Karimovaga nasib etdi."TAQDIRNING AJOYIB TUHFASI BO`LDI"Dilorom KARIMOVA, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi:— Aktrisa uchun bunday rolning nasib qilishi juda kamyob voqea. Zulfiya aya roli taqdirning ajoyib tuhfasi bo`ldi. Ushbu rolning albatta o`ziga yarasha mas`­ uliyati ham bor. Filmda bir insonning taqdiri, tarixi ko`rsatilgan. "MINGDAN OShIQ ODAMLARNI KIYINTIRDIK"Zuhra G`ANIEVA, dizayner:— Eng qiyin jarayon Farg`ona kanalida bo`ldi. Ommaviy sahnada suratga tushayotgan mingdan oshiq odamlarnikiyintirishga to`g`ri keldi. Suratga olishjarayonida tungi 01:00 dan tongi 5:00 gacha mingdan oshiqodamlarni kiyintirdik.BILASIZMI?Ayaning o`g`illari Muhammadjon 1941 yil iyulda, Ahmadjon undan bir oy keyin frontga ketadi. Kuzga borib Vahobjon bilan Yusufjonni ham kuzatishadi. Eng oxirida, 1944 yilning mart oyida Isoqjon jo`nab ketadi. Birin-ketin hamma o`g`illaridan qora xat keladi.FAKT:► Suratga olish ishlari sentyabr oyidan boshlandi.► Tayyorgarlik jarayonla- riga 3 oy vaqt ketgan.► Tasvirga olish ishlari Toshkent viloyatining So`qoq, Parkent, Zarkent, Qiziltog` kabi hududlarida bo`lib o`tyapti.► Montaj ishlari suratga olish ishlari bilanbarobarolib borilyapti.► Jami ijodiy guruh a`zolari 55 kishi.►Aya yashagan Xonobod qishlog`ining bir qismini qurish uchun So`qoqda 1 gektar joy ajratildi. Ayaning avlodlari bilansuhbatlashib, aynan o`sha hovli 90 foiz bunyod etildi.► 1939 yil Katta Farg`ona kanalining qurilishi sahnasidan boshlanadigan ushbu film 1962 yilgacha bo`lgan tarixni o`z ichiga oladi. ►Kinosinov 2 oyga yaqin davom etgan. Unda 100 dan ortiq aktyor-aktrisalar qatnashishgan. ► Film premerasi 2020 yilning 9 mayida tomoshabinlar e`tiboriga havola etiladi. Sadoqat ALLABERGANOVA
Соат нечида қайси каналда
Иззатилло Шокиров
Тугрисини этсам узбек филмлари канакадир зерикарлик. Актерларни махорати расво. Актерлар рухий кечинмаларни юзида акс эттиролмайди. дард алам нафрат иложсизлик буларнинг Хаммаси бир биридан фарк киладиган туйгулар. Лекин бизнинг актерлар хамма туйгунларни битта килиб бакирган, чакирган, хараган бу каби харакатлар фильмни проста расво килади. ундан ташкари музыкалная сопровождение етарлича эмас. Шу сабаб хам купчилик учириб куйса керак. Каналларимиз хам узича зур нарса курсатвомман дегандек рекламани куйвуради куйвуради. Солдат отаси филмини курмаган инсонни узи булмаса керак. Лекин шу битта чолни харакати фарзанди учун юз ифодаларин куринг. Актерлардан битта Тохир Саидов профи манимча
Бошида айтганларизга кизикмиманам тушунмиманам лекин рекламага келсак бу гапиз тугри жуда куп рек. килишади 1та нарсани кино тугагунча камида 5 марта рек. Килишвди рекка кизикадиган одамам 1марта куради коган инфони тел килиб билвоса буладию
OK
Haa gardkam kordik wu filmniyam kinoteateda koribmiza ehh 🤪
Mana ozimni amakim olgan shunixam lekin saviya judaxam past tan olish kerak
Мен "Илҳақ" номли бадиий фильмни кўришга қизиққандим. Энди қизиқишим янада ошди.
Nasib...
Mazkur kino insonlarni saviyasini oshirsa, ularning dunyo qarashini kengaytirsa bu kinoni albatta boshqalarga ham tavsiya qilish har birimizning insoniylik burchimiz.Xaqiqiy bahoni korgandan keyin beramiz.
Журавой Каримов
Кайси телеканалда соат неччида бериларкан
Avvalo ilohim film zoʻr boʻgan boʻsin. Ammo Xushnud Xudayberdiyevning Jahongir Ahmedovga bunchalik yuqori baho berishi erish tuyuldi. "Islomxoʻja"niyam rosa koʻkka koʻtarishgandi. Ammo filmda faqat kostyumlar- u dekaratsiyalarga tomoshabinni gʻashiga tegadigan darajada eʼtiborni jalb qilishga harakat qilib, gʻoyaga oqsashgan. Xulosa qilolmaganman undan. Boshqa filmlari.... Zulfiqor Musoqov filmlari yoqsa kerak deb oʻylagandim sizga.
Qaysi kanalda bo'ladi soat nechida
Ўзбек киноларидан "ВАТАН" зўр, ғояси менга ёққан
Даврон
Журавой Каримов
Кайси телеканалда соат неччида бериларкан
ERTAGA SOAT 19:40. ZO'RTV VA MY5 TELEKANALLARIDA QO'YILADI "ILHAQ" FILMI. SOAT 17:00da URUSH DAVRIDA OLINGAN, 75 YIL DAVOMIDA KO'RSATILMAGAN LAVHALAR QO'YILAR EKAN.
Bugungi kunda kópgina filmlaru seriallarda bir mavzu muxabbat odam shunchalik zerikkanki hatto televizorni yoqishga ham yuragi óynab qolgan bu filmni hali kórmadim lekin urush haqidagi filmlar qanday saviyada bólishidan qatiy nazar bir narsaga undaydi hozirgi tinch hayotimizni shukrini qilishga. Ollohga shukr qilaylik.
Гулмурат
Салом Хушнудбек сиз билан кандай боглансак булади илтимос
Filmni korganda bilamizda endi qandayligini
Show next 52 comments