Қўшни давлатларда масофавий таълимда ўқиётганларнинг ўқишини кўчириш юзасидан

Кеча Бош вазир ўринбосари Беҳзод Мусаев бошчилигидаги анжуманда кўпчилик сўраётган яна бир масала бўйича савол бердим.

Қўшни давлатлардаги ОТМларда масофавий асосда ўқишини кўчириш учун ариза берган талабалар тақдири бироз ҳавода осилиб қолгандек гўё. Кимдир ўқишни кўчиришга рухсат деса, яна кимдир Давлат қабул комиссияси баённомасида рухсат берилмаган, шунинг учун иложи йўқ дейди.

Бу мавҳумлик ортидан минглаб талабалар нима қилишини била олмаяпти.

Ушбу масалага жавоб берган Олий ва ўрта махсус таълими вазири Иномжон Мажидовнинг айтишича, қўшни давлатлардаги ОТМларда масофавий таълим олаётган талабаларни ўқишини кўчиришга тўсқинлик йўқ, бу ҳақда ОТМларга ҳам тегишли кўрсатма берилган.

Аммо бу ерда бир жиҳати муҳим. Муаммо шундаки, қўшни давлатлардан ўқишни кўчириш акцияси эълон қилингач, ушбу қулай вазиятдан фойдаланиб қолиш истагида бўлган "олғирлар" сохта ҳужжатлар тайёрлашга тушиб кетишган. «Натижада қўшни давлатда ўқияпман» дейдиганлар сони кутилмаганда кескин ошиб кетган. Бу ҳолат айниқса масофавий таълим шакли билан кузатилган (чунки бу шаклда сохта ҳужжат қилиш бирмунча осонроқда).

Шунинг учун, масофавий таълимда ўқиётган талабаларнинг маълумотномаларининг ҳақиқийлигини текшириш, уларни ҳақиқатда қўшни давлатга ҳеч бўлмаса бир марта бўлса-да, борган ёки бормаганини аниқлаштириш учун жараён бирмунча чўзилиб кетган.

«Агар ҳақиқатдан масофавий таълимда ўқиганлиги тўлиқ исботланган тақдирда уларнинг ўқишини кўчириш ва Ўзбекистонда талабаликка қабул қилиш бўйича ҳеч қандай муаммо йўқ», - дея таъкидлади Олий ва ўрта махсус таълим вазири.

Йиғилишда ушбу масала кўпчиликни ўйлантираётгани сабабли вазирлик расмий саҳифаларида бу бўйича батафсил тушунтириш беришларини илтимос қилдим. Вазирлик тез орада ана шундай расмий тушунтириш беришга ваъда қилди.


👉 @xushnudbek 👈

198 comments

Show 100 more comments
Endi oylab korilar talabalar ozbekiston institutlariga qancha tayyorlanib vaqt va pul ketkazib qiynalib kirishadi chetka 1000 dolr berib perevod qb kelsa adolatdanmas
Маджидов
Endi oylab korilar talabalar ozbekiston institutlariga qancha tayyorlanib vaqt va pul ketkazib qiynalib kirishadi chetka 1000 dolr berib perevod qb kelsa adolatdanmas
Tòppa tòģri odamga alam qiladi betta wuncha tayyorlanib oqiwga kirolmasezda qayerdagi bitta taniwiz eng zor oqiwga perevod qib kesa alam qiladi...
Imtixon bo'ladimi perevod Vaqtida?
масалан Росссияда хозир ўқиётган талабаларга ҳам карантин сабабли онлайн дарслар бўлмоқда. улар ҳам ўқишини Ўзбекистонга кўчириши қандай бўлади
Odina Berdiqulova
Togri Chetga qochadida etta 6 ming dollar oyli olarkan botta 6mln somam omiydiyu
6mln olish uchun bir oyda 15ta dejur qoʻydirish kerak bu degani 15sutka uyqu yoʻq degani
Maskovski online oqishidan Qozog'iston ga Kuduzgiga otgazib hali 1 Semestr o'qimagan larga ruxsat berilmaydi degan qaror chiqgan ediku Noqonuniy Perevod qilganlar nima qiladi Buyurugi chiqib o'qiyotganlar
𝗞𝗛𝗨𝗠𝗢𝗬𝗨𝗡
Maskovski online oqishidan Qozog'iston ga Kuduzgiga otgazib hali 1 Semestr o'qimagan larga ruxsat berilmaydi degan qaror chiqgan ediku Noqonuniy Perevod qilganlar nima qiladi Buyurugi chiqib o'qiyotganlar
​​⚡️"ПЕРЕВОД" bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar oshkor qilindi

Davlat qabul komissiyasining 2020-yil 28-fevraldagi 13-son bayoniga muvofiq quyidagilar belgilandi, deya Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘z kanalida xabar bermoqda.

