Қўшни давлатларда масофавий таълимда ўқиётганларнинг ўқишини кўчириш юзасидан

Кеча Бош вазир ўринбосари Беҳзод Мусаев бошчилигидаги анжуманда кўпчилик сўраётган яна бир масала бўйича савол бердим.

Қўшни давлатлардаги ОТМларда масофавий асосда ўқишини кўчириш учун ариза берган талабалар тақдири бироз ҳавода осилиб қолгандек гўё. Кимдир ўқишни кўчиришга рухсат деса, яна кимдир Давлат қабул комиссияси баённомасида рухсат берилмаган, шунинг учун иложи йўқ дейди.

Бу мавҳумлик ортидан минглаб талабалар нима қилишини била олмаяпти.

Ушбу масалага жавоб берган Олий ва ўрта махсус таълими вазири Иномжон Мажидовнинг айтишича, қўшни давлатлардаги ОТМларда масофавий таълим олаётган талабаларни ўқишини кўчиришга тўсқинлик йўқ, бу ҳақда ОТМларга ҳам тегишли кўрсатма берилган.

Аммо бу ерда бир жиҳати муҳим. Муаммо шундаки, қўшни давлатлардан ўқишни кўчириш акцияси эълон қилингач, ушбу қулай вазиятдан фойдаланиб қолиш истагида бўлган "олғирлар" сохта ҳужжатлар тайёрлашга тушиб кетишган. «Натижада қўшни давлатда ўқияпман» дейдиганлар сони кутилмаганда кескин ошиб кетган. Бу ҳолат айниқса масофавий таълим шакли билан кузатилган (чунки бу шаклда сохта ҳужжат қилиш бирмунча осонроқда).

Шунинг учун, масофавий таълимда ўқиётган талабаларнинг маълумотномаларининг ҳақиқийлигини текшириш, уларни ҳақиқатда қўшни давлатга ҳеч бўлмаса бир марта бўлса-да, борган ёки бормаганини аниқлаштириш учун жараён бирмунча чўзилиб кетган.

«Агар ҳақиқатдан масофавий таълимда ўқиганлиги тўлиқ исботланган тақдирда уларнинг ўқишини кўчириш ва Ўзбекистонда талабаликка қабул қилиш бўйича ҳеч қандай муаммо йўқ», - дея таъкидлади Олий ва ўрта махсус таълим вазири.

Йиғилишда ушбу масала кўпчиликни ўйлантираётгани сабабли вазирлик расмий саҳифаларида бу бўйича батафсил тушунтириш беришларини илтимос қилдим. Вазирлик тез орада ана шундай расмий тушунтириш беришга ваъда қилди.


