Қўшни давлатларда масофавий таълимда ўқиётганларнинг ўқишини кўчириш юзасидан

Кеча Бош вазир ўринбосари Беҳзод Мусаев бошчилигидаги анжуманда кўпчилик сўраётган яна бир масала бўйича савол бердим.

Қўшни давлатлардаги ОТМларда масофавий асосда ўқишини кўчириш учун ариза берган талабалар тақдири бироз ҳавода осилиб қолгандек гўё. Кимдир ўқишни кўчиришга рухсат деса, яна кимдир Давлат қабул комиссияси баённомасида рухсат берилмаган, шунинг учун иложи йўқ дейди.

Бу мавҳумлик ортидан минглаб талабалар нима қилишини била олмаяпти.

Ушбу масалага жавоб берган Олий ва ўрта махсус таълими вазири Иномжон Мажидовнинг айтишича, қўшни давлатлардаги ОТМларда масофавий таълим олаётган талабаларни ўқишини кўчиришга тўсқинлик йўқ, бу ҳақда ОТМларга ҳам тегишли кўрсатма берилган.

Аммо бу ерда бир жиҳати муҳим. Муаммо шундаки, қўшни давлатлардан ўқишни кўчириш акцияси эълон қилингач, ушбу қулай вазиятдан фойдаланиб қолиш истагида бўлган "олғирлар" сохта ҳужжатлар тайёрлашга тушиб кетишган. «Натижада қўшни давлатда ўқияпман» дейдиганлар сони кутилмаганда кескин ошиб кетган. Бу ҳолат айниқса масофавий таълим шакли билан кузатилган (чунки бу шаклда сохта ҳужжат қилиш бирмунча осонроқда).

Шунинг учун, масофавий таълимда ўқиётган талабаларнинг маълумотномаларининг ҳақиқийлигини текшириш, уларни ҳақиқатда қўшни давлатга ҳеч бўлмаса бир марта бўлса-да, борган ёки бормаганини аниқлаштириш учун жараён бирмунча чўзилиб кетган.

«Агар ҳақиқатдан масофавий таълимда ўқиганлиги тўлиқ исботланган тақдирда уларнинг ўқишини кўчириш ва Ўзбекистонда талабаликка қабул қилиш бўйича ҳеч қандай муаммо йўқ», - дея таъкидлади Олий ва ўрта махсус таълим вазири.

Йиғилишда ушбу масала кўпчиликни ўйлантираётгани сабабли вазирлик расмий саҳифаларида бу бўйича батафсил тушунтириш беришларини илтимос қилдим. Вазирлик тез орада ана шундай расмий тушунтириш беришга ваъда қилди.

👉 @xushnudbek 👈

198 comments

Show 100 more comments
Катя
Ассаламу алейкум Хушнудбек сизга катта рахмат биз ота-оналаримизнинг тунларда уйку кормастан энди нима буларкан шунча аварагаршилик билан хар семестрда борип укип келган мехнатимиз куйип кетадими деп кийналип юрардик, сиздек мард йигитнин борига шукур бизлар сиз учун дуо киламиз сиздан яхши хабор кутамиз ЯШАН !!!
Катя
Биз Кораколпогистоннанмиз сог булинг
𝓐𝓼𝓱𝓾𝓻𝓶𝓮𝓽𝓸𝓿𝓪 𝓟𝓪𝓻𝓿𝓲𝓷𝓪
Салом Хушнудбек борингизга шукр Оллох Сиздан рози булсин шу савобли ишларга аралашганингизнинг узи биз учун бахт хозирги кунда мани укищим нима булади укиймизми еки йукми деб айтаетганган талабалар жуда куп хаммасини хурсанд килдингиз БИЗ СИЗ БИЛАН ,
ШАХСАН МЕН СИЗДАН ФАХРЛАНАМАН саломат булинг агар иложи булса мени сахифамга киринг,олдиндан рахмат...
Qanqingi adolat bu hamma oʻzimizda qiynalib repititorga tayyorlanib oʻqishga kirsayu bular esa faqat pul evaziga bir yil oʻqib Oʻzbekistonga perevod qilsa bu notoʻgʻri oʻzi perevod qiluvchilarni dtm maxsus testidan oʻtkazish kerak marhamat shu testdan oʻtgani oʻqiyversin
🎓 Ст-ДИ.31гр👩🏻‍⚕🩺
............

Bizni xam ichimizda 5 yillab repititorga borganlar bor ko'nglizi keng qiling shu oqishka xadeb kiralmaganidan tushizga kirmedigon pul sariflab boshqa yurtlarda sarson bolib oqidik, sizlar oylesila oson boldi bularga xechxam oson bolgani yoq xechkim xoxlagan ariza bergan oqishiga tushmadi nomi chiqan universitetlardan, ta'labga javob bermedigon oqishlarga bo'ldi kopchilik, eplasez sizxam repititorga pul sariflame shunaqa qilin bu nasib Allohdi aytkani boladi ming urunib tayyorgarlik korganiz bilan nasib bolsa kirasiz oqishka musofirchilikniyam oziga yarasha qiyinchiliklari boldi shuni uchun ota onalar iltimosiga binoat perevod qilindik sizi ornizi olib qoygani nasbiz bolsa kirasiz oqishka bolmasa yoq buyerda bizni aybimiz yoq, oylab gapiring biz xam uyerga 100% kontarkt ni toladik xam buyerga kelib arzimedigon masovafiy ta'limi uchun kontraktni to'ladik kamiga aldandik xujjatlarini ozimiz olib kelamiz sizlar borme qoyorilar deb, Buyerda Chet davlatda oqiganlardi aybi yoq, 6 oy oshetti qiyinchilikdan otkanlar biladi, bularga xavas bolgani yoq daje 5, 10 yilda student bolganlar bor, Ochniyda oqiganlar oson oqigoni yoq, chegaradan otishlar ozimiz bilamiz 6 oy oqib qana qiyinchliklarga duch kelganimizi yana bir bor aytaman sizni ornizi xechkim egallab qoygani yoq nasib qolishmagan bolsa 100 yil repititorga borsez xam oqishka kiralmesiz bunaqa ichi qorali qilmen siz oliy ma'lumotli bolishka xarakat qilyabsiz man xam shularga oxshab oqishka kirvole deb yaxshi niyat qilsez keyin amalga oshadi ming bilimiz zo'r bolsin Allohdi aytkani boladi duo xam qilib turishka Allohdan sorab, testdan otamizmi yoqmi bu bizi ishimiz bu perevod 100 yilda birmata boldi kuyedigon xar yili bomadi, shuni bilvoling

Oʻqishga oʻzumizda ham yaxshilab oʻqisa kirsa boʻladi unga 5 10yil tayyorlanish shart emas repititorga 5yil quruq nomiga borgandan koʻra 5oy makkam turib tayyorlansa hammasi koʻzlanganday boʻladi meni hech kim oʻrnimni hech kim egalladi deganim yoʻq men oʻz bilimimga ishonaman xudo xohlasa oʻzim niyat qilgan joyga oʻqishga kirib oʻz oʻrnimni topaman siz meni oʻrnim haqida qaygʻurmang

