Диплом серияси ва рақами чиқмаган битирувчилар нима қилади?

Жорий йилда бакалавр босқичини битирганлар учун диплом ва унинг иловасини электрон вариантда юклаб олиш учун https://diplom.edu.uz сайти ишга туширилган эди.

Аммо кўплаб битирувчилар мазкур платформадан юклаб олган дипломларида серия ва рақам йўқлигини, натижада эса магистратурага ҳужжат топшира олмаётганини таъкидлашмоқда. Сабаби http://magistr.edu.uz платформаси орқали онлайн рўйхатдан ўтаётганда диплом серияси ва рақамини ҳам киритиш керак бўлади.

Ушбу масалада Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги вакили билан боғландим ва унинг маълум қилишича, ушбу муаммо ўз ечимини топган. Яъни жорий йилда ўқишни тугатганлар магистратура учун онлайн рўйхатдан ўтаётганда диплом серия ва рақамини киритиши шарт бўлмайди, бу маълумот тизимда автоматик кўринади. Ушбу янгилик фақат жорий йилда битирганларга тааллуқли, аввалги йилларда ўқишни тугатганлар диплом серияси ва рақамини ўзи киритиши керак.

Шунингдек, айрим ОТМлар ҳақиқатдан барча битирувчи талабалари учун диплом серия ва рақамини базага киритиб чиқмагани, лекин бугун/эрта ушбу жараён тўлиқ ўз якунига етишини таъкидлашди.

❗️Агар қайсидир битирувчига дипломнинг асли керак бўлиб қолса (масалан, хориждаги ОТМга ҳужжат топшириш учун), унда буни ОТМдан олиши мумкин, бунинг учун маъмуриятга мурожаат қилиши керак бўлади.


👉 @xushnudbek 👈

420 comments

Show 100 more comments
Umurova Feruza
Muhabbat Azamatovna
Pasport yoki shir xato deyabdi
Manda ham shunday pasport raqami pasport seriyasi degan joyga alohida joy berilgan lekin namunada 2harf 7 raqamni pasport seriya va raqami deb kursatilgan namunadigidek joylashtirsa xato chiqyapti
Xushnud aka gapirganmi commentda biror Marta?
Assalomu alaykum Xushnudbek aka. Ariza berganlar kabi men ham topshirgandim (shanba kuni) lekin ariza TEKSHIRILMOQDA deyapti. Izohlarda o"qib qoldim ayrimlarda mendagi holat bo'layotgan ekan. Shu masala bo'yicha ishonch raqamiga telefon qilib ko'rdim hech kim javob bermadi (kechadan beri qilaman) 1006 raqamiga. Shu jumladan 71 246 38 57 va 71 246 01 95 raqamlariga ham. Ming afsuski hech kim javob bermadi. Agarda biror ma'lumotga ega bo'lsangiz iltimos bizlar bilan ham baham ko'ring. Rahmat
Shohruh Sariyev
Sardor Eshpo'latov
Xushnud akamizdan bir iltimos qilish kerakmi?! Hujjat topshirish kunini Yana 10 kunga surib bersa yoki foydasi yoqmikan?
Qabul qilmasa foydasi yuq nima sababdan qabul qilmayapti hammada shunday ko'pchilik bilgani yo'q hali yiborildi degani qabul qilindi deganimasku hali ko'plarda hato kiritgansiz degan malumot chiqayapti ○ ! Shu belgilar chiqayaptikan
To'g'risi e'tibor bermabman
Sardor Eshpo'latov
Siz mobodo Xushnudbekka yozmadizmi?
Kim tushunsa javob bersa yaxshi bo'lardi Xushnudbek akamizni ishlari ko'p
Xushnudbek akamiz ham amaldor bo'lib ketti endi yaqinlashib bo'larmidi
Xoljon Torebekova
Assalomu aleykum Hushnud aka .Bugun magistraturaga hujjat topshirmoqchi edim saytga kirsak umuman ishlamayabdi.Kim bilan bog‘lanishni ham bilmayabman.Muammoni qanday hal qilsak bo‘ladi.Oldindan rahmat
Assalom alaykum, Xushnud aka! Men asli 2 yil oldin Inha universitetini eng birinchilardan bolib bitirganman, osha payt olgan diplomimizni na seriyasi na raqami bor, bu holat boyicha universitetga bir necha bor murojaat qilingan, akkreditatsiya muammosi ham kotarilgan lekin keyin keyin deb shu paytgacha toliq hal bolmadi, orada pandemiya ham keldi, ungacha birinchi bitirgan talabalarni kopi chet elga magistrga ketishga muammoga duch keldi chunki ular ham diplom seriya raqamini soraydi biz mana deb diplomni korsatsak bunda hech narsa yoqku deb qabul qilmaydi, yoki oqishing akkreditatsiyadan otmagan deb rad javobini beradi. Talabalar sarson bir soz bn aytganda( bu diplom muammosi faqat birinchi bitirganlarda asosan, chunki bizdan keyingilarga koreya variantidagi diplom berilgan, akkreditatsiya masalasi esa hammada).
Saytga keladigan bolsak, saytda bitirgan talim muassasida talim tilini tanlashda ingliz tili ham yoq ekan, xalqaro bakalavrni bitirganlar uchun qaysi tilni tanlash ham biroz boshni qotiradi bu yerda endi
D🥰🥰🥰D
Assalomu alekum siz aytgandek qilib seriyasiz hujjat topshirdim lekin qabul qilmayapti
Umurova Feruza
Bizga maslahat bering qanday ruyxatdan utdingiz
magistr.edu.uz saytiga kirasiz telefon raqam va parol turadi, telefoningizni yozasiz kiyin pastga login qo'yasiz. Telefoningizga sms kod keladi shuni kirgazasiz bo'ldi. Kabinetingizga kirib ariza to'ldirasiz.
Хушнудбек ака аввалам бор сизга рахмат мана шунча абютрентларга шунча маслахат ёрдамингизни бериб келмоқдасиз телеграм сахифаларида кузатиб келаман купларини лекин сизникига тенг келадиган сахифа йўқ екан.
Show next 100 comments