👉 @xushnudbek 👈

198 comments

Show 100 more comments
🎓 Ст-ДИ.31гр👩🏻‍⚕🩺
............
Oʻqishga oʻzumizda ham yaxshilab oʻqisa kirsa boʻladi unga 5 10yil tayyorlanish shart emas repititorga 5yil quruq nomiga borgandan koʻra 5oy makkam turib tayyorlansa hammasi koʻzlanganday boʻladi meni hech kim oʻrnimni hech kim egalladi deganim yoʻq men oʻz bilimimga ishonaman xudo xohlasa oʻzim niyat qilgan joyga oʻqishga kirib oʻz oʻrnimni topaman siz meni oʻrnim haqida qaygʻurmang
Omadizi bersin Uka O'zbekistonga oqishka kirvolish Oson emas manda endi oqishka kirmoqchi bolsez man kichkina ekansiz Nasib qilganini korasiz, bunaqa maslaxatim konglizi qora qilmen Uka xayotda qiynalasiz xarkimgayam emas oqishka kirib olish bilsez birmarta buyerda yeqilib korgan odam biladi siz endi topshirasiz ekan
Assalomu alaykum aka hammasi uchun katta rahmat. Lekin 1ta savolim bor edi. Iloji bòlsa yordam bering. Qayerga qanday murojaat qilsak bòladi? Akam Qòshni davlat Qozoqiston Respublikasida 1kurs tahsil olgan. Mana shu mart oyidagi òqishni kòchirishga akam ham harakat qilgandi. Jizzax Davlat Pedagogika Institutiga kòchirmoqchi edi. Chetdan hujjatlarini olib kelgan va hujjatini kamchiligi borligi sababli yana chetga borib kelishiga tòģri kelgan. Lekin afsuski Respublikalarda Koronavirus tufayli chegaralar yopilgan, shu sababli hujjatlari tòliq bolmay qoldi. Endi qanday yòl tutsak boladi? Iltimos maslahat bering🙏🙏🙏
Masofaviy talim shaklidagilar tugul akademik malumotnoma bilan o‘qishini qo‘shni davlatlardan ko‘chirgan talabalarning xam taqdiri xal bo‘lmadi. O‘ynashga ishonib ersiz qolmoqday gap bo‘ldi.
ha rosayam hursand bolar edik agar shu masalaga yechim topib bersayiz iltimos shu muamoni ohiriga yetib bersayiz
Raxmonova.Sh.
Assalomu aleykum, juda tòģri aytishibdi ,perevod uchun aynan qanday hujjatlar kerak bòladi,va kimga, qayerda,qacha muddatgacha murojaat qilsa bòladi shular haqida tòliq malumot bersangiz,chunki mani òģlim hali chet davlatda ,kelaolgani yòq qachon kelishi aniqmas .Yana bir narsa,hamma institutlarda bir xil hujjat kerak bòladimi.
Assalom alekum ! Savolim bor edi. Òtgan yili hujjat topshirgan tulov qilgan abiturentlar bu yil ham tulov qilishlari kerakmi , yoki shartnoma 3 yilga amal qiladimi
HAMID
Ассалому алайкум! Савол бор эди, бу йил 5 та Олий укув юртига хужжат топширса булади деган хабар расман чикди, бу чет эл олий укув юртлари филиалларига хам тегишлими? Агар хужжат бирор бир чет эл олий укув юрти филиалига топширилса бу курсаткич 4 тагача камаядими еки бу факат Давлат Олий укув юртларига тегишлими? Я'ни 1 та чет эл филиалига хужжат топширилса хужжат топширилган умумий укув юртлари сони 6 та буладими? Олдиндан рахмат
Assalomu alaykum! Shu masala bo'yicha alohida brifing o'tkazilsa judayam yaxshi bo'lardi. Men Qirg'iziston Respublikasi Qirg'iziston milliy univeriteti Rus tili va adabiyoti yo'nalishidan o'qishimni ko'chirish uchun fevral oyida O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi qaroriga muvofiq Jizzax davlat pedagogika institutida ariza topshirdim. Mart oyida arizamning javobi chiqdi va men xujjatlarimni olib kelib Jizzax davlat pedagogika institutiga topshirdim. Lekin Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi farmoyishida xato chiqib meni yo'nalishim o'zgarib ketibdi va meni o'z mutaxassisligim rus tili yo'nalishiga qabul qilishmayapti. Shartnoma pulini to'lab qo'yganman. Lekin meni qabul qilishmayapti. 3 kursman ingliz tili yo'nalishiga 1 chi kursdan qabul qilamiz deyishyapti lekin meni yana 1 chi kursdan o'qishga imkoniyatim yo'q. Shu masalada kimga murojaat qilsam bo'ladi? Iltimos yordam bering
『N』『u』『r』『z』『o』『d』『a』
Q
『N』『u』『r』『z』『o』『d』『a』
Кушни двалатдан академик малумотнома билан топширган эдик укишимиз халигача хал булмаган эди уша уруш йиллари укиб колиб кетган академик малумотнома билан кабул килишган эди энди эса аниклик йук илтимос Хушнудбек ердам беринг кулингиздан келади сизга ишонамиз
『N』『u』『r』『z』『o』『d』『a』
Хушнудбек камментариянгизга ман каби езган ва кимга мурожат килишни билмай сарсон юрган юртдошларингизга ердам беринг сиз доим халк дуосидасиз
🎓 Ст-ДИ.31гр👩🏻‍⚕🩺
Raxmonova.Sh.
Assalomu aleykum, juda tòģri aytishibdi ,perevod uchun aynan qanday hujjatlar kerak bòladi,va kimga, qayerda,qacha muddatgacha murojaat qilsa bòladi shular haqida tòliq malumot bersangiz,chunki mani òģlim hali chet davlatda ,kelaolgani yòq qachon kelishi aniqmas .Yana bir narsa,hamma institutlarda bir xil hujjat kerak bòladimi.
Xa Opa Shunaqa Akademik Ma'lumotnoma Yoki Zachotka kopiyasi xamma fanlar yopilgan bolish kerak passport kopiyasi kerak boladi keyin ariza yozasiz osha perevod qilmoqchi bolgan oqishizi nomiga 15 chi iyuldan. Boshlab Perevodga ishchi gruhlar oz ishini boshledi shunda Agar Online topshirilsa xujjatlar Uyda turib topshirasiz yoki unde bolmasa Oziz Xududizga biriktirilgan Oliygohga borib xujjat topshiriladi xar bitta viloyatdi ozi Ishchi gruhlari boladi biz shunde qildik
Sizni yaxshi tushundim rahmat. Lekin hozir hech qanday masofaviy ta'limda emasman. Sababi chetdan buyruq bilan shaxsiy hujjatlarimni olib kelganman. Jizzax Davlat Pedagogika Institutiga chaqiruv qoģozi bilan kelganman. Lekin Farmoyish chiqmagan. Hujjatlarimni J.D.P.I.ga taqdim etgandim kamchilik sabab qaytardi. Karantin tufayli esa chetga chiqolmayman. Endi men hozirda chetda ham Uzb.da talaba emasman. Shu sababli sizga murojaat qilayotgandim. Yordam bering. Kimga murojaat qilay? Iltimos
Assalomu aleykum men maskvada oqiman rassiyadan qachon perevod qilish boshlanadi aniģ sanasi bormi qayisdur kanallarda 15 iyuldan deydi yana qaysidurida 25 avgustdan deydi
Yana 1 Gina savolim agar chet elda oqib zachotkalar tola topshirilmagan bolsa bu oqishni Uzbekistanga kochirishga qarshilik qilmaydimi
Show next 31 comments