Роппа-роса 4 йил олдин @xushnudbek каналида илк пост қолдирилган эди. 4 йил ичида каналда 14 мингдан ошиқ постлар эълон қилинди (форвардлари билан). Бугунги кунда обуначилар сони 418 мингдан кўпроқни ташкил қилмоқда.

Умуман олганда канал менга кўп нарса ўргатди, тарбиялади. Турли кутилган ва кутилмаган савдоларни бошимга солди, қувончли ва баъзан дилни хира қилувчи вазиятларни туҳфа қилди. Масъулиятли бўлишга, маълумотларни қайта ва қайта текшириш, шошмашошарлик қилмасликка, ўз устимда тинимсиз ишлашга ўргатди.

Энг асосийси каналим менга Сизлардек қадрдон инсонларни берди. Ўзбекистон ва хориждаги турли нуқталардан мени кузатиб, фикрларимга муносабатлар берадиган, хурсандчилик кунларимда мен билан бирга қувонадиган, баъзан мен учун қайғурадиган, хато қилган пайтларим танқид қилиб, тўғри йўлга бошлайдиган 400 мингдан ошиқ азиз ва самимий яқинларим пайдо бўлди. Буларнинг барчаси Аллоҳнинг менга берган марҳамати, десам адашмаган бўламан.

Борингизга шукр! Барчангизни ғойибона ҳурмат қиламан.


👉 @xushnudbek 👈

544 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum, Xushnudbek aka szga ham rahmat, ushbu kanal boshqa rasmiy kanallarga nisbatan aniqligi bn ham ajralib turadi. Kelajakdagi ishlarizga omad ))
ASSALOMU ALAYKUM AKA YAXSHIMISIZ AKA ENG ISHONCHLI VA ZO'R MA'LUMOTLARNI SIZNI KANALIZDAN OLAMIZ HAMMAMIZ QACHON YANGILIK SIZNING KANALIŹDA CHIQQAN TAQDIRDA BU YANGILİK FAKE EMASLIGIGA ISHONAMIZ
Orifjon Safarov
Ishlaringizga omad, Xushnudbek, sizni yurtimizdagi obro‘li va ziyoli insonlardan deb bilaman. Va uncha-muncha insonlarga o‘rnak bo‘lsangiz arziydi.
AKA SHOGIRDLIKKA OLASIZMI
Assalom Xushnud aka yaxshimisiz avvalam bor kanalizdagi malumotlar ishonchli ekanligidan qoʻrqmay tanishlarimga tavsiya eta olaman biror baxs munozarali malumot bulsa darrov kanalizga poisk berib uzimni tugʻri ekanligimni isbotlay olaman qoʻrqmasdan kanalizni tavsiya etaman ishlarizga rivoj va omad tilayman doim ishlaringizda bardavom va faol boʻling omad sizga
Ra'noxon Saidova
Assalomu alaykum Xushnudbek aka menga yordamida kerak .kecha tashlagan firibgarlar xaridagi xabarizdegilar mani plastigimdegi pulni yechib oldi iltimos 🙏🙏🙏 yordam bering.sizga qande bogʻlanishni bilmayapman
Kanalizdan kop narsani organib oldim raxmat
Zo'r shunday davom etish kerak
Sanjar Shamsiyev
Assalomu alaykum Xushnidjon Suzni Zakovatda uynaganingizdan buyon taniyman zizga xavas qilaman.
Bilim va odobingiz, intiluvchan xarakatchanligingiz , menga yoqadi,
Guruch kurmaksiz bo'lmaydi deganlaridek ko'rolmaydigan insonlar xam oramizda bor etibor bermang .
Zizni bundanda yuqori marralarda kutib qolamiz. UMRA ZIYORATI muborak bo'lsin
"Saroy blogeri" boldim - degan gap qop ketibdi postda.
Oldinlari sal bosayam o'tkir masalani opchiqardi xozir nomi qoldi xolos.
- Xaloyiq Xushnudbek qanaqa blegeridi?
A L E K .........
Xushnudbek. Ogo .malades. iwlaringiza omad. Xivadan salom.
Reklamalar ham esdan chiqmasin😁
JAVLON ERGASHOVICH
Assalomu alaykum Xushnud aka yaxshimisiz sizga anchadan buyon yozaman deb ilojini qilolmayotgandim Zakovatni kuzatib boraman Qatnashmoqchi edim kimga murojat qilishim kerak
Assalomu alaykum Xushnudbek aka
Doim xalqimizga adolatli xizmat qilishdan charchamang!.
Eshankulova Zilola
Хушнудбек.яхшимисиз.ишларингизга омад.чарчаманг.энг тугри.энг актуал.малумотларни сизни телеграм каналингиздан оламан.обуна булганимдан хурсандман.борингизга шукур.иллохим 100 ларга кириб юринг.барча ишларингизга омад тилайман.
Baxtigul Temirbekova
Assalomu aleykum. Bugungi kunni tug‘ilgan kun desak ham bo‘lar ekanda! Barcha samimiy niyatlarga qo‘shilgan holda, sizga katta rahmat aytmoqchiman. Chunki, O‘zbekistondagi eng qaynoq va eng ishonchli yangiliklarni bizga "ilinib" yurasiz. Ishlaringozga rivoj. Sog‘ bo‘ling!!!
Uchqo'rg'onga keling.Qulupnay sayliga.Mexmon qilamiz.
Razzoqberdiyev Qodirali
Sizning ushbu bir necha yillar oldin boshlagan hayrli ishingiz bugungi kunda xalqimining huquqiy, siyosiy bilimlarini oshirishga yordam berib kelmoqda. Sizga o‘xshagan zamon bilan hamnafas, ziyoli yoshlarimiz ko‘payaversin.Izlanishdan, xalqqa hizmat qilishdan charchamang.
Хушнудбек сизга бўлган хурматим чексиз.Шахсиятингизни хавас қиламан.Салохиятингиз билан хали кўп чўққиларни эгаллашингизга ишонаман.Хар бир бахтли онани фарзанди камида сиздек бўлишини истардим.Омадингизни берсин Оллохим.
Show next 100 comments