Қўшни давлатларда масофавий таълимда ўқиётганларнинг ўқишини кўчириш юзасидан

Кеча Бош вазир ўринбосари Беҳзод Мусаев бошчилигидаги анжуманда кўпчилик сўраётган яна бир масала бўйича савол бердим.

Қўшни давлатлардаги ОТМларда масофавий асосда ўқишини кўчириш учун ариза берган талабалар тақдири бироз ҳавода осилиб қолгандек гўё. Кимдир ўқишни кўчиришга рухсат деса, яна кимдир Давлат қабул комиссияси баённомасида рухсат берилмаган, шунинг учун иложи йўқ дейди.

Бу мавҳумлик ортидан минглаб талабалар нима қилишини била олмаяпти.

Ушбу масалага жавоб берган Олий ва ўрта махсус таълими вазири Иномжон Мажидовнинг айтишича, қўшни давлатлардаги ОТМларда масофавий таълим олаётган талабаларни ўқишини кўчиришга тўсқинлик йўқ, бу ҳақда ОТМларга ҳам тегишли кўрсатма берилган.

Аммо бу ерда бир жиҳати муҳим. Муаммо шундаки, қўшни давлатлардан ўқишни кўчириш акцияси эълон қилингач, ушбу қулай вазиятдан фойдаланиб қолиш истагида бўлган "олғирлар" сохта ҳужжатлар тайёрлашга тушиб кетишган. «Натижада қўшни давлатда ўқияпман» дейдиганлар сони кутилмаганда кескин ошиб кетган. Бу ҳолат айниқса масофавий таълим шакли билан кузатилган (чунки бу шаклда сохта ҳужжат қилиш бирмунча осонроқда).

Шунинг учун, масофавий таълимда ўқиётган талабаларнинг маълумотномаларининг ҳақиқийлигини текшириш, уларни ҳақиқатда қўшни давлатга ҳеч бўлмаса бир марта бўлса-да, борган ёки бормаганини аниқлаштириш учун жараён бирмунча чўзилиб кетган.

«Агар ҳақиқатдан масофавий таълимда ўқиганлиги тўлиқ исботланган тақдирда уларнинг ўқишини кўчириш ва Ўзбекистонда талабаликка қабул қилиш бўйича ҳеч қандай муаммо йўқ», - дея таъкидлади Олий ва ўрта махсус таълим вазири.

Йиғилишда ушбу масала кўпчиликни ўйлантираётгани сабабли вазирлик расмий саҳифаларида бу бўйича батафсил тушунтириш беришларини илтимос қилдим. Вазирлик тез орада ана шундай расмий тушунтириш беришга ваъда қилди.


