This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Қоидаларни бузган абитуриентлар 5-7 йилгача тестдан четлатилиши мумкин

ДТМ директори Маджит Каримовнинг таъкидлашича, ҳозирда тестга жараёнларида қоидаларни бузган абитуриентлар имтиҳондан четлатилади.

Аммо бундан бошқа қўшимча жазо қўллаш ваколати ДТМда йўқ.

“Айни кунларда Адлия вазирлиги ва Бош прокуратура билан ҳамкорликда, хорижий тажрибани ўрганяпмиз. Қўпол қоидабузар абитуриентларни 5-7 йилгача кейинги имтиҳонларда иштирок этиш ҳуқуқини чекловчи норматив ҳужжат лойиҳаси ишлаб чиқилмоқда”, - деган Маджит Каримов.

❗️P.S.: бу таклифни анчадан буён бериб келамиз. Аммо муддат жуда катта. 5-7 йил ўта шафқатсиз жазо.

Таклифим: қоидабузарликларнинг оғирлик даражасига қараб, турли муддат кўрсатиш керак. Масалан, қалбаки ҳужжат тайёрлаш ёки бировнинг ўрнига кириш — қўшимча яна 3 йил, тестда телефон/шпаргалкадан фойдаланиш, ўзгаларга ёрдам бериш — 2 йил, телефон/шпаргалка олиб киришга уриниш — 1 йил.

Бошқа майда ҳолатларга ўша йилнинг ўзида тестдан четлатиш кифоя, қўшимча йил бериш шартмас.


👉 @xushnudbek 👈

271 comments

Show 41 more comments
Xushnudbel aka openbudget.uz sayti nimaga ishlamayotgani haqida ham yozing. Biz rossa urinib, oxirida yana harakat qilamiz deganimizda sayt amal qilingan muddatdan 2 kun oldin yopib qoyildi, bu esa tanlov shartlarini qopol buzilishidir. Biz buning natijasiga judayam qiziqyapmiz.
Togri qoshimcha Ynaa
Азизбек А.
Мухаммад Баходиров
Gap nima haqida ketyatganligini oldin tushunib oling. Bu yerda chap yo'llar bilan, aldab o'qishga kirishni niyat qilganlar haqida ketyapti. Kuchli bilimi borlar shundoq ham kiradi o'qishga.
натижани уйланг охирги пировард натижани, тупойлар ишлаб чикилади тест копол килиб айтганда бир тийинлик нарса
Yaxshi bo'lardi lekin
Bu haqiqatdan ham uzoq muddat. Abiturient uchun bunday jazo muddati. Jinoyatdagi jazo muddatlari bilan tenglashtirish. Xushnudbek aka taklifingizni qoʻllab quvvatlaymiz, muddatga aniq hatti harakat koʻrsatilishi kerak. Ilm yoʻlida abituriyentlar qancha qiyinchilik bilan oʻqishadi va bunday holatlarga yoʻl qoʻymaslik kerakligini tushunib yetishadi. P.s 5-7 yil 84 oy....
Катта муддат экан , илми етарли булиб узига ишонмаса ёки тестга киришда гирромлик булишини хисобга олиб шпаргалка олиб кириб имтихонлардан 5-7 йилга четлатилса, улар укиш учун бошка давлатларга кетиб колади, ва... керакли кадрларни йукотиш эхтимоли ошади.
Uta shafqatsizlik 5 yildan 7 yilgacha
Bazilar attay o‘zi olib kirgan narsani boshqasini cho‘ntagiga solib qo‘yishi mumkinku 🙊
U holda nima bo‘ladi
Muxlisa
Toʻgʻri oʻylashibti boshidan bir birini aldab oʻqishga kirishmasa ishlaganda xam oldi orqasiga qarab qadam tashlaydi
🕊🧸🕊
Таклифни мақуллайман,адолатли бўлди ростдан хам,
Menimcha o'sha yilni ozida ham chetlashtirish qarori ham juda oson jazo emas
birinchidan tayorlangan bolaga bularning umuman keragi yoq
ikkinchidan ozi shundoq ham bir yil yutqizadi bu ham katta muddat
5-7yil koʻp manimcha 2-3 yil yetarli manimcha.
Бу йил хам талабалар абитуриентлар каби имтихон топшира олишадими, йоки укиш жойидан отчисления килиши керакми??
Bizda jamiyat nazorati ham togri ishlamaydi, agar hamma haqqini talab qilsa ularga hojat ham qolmasdi. Yoningda bittasi birovni testini ishlaberyaptimi darrov xabar ber sani joyingni olyaptiku.
Elbek
5-7 yildan keyin birov o'qishga kirarkanmi? uzog'i borsa 3 marta harakat qilib ko'radi.
Bibisora Ziyodullayevna
Qarshiligim yoq
Shohruh
Tashabbusli byudjet loyihasida vujudga kelayotgan muammolarga ham e'tibor qarating Xushnud aka bir kundan buyon sms orqali tasdiqlash kodi kelmayabdi . Ovoz berish jarayoni tugashiga ham 1 kun qoldi axir . ??????
5-7 yildan keyn miyasida bor narsayam qomediyu
Победитель
Qamoq jazosi tayinlashmabdi yaxshi😂😂
Bu juda uzoq muddat. 6 7 yil bolani umri o'tib ketadiyu.
Mahmudova
Aybiga ko'ra jazo olgani yaxshi
Show next 100 comments