Omadizi bersin Uka O'zbekistonga oqishka kirvolish Oson emas manda endi oqishka kirmoqchi bolsez man kichkina ekansiz Nasib qilganini korasiz, bunaqa maslaxatim konglizi qora qilmen Uka xayotda qiynalasiz xarkimgayam emas oqishka kirib olish bilsez birmarta buyerda yeqilib korgan odam biladi siz endi topshirasiz ekan
Assalomu alaykum aka hammasi uchun katta rahmat. Lekin 1ta savolim bor edi. Iloji bòlsa yordam bering. Qayerga qanday murojaat qilsak bòladi? Akam Qòshni davlat Qozoqiston Respublikasida 1kurs tahsil olgan. Mana shu mart oyidagi òqishni kòchirishga akam ham harakat qilgandi. Jizzax Davlat Pedagogika Institutiga kòchirmoqchi edi. Chetdan hujjatlarini olib kelgan va hujjatini kamchiligi borligi sababli yana chetga borib kelishiga tòģri kelgan. Lekin afsuski Respublikalarda Koronavirus tufayli chegaralar yopilgan, shu sababli hujjatlari tòliq bolmay qoldi. Endi qanday yòl tutsak boladi? Iltimos maslahat bering🙏🙏🙏
Masofaviy talim shaklidagilar tugul akademik malumotnoma bilan o‘qishini qo‘shni davlatlardan ko‘chirgan talabalarning xam taqdiri xal bo‘lmadi. O‘ynashga ishonib ersiz qolmoqday gap bo‘ldi.
ha rosayam hursand bolar edik agar shu masalaga yechim topib bersayiz iltimos shu muamoni ohiriga yetib bersayiz
Raxmonova.Sh.
Assalomu aleykum, juda tòģri aytishibdi ,perevod uchun aynan qanday hujjatlar kerak bòladi,va kimga, qayerda,qacha muddatgacha murojaat qilsa bòladi shular haqida tòliq malumot bersangiz,chunki mani òģlim hali chet davlatda ,kelaolgani yòq qachon kelishi aniqmas .Yana bir narsa,hamma institutlarda bir xil hujjat kerak bòladimi.
Assalom alekum ! Savolim bor edi. Òtgan yili hujjat topshirgan tulov qilgan abiturentlar bu yil ham tulov qilishlari kerakmi , yoki shartnoma 3 yilga amal qiladimi
HAMID
Ассалому алайкум! Савол бор эди, бу йил 5 та Олий укув юртига хужжат топширса булади деган хабар расман чикди, бу чет эл олий укув юртлари филиалларига хам тегишлими? Агар хужжат бирор бир чет эл олий укув юрти филиалига топширилса бу курсаткич 4 тагача камаядими еки бу факат Давлат Олий укув юртларига тегишлими? Я'ни 1 та чет эл филиалига хужжат топширилса хужжат топширилган умумий укув юртлари сони 6 та буладими? Олдиндан рахмат
Assalomu alaykum! Shu masala bo'yicha alohida brifing o'tkazilsa judayam yaxshi bo'lardi. Men Qirg'iziston Respublikasi Qirg'iziston milliy univeriteti Rus tili va adabiyoti yo'nalishidan o'qishimni ko'chirish uchun fevral oyida O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi qaroriga muvofiq Jizzax davlat pedagogika institutida ariza topshirdim. Mart oyida arizamning javobi chiqdi va men xujjatlarimni olib kelib Jizzax davlat pedagogika institutiga topshirdim. Lekin Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi farmoyishida xato chiqib meni yo'nalishim o'zgarib ketibdi va meni o'z mutaxassisligim rus tili yo'nalishiga qabul qilishmayapti. Shartnoma pulini to'lab qo'yganman. Lekin meni qabul qilishmayapti. 3 kursman ingliz tili yo'nalishiga 1 chi kursdan qabul qilamiz deyishyapti lekin meni yana 1 chi kursdan o'qishga imkoniyatim yo'q. Shu masalada kimga murojaat qilsam bo'ladi? Iltimos yordam bering
『N』『u』『r』『z』『o』『d』『a』
Q
『N』『u』『r』『z』『o』『d』『a』
Кушни двалатдан академик малумотнома билан топширган эдик укишимиз халигача хал булмаган эди уша уруш йиллари укиб колиб кетган академик малумотнома билан кабул килишган эди энди эса аниклик йук илтимос Хушнудбек ердам беринг кулингиздан келади сизга ишонамиз
『N』『u』『r』『z』『o』『d』『a』
Хушнудбек камментариянгизга ман каби езган ва кимга мурожат килишни билмай сарсон юрган юртдошларингизга ердам беринг сиз доим халк дуосидасиз
Show next 37 comments