Unga ko‘ra:

1. Qo‘shni davlatlardagi OTMlardan respublika OTMlariga o‘qishi ko‘chirilishi ruxsat berilgan talabalar soni taqsimoti OTMlar kesimida tasdiqlandi;

2. Qo‘shni davlatlarning OTMlarida kamida bir semestr mobaynida o‘qishini davom ettirmasdan, boshqa davlatlarning (xususan, Rossiya Federasiyasi va boshqa davlatlar) OTMlaridan o‘qishini o‘quv yilining yarmida ko‘chirib o‘tgan talabalarning o‘qishi ko‘chirilmaydi;

Bu nima degani?

Qo‘shni davlatlardan o‘qishni imtihonsiz ko‘chirish mumkinligi haqida xabar chiqqach, Rossiya yoki Ukrainada o‘qiyotgan talabalar uddaburonlik bilan o‘z o‘qishini qo‘shni davlatga (asosan Qozog‘iston) ko‘chirib o‘tishgan edi. Ammo ular Qozog‘istonda hatto 1-semestr ham o‘qishgani yo‘q. Ana shunday talabalar o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chira olishmaydi.

3. Qo‘shni davlatlarning OTMlarida masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha va onlayn tarzda tahsil olayotgan talabalarning o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilmaydi;
Assalomu alaykum Xushnud aka! Manga Islom Akademiyasiga hujjat topshirish uchun qayerga murojat qilsam buladi? U yerda ijodiy imtihonlar ham mavjud iltimos malumot bering
Avalambor Asslomu aleykum sizlardan bir narsani so'ramoqchiman qo'shni davlatlardan O'zbekistonga perevod qilishda aksiya bo'ldi lekin pandemiya sabab oxiirgacha davom etmadi hujjatlarni topshirish. Endi August oyida yoki undan oldin yana bir bor shunga o'xshash kvotalar bormi ham yurtlarimizga
Xushnud bek, yoshlarni qollab quvattlaganiz uchun sizdan hursanmiz, qolldan kegancha yordam qilin, Haqiqatdanam masofaviy talimga oqidiganlaga ruhsat beriladi dgan umiddaman, biz 3 minga yaqinmiz, Kz Muhtor Avuezov, talabalari,
Raxmat Xushnud bek ozi yuridik universitetda oqiyotgan talabalar bizga kelisholmas ekan
Масофавий талимдеги ларни хам Энди КДПИ Кабул киладими?
Мухаммаддиер
Ассалому алейкум Хушнудбек мени углим Россиянин Казань шахрида укийди 2чи курсни битиряпти бу йил перевод килдирсам боладими. Жавоб учун олдиндан рахмат
Дусбеков И
Ассалому алайкум Хушнудбек ака кейин биз 2 курсни тамомлаб келганмиз лекин бизга 2 ни кайта укийсилар дейишябди разница фанларинг коп дейишябди колган университетлар еса келган жойидан давом еттиришябдию
Mahmudova Shoxista
Eng dolzarb masalani olib chiqibsiz. Meni ukamda ham shu muommo lekin aslida u zaochniy dokumentda distansionniy bolib qolgan. Dokumentlarin qabul qilishgan boldi buyruq chiqsa kontrakt tolaysiz deyishgan. Online dars boshlanganda esa siz masofaviy ekansiz deyishda. Karantinda biz hech narsa qilolmadik. Uni nomi oliy talim saytida chiqib tueibdi. Bu ham qonuniy emasmi. Bizga yol korsatsangiz
Dilfuz
Sizga raxmat xozirda o'qishini ko'chirgan talabalarning xozirgi kundagi masalasini ko'targaningiz uchun...
Show next 65 comments