👉 @xushnudbek 👈

198 comments

Show 100 more comments
ИЛХОМЖОН САЙФУЛЛАЕВ
ALBATTA
Biz uqiyotgan Unversitetni Akrigatsiyasi may oyida tugagan hozir yangilanganmi yuqmi bilmayabmiz shunga ikkilanib turibmizda
Маджидов
Masofaviyda pul tolab qoyib bormidiyam oqimidayam yana kadrlar sifatsizligi keb chiqadi
Toppa tòģri, bizda tojikda oqiman desa 500dollarli oqiw oqiwmi didi, hamma biladi narxini, tolab qoyadi hoxlasa boradi hoxlamasa yo
Odina Berdiqulova
Togri Chetga qochadida etta 6 ming dollar oyli olarkan botta 6mln somam omiydiyu
TOG'RI O'ZBEKISTONNI VRACHLARI KUCHLI CHET ELNIKIDAN CHET ELDA ZO'R DAVOLAYDI DEGAN JOYGA BORSANGIZ O'ZBEK ISHLAYOTGAN BO'LADI ODAM TASAVVUR QILISHI XAM QIYINDE
Kunduzgi talim shaklida o'qiydiganlarniki chiqmadiyu hali qachon chiqadi ekan
Endi oylab korilar talabalar ozbekiston institutlariga qancha tayyorlanib vaqt va pul ketkazib qiynalib kirishadi chetka 1000 dolr berib perevod qb kelsa adolatdanmas
Маджидов
Endi oylab korilar talabalar ozbekiston institutlariga qancha tayyorlanib vaqt va pul ketkazib qiynalib kirishadi chetka 1000 dolr berib perevod qb kelsa adolatdanmas
Tòppa tòģri odamga alam qiladi betta wuncha tayyorlanib oqiwga kirolmasezda qayerdagi bitta taniwiz eng zor oqiwga perevod qib kesa alam qiladi...
Imtixon bo'ladimi perevod Vaqtida?
масалан Росссияда хозир ўқиётган талабаларга ҳам карантин сабабли онлайн дарслар бўлмоқда. улар ҳам ўқишини Ўзбекистонга кўчириши қандай бўлади
Odina Berdiqulova
Togri Chetga qochadida etta 6 ming dollar oyli olarkan botta 6mln somam omiydiyu
6mln olish uchun bir oyda 15ta dejur qoʻydirish kerak bu degani 15sutka uyqu yoʻq degani
Maskovski online oqishidan Qozog'iston ga Kuduzgiga otgazib hali 1 Semestr o'qimagan larga ruxsat berilmaydi degan qaror chiqgan ediku Noqonuniy Perevod qilganlar nima qiladi Buyurugi chiqib o'qiyotganlar
𝗞𝗛𝗨𝗠𝗢𝗬𝗨𝗡
Maskovski online oqishidan Qozog'iston ga Kuduzgiga otgazib hali 1 Semestr o'qimagan larga ruxsat berilmaydi degan qaror chiqgan ediku Noqonuniy Perevod qilganlar nima qiladi Buyurugi chiqib o'qiyotganlar
​​⚡️"ПЕРЕВОД" bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar oshkor qilindi

Davlat qabul komissiyasining 2020-yil 28-fevraldagi 13-son bayoniga muvofiq quyidagilar belgilandi, deya Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘z kanalida xabar bermoqda.

Unga ko‘ra:

1. Qo‘shni davlatlardagi OTMlardan respublika OTMlariga o‘qishi ko‘chirilishi ruxsat berilgan talabalar soni taqsimoti OTMlar kesimida tasdiqlandi;

2. Qo‘shni davlatlarning OTMlarida kamida bir semestr mobaynida o‘qishini davom ettirmasdan, boshqa davlatlarning (xususan, Rossiya Federasiyasi va boshqa davlatlar) OTMlaridan o‘qishini o‘quv yilining yarmida ko‘chirib o‘tgan talabalarning o‘qishi ko‘chirilmaydi;

Bu nima degani?

Qo‘shni davlatlardan o‘qishni imtihonsiz ko‘chirish mumkinligi haqida xabar chiqqach, Rossiya yoki Ukrainada o‘qiyotgan talabalar uddaburonlik bilan o‘z o‘qishini qo‘shni davlatga (asosan Qozog‘iston) ko‘chirib o‘tishgan edi. Ammo ular Qozog‘istonda hatto 1-semestr ham o‘qishgani yo‘q. Ana shunday talabalar o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chira olishmaydi.

3. Qo‘shni davlatlarning OTMlarida masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha va onlayn tarzda tahsil olayotgan talabalarning o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilmaydi;
Assalomu alaykum Xushnud aka! Manga Islom Akademiyasiga hujjat topshirish uchun qayerga murojat qilsam buladi? U yerda ijodiy imtihonlar ham mavjud iltimos malumot bering
Avalambor Asslomu aleykum sizlardan bir narsani so'ramoqchiman qo'shni davlatlardan O'zbekistonga perevod qilishda aksiya bo'ldi lekin pandemiya sabab oxiirgacha davom etmadi hujjatlarni topshirish. Endi August oyida yoki undan oldin yana bir bor shunga o'xshash kvotalar bormi ham yurtlarimizga
Show next 72 comments