Роппа-роса 4 йил олдин @xushnudbek каналида илк пост қолдирилган эди. 4 йил ичида каналда 14 мингдан ошиқ постлар эълон қилинди (форвардлари билан). Бугунги кунда обуначилар сони 418 мингдан кўпроқни ташкил қилмоқда.

Умуман олганда канал менга кўп нарса ўргатди, тарбиялади. Турли кутилган ва кутилмаган савдоларни бошимга солди, қувончли ва баъзан дилни хира қилувчи вазиятларни туҳфа қилди. Масъулиятли бўлишга, маълумотларни қайта ва қайта текшириш, шошмашошарлик қилмасликка, ўз устимда тинимсиз ишлашга ўргатди.

Энг асосийси каналим менга Сизлардек қадрдон инсонларни берди. Ўзбекистон ва хориждаги турли нуқталардан мени кузатиб, фикрларимга муносабатлар берадиган, хурсандчилик кунларимда мен билан бирга қувонадиган, баъзан мен учун қайғурадиган, хато қилган пайтларим танқид қилиб, тўғри йўлга бошлайдиган 400 мингдан ошиқ азиз ва самимий яқинларим пайдо бўлди. Буларнинг барчаси Аллоҳнинг менга берган марҳамати, десам адашмаган бўламан.

Борингизга шукр! Барчангизни ғойибона ҳурмат қиламан.


👉 @xushnudbek 👈

544 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum yaxshimisiz? Biz ham sizni judayam hurmat qilamiz. Kanalni esa eng ishonchli manbaa sifatida bilaman. Biror kimdan ta'lim, Davlat, siyosat haqida ma'lumot eshitib qolsam eng birinchi -Xushunbekda ko'rdingmi? degan savolni beraman😁 -Yo'q, -desa sizni kanalingizda e'lon qilinmagunicha ishonmayman. Ishlaringizga omad va muvaffaqiyat tilayman. Kanalga ham omad ko'p yillar xalq bilan bo'lsin!
Хаммасига илмингиз, аклингиз оркали эришгансиз. Худо илмингизни янада зиёда килсин!
Mamalakatimizdagi ishonchli kanallardan biri, deb bilaman bu kanalni. Ishlaringizga omad tilayman. Izlanishdan charchamang
Nilu+ Far
Biz ham sizni hurmat qilamiz.
Xushnud aka ollox ilmizdi obroizdi bundan ham ziyoda qilsin dunyo turguncha tursin kanaliz
Mrs Turg'unova
Ijodizga omad, lekin ba'zi yangiliklarga kommentariyani ham ochib qo'ying, ba'zi yangiliklarni o'qib odami achchig'i chiqib qatka yozishni bilme qoladi
Assalomu alaykum.Ijodizga omad
Baxtiyorjon
Omad yor bo‘lsin do‘stim.Biz har doim Siz.bilan.Alloh panohida bo‘ling
Ishonchli ma'lumotlarni asosli qilib yuborasiz.Sizga katta rahmat!
Ishlaringizga omad tilaymiz👍👍👍👍
Gulnoz Uzoqovna
Xushnudbek o`g`lim, men faqat sizning kanalingizdagi rasmiy xabarlarga ishonaman.Ishlaringizga omad tilayman.Biz siz bilan!!!
Йолдошова с
Zor omad tilab qolaman sizi darajangizga bizni xam etzasn 🤲🤲🤲
Kanalizga 50mingta obunachiz bor edi,a'zo bo‘lganimda. Endi esa... Ko‘z tegmasin...
Xaqiqatdan, kanaliga gapyo‘q!
Ideal insonsiz, Alloh omad va muvaffaqiyat beraversin👏
Assalom alaykum Xushnudbek aka! Men kanalingizga yaqindagina a'zo bo'lganman. Ammo qiziqishim ortib bormoqda. Ishingizga muvaffaqqiyatlar tilayman!
Haqiqatda, eng ishonchli, foydali kanallardan biri, ayniqsa abituriyent va talabalar uchun! Boshqa toifa a'zolarni ham hisobga olgan holda, qisqa-qisqa yuridik maslahatlar yoki qonunchilik yoxud fuqaro va xodimlarning haq-haquqlari haqida ma'lumotlar berib borsangiz yaxshi bo'lardi. Chunki, kanalingizdagi xabarni oddiy odam ham, rahbar ham, o'qituvchi, shifokor, shofyor, mijoz, kasalmand, davlat xizmatchilari, turli tekshruvchilar... hamma o'qiydi va albatta foydasi tegadi. Ko'proq qatlamning huquqiy savodxonligi oshadi va h.k.
Iwlaringizga omad Allohni panohda bolin
Assalomu alaykum ijodizga omad shunday davom eting
Show next 100 comments