Диплом серияси ва рақами чиқмаган битирувчилар нима қилади?

Жорий йилда бакалавр босқичини битирганлар учун диплом ва унинг иловасини электрон вариантда юклаб олиш учун https://diplom.edu.uz сайти ишга туширилган эди.

Аммо кўплаб битирувчилар мазкур платформадан юклаб олган дипломларида серия ва рақам йўқлигини, натижада эса магистратурага ҳужжат топшира олмаётганини таъкидлашмоқда. Сабаби http://magistr.edu.uz платформаси орқали онлайн рўйхатдан ўтаётганда диплом серияси ва рақамини ҳам киритиш керак бўлади.

Ушбу масалада Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги вакили билан боғландим ва унинг маълум қилишича, ушбу муаммо ўз ечимини топган. Яъни жорий йилда ўқишни тугатганлар магистратура учун онлайн рўйхатдан ўтаётганда диплом серия ва рақамини киритиши шарт бўлмайди, бу маълумот тизимда автоматик кўринади. Ушбу янгилик фақат жорий йилда битирганларга тааллуқли, аввалги йилларда ўқишни тугатганлар диплом серияси ва рақамини ўзи киритиши керак.

Шунингдек, айрим ОТМлар ҳақиқатдан барча битирувчи талабалари учун диплом серия ва рақамини базага киритиб чиқмагани, лекин бугун/эрта ушбу жараён тўлиқ ўз якунига етишини таъкидлашди.

❗️Агар қайсидир битирувчига дипломнинг асли керак бўлиб қолса (масалан, хориждаги ОТМга ҳужжат топшириш учун), унда буни ОТМдан олиши мумкин, бунинг учун маъмуриятга мурожаат қилиши керак бўлади.


👉 @xushnudbek 👈

420 comments

Show 100 more comments
Shohruh Sariyev
Nima uchun javob bermayapti ular muammomizni kim hal qilib beradi
Shohruh Sariyev
Boshqalarda qabul qilindi degan yozuv chiqayapti menda 5 kundan beri qabul qilmayapti vaqt kam qoldi.
Shohruh Sariyev
Hali topshirmaganlarda ham shu muammo bor
Shohruh Sariyev
Sardor Eshpo'latov
Qachondir javob berganmi?
Umuman kuni bilan tel qildim bittasi ko'tarib boshqa nomer berdi men javob bermayman kimdir meni nomerimni ham yozgan deb o'zini olib qochdi
Xushnud akamizdan bir iltimos qilish kerakmi?! Hujjat topshirish kunini Yana 10 kunga surib bersa yoki foydasi yoqmikan?
Assalomu alaykum men magistraturaga hujjat topshirgandim, ayrim sabablarga ko'ra topshirgan yo'nalishimni o'zgartirdim. Hozir ariza qabul qilingan deb chiqmayapdi kuzatishda yozuvi turibdi bu menga muammo bo'lmaydimi? Nima qilsam bo'ladi maslaxat berib yuboring oldindan raxmat!
Shohruh Sariyev
Ko'p tanishlarimdan so'rasam ularni ham hali qabul qilmapti aniq javob kutib qolamiz
Umurova Feruza
Muhabbat Azamatovna
Pasport yoki shir xato deyabdi
Manda ham shunday pasport raqami pasport seriyasi degan joyga alohida joy berilgan lekin namunada 2harf 7 raqamni pasport seriya va raqami deb kursatilgan namunadigidek joylashtirsa xato chiqyapti
Xushnud aka gapirganmi commentda biror Marta?
Assalomu alaykum Xushnudbek aka. Ariza berganlar kabi men ham topshirgandim (shanba kuni) lekin ariza TEKSHIRILMOQDA deyapti. Izohlarda o"qib qoldim ayrimlarda mendagi holat bo'layotgan ekan. Shu masala bo'yicha ishonch raqamiga telefon qilib ko'rdim hech kim javob bermadi (kechadan beri qilaman) 1006 raqamiga. Shu jumladan 71 246 38 57 va 71 246 01 95 raqamlariga ham. Ming afsuski hech kim javob bermadi. Agarda biror ma'lumotga ega bo'lsangiz iltimos bizlar bilan ham baham ko'ring. Rahmat
Shohruh Sariyev
Sardor Eshpo'latov
Xushnud akamizdan bir iltimos qilish kerakmi?! Hujjat topshirish kunini Yana 10 kunga surib bersa yoki foydasi yoqmikan?
Qabul qilmasa foydasi yuq nima sababdan qabul qilmayapti hammada shunday ko'pchilik bilgani yo'q hali yiborildi degani qabul qilindi deganimasku hali ko'plarda hato kiritgansiz degan malumot chiqayapti ○ ! Shu belgilar chiqayaptikan
To'g'risi e'tibor bermabman
Sardor Eshpo'latov
Siz mobodo Xushnudbekka yozmadizmi?
Kim tushunsa javob bersa yaxshi bo'lardi Xushnudbek akamizni ishlari ko'p
Show next 100 comments