Роппа-роса 4 йил олдин @xushnudbek каналида илк пост қолдирилган эди. 4 йил ичида каналда 14 мингдан ошиқ постлар эълон қилинди (форвардлари билан). Бугунги кунда обуначилар сони 418 мингдан кўпроқни ташкил қилмоқда.

Умуман олганда канал менга кўп нарса ўргатди, тарбиялади. Турли кутилган ва кутилмаган савдоларни бошимга солди, қувончли ва баъзан дилни хира қилувчи вазиятларни туҳфа қилди. Масъулиятли бўлишга, маълумотларни қайта ва қайта текшириш, шошмашошарлик қилмасликка, ўз устимда тинимсиз ишлашга ўргатди.

Энг асосийси каналим менга Сизлардек қадрдон инсонларни берди. Ўзбекистон ва хориждаги турли нуқталардан мени кузатиб, фикрларимга муносабатлар берадиган, хурсандчилик кунларимда мен билан бирга қувонадиган, баъзан мен учун қайғурадиган, хато қилган пайтларим танқид қилиб, тўғри йўлга бошлайдиган 400 мингдан ошиқ азиз ва самимий яқинларим пайдо бўлди. Буларнинг барчаси Аллоҳнинг менга берган марҳамати, десам адашмаган бўламан.

Борингизга шукр! Барчангизни ғойибона ҳурмат қиламан.


👉 @xushnudbek 👈

544 comments

Show 100 more comments
Nigora
Бирор нарсани билмоқчи бўлсам Хушнудбек иним ёздимикан деб ўйлайман. Мен сизни укам деганман. Хурматим чексиз. Аллохни панохида бўлинг доимо❤️❤️❤️❤️
Feruza
Assalomu alaykum Xushnudjon kanalga ulanganimga ancha buldi har doim kuzatib boraman boshqa tanishlarimga ham ulanishni tavsiya qilaman chunki boshqa kanallarga nisbatan ishonarli olloh kych quvvat bersin charchamang sizga bir iltimosim bor ichki perevog haqida malumot bersangiz bu yil qanday buladi qanaqa buladi va hokazo Qarshidan Feruza opa
Хушнудбек кандай узгаришлар ва янгиликлар булса факат сизни кузатаман. Хушнудбек чикарган барча маьлумотларга тулик ишонаман. Борингизга шукр.
......
Agar siz rost haqiqatni gapirishda davom etsayiz bundanda kupayadi men ham sizni haqiqatiz un qushilganman bu kanalga
Sherxon
Men rosa 4 ming bolganda kirgan edim
Nurbek Mamarasulov
Xushnudbek shu kanaldan qancha daromad topdiz reklama joylash pullikmi faqat vijdonan ayting bir vaqitlar reklama joylashga qiziqmayman demovdizmi boshqa kanaldan bironta xam post kuchirmaganmisiz
Beg'ubor
Assalomu alaykum qancha insonlarga foydangiz tegyapti,
Alloh rozi bo‘lsin!
Ishlaringizga omad!
Men ham malumotlarga faqat shu kanalda chiqsa ishonaman.Malumotlar albatta,ishonchlik chiqadi
PO‘LAT
Assalomu alaykum Yaxshimisiz Xushnudbek aka Allohimni uzi hardoim siz bilan bulsin aka omad
Шаҳобиддин Муртозаев Бахриддинович
ma‘lumotlar asoslimi yo‘qmi bilish uchun avvalo sizlarni kanalga qarayman.Hamisha asosli va to‘g‘ri xabarlar tarqatishda charchamanglar.Rahmat
PO‘LAT
Xushnudbek aka sizdan ozgina ranjigan joyim bor sizga qancha xabar qoldirib maslaxat suragan bulsam umumman javob olmagan man chunki Allohim sizni shu darajaga yetkazgani uchun sizdan bir maslaxat surab yozgan man yordam surab yozganimda ham mayli edi aka
Assalom aleykum Xushnud aka ishlarizga omad
Har bir holatga kengfikrlik bn javob berasiz. Yangiliklar ustida ishlashiz juda tez
Rahmat
ISMAILOV SHERZODBEK
Хайрли ишларда бардавом килсин. РАХМАТ.
Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha) Karsu.uz 5240100.
Xushnudbek xalq ta'limi tizimidagi muammolarni xam yoritib borsangiz yaxshi bo'lar edi
Mannonov G'
Assalomu alaykum Xushnudbek aka. Doim sizni kuzatib boraman. Sizga sog‘liq salomatlik tilayman. Xayrli ishlaringiz bardavom bo‘lsin...
Nurbek Mamarasulov
Nima uchun xamma postizga izohlarni ochib quymaysiz javob bering izohlarni o'qiyabsizmi?
Анора Бобомуродова
Ассалому алайкум, Сизни ва оила аъзоларингизни оллох панохида асрасин, илохим
Foydali ma'lumotlarni uzatishdan charchamang.
Omad sