Роппа-роса 4 йил олдин @xushnudbek каналида илк пост қолдирилган эди. 4 йил ичида каналда 14 мингдан ошиқ постлар эълон қилинди (форвардлари билан). Бугунги кунда обуначилар сони 418 мингдан кўпроқни ташкил қилмоқда.

Умуман олганда канал менга кўп нарса ўргатди, тарбиялади. Турли кутилган ва кутилмаган савдоларни бошимга солди, қувончли ва баъзан дилни хира қилувчи вазиятларни туҳфа қилди. Масъулиятли бўлишга, маълумотларни қайта ва қайта текшириш, шошмашошарлик қилмасликка, ўз устимда тинимсиз ишлашга ўргатди.

Энг асосийси каналим менга Сизлардек қадрдон инсонларни берди. Ўзбекистон ва хориждаги турли нуқталардан мени кузатиб, фикрларимга муносабатлар берадиган, хурсандчилик кунларимда мен билан бирга қувонадиган, баъзан мен учун қайғурадиган, хато қилган пайтларим танқид қилиб, тўғри йўлга бошлайдиган 400 мингдан ошиқ азиз ва самимий яқинларим пайдо бўлди. Буларнинг барчаси Аллоҳнинг менга берган марҳамати, десам адашмаган бўламан.

Борингизга шукр! Барчангизни ғойибона ҳурмат қиламан.


👉 @xushnudbek 👈

544 comments

Show 100 more comments
Baxtiyorjon
Omad yor bo‘lsin do‘stim.Biz har doim Siz.bilan.Alloh panohida bo‘ling
Ishonchli ma'lumotlarni asosli qilib yuborasiz.Sizga katta rahmat!
Ishlaringizga omad tilaymiz👍👍👍👍
Gulnoz Uzoqovna
Xushnudbek o`g`lim, men faqat sizning kanalingizdagi rasmiy xabarlarga ishonaman.Ishlaringizga omad tilayman.Biz siz bilan!!!
Йолдошова с
Zor omad tilab qolaman sizi darajangizga bizni xam etzasn 🤲🤲🤲
Kanalizga 50mingta obunachiz bor edi,a'zo bo‘lganimda. Endi esa... Ko‘z tegmasin...
Xaqiqatdan, kanaliga gapyo‘q!
Ideal insonsiz, Alloh omad va muvaffaqiyat beraversin👏
Assalom alaykum Xushnudbek aka! Men kanalingizga yaqindagina a'zo bo'lganman. Ammo qiziqishim ortib bormoqda. Ishingizga muvaffaqqiyatlar tilayman!
Haqiqatda, eng ishonchli, foydali kanallardan biri, ayniqsa abituriyent va talabalar uchun! Boshqa toifa a'zolarni ham hisobga olgan holda, qisqa-qisqa yuridik maslahatlar yoki qonunchilik yoxud fuqaro va xodimlarning haq-haquqlari haqida ma'lumotlar berib borsangiz yaxshi bo'lardi. Chunki, kanalingizdagi xabarni oddiy odam ham, rahbar ham, o'qituvchi, shifokor, shofyor, mijoz, kasalmand, davlat xizmatchilari, turli tekshruvchilar... hamma o'qiydi va albatta foydasi tegadi. Ko'proq qatlamning huquqiy savodxonligi oshadi va h.k.
Iwlaringizga omad Allohni panohda bolin
Assalomu alaykum ijodizga omad shunday davom eting
Insha Alloh sizzi darajayizga yetishish bizgaxam nasib qilsin.amin
Яхшимисиз ғойибона иним бўлиб қолган Ҳушнудбек.Аллоҳ илмингизни зиёда қилсин.Аллоҳ рози бўлсин.Энг яхши тилаклар сизга ва оилангизга бўлсин.....💐💐💐💐💐канализни таваллуд куни билан табриклайман.Бардавом бўлсин илоҳим.
Sizga omad tilayman, Sizni kanalingizni muntazam kuzatib borish bilan birgalikda o'zimni ma'naviy, huquqiy, dunyoviy savodxonligimni oshirib boraman. Olloh ilmingizni ziyoda qilsin, Sizdan mamnunman. Rasmiy xabarlar faqat Sizni kanalizda chiqqanida ishonaman, Bizga to'g'ri yo'l-yo'riq ko'rsatishda charchamang.
Kerakli ma'lumotlar kerakli vaqtda har doim. Charchamang 👏👏👏
Omadingizni bersin,eng ishonchli ma'lumotlar sizda bo‘ladi deb ishonaman
Assalomu alaykum aka kanaligizga gap yõq omadingizni bersin!
Ishlariz zor. Doim bilim betasiz bizga. Men obunachilariz 50 mingtaga yetganini esleman 😁😁( 50 ming somlik pulni rasmini qoygandiz oshanda. Keyin 100 mingga yetganda 100 ming somlikni )
Muzaffar Pulatov
Ishlaringizga bugungi kundanda yorqinroq muvaffaqqiyatlar tiliyman. Yuqoridagi odam togri etibdilar rostan ham birir bir xabar kelsa "Xushnudbekdan kelibdi" desakgina ishonamiz.
Show next 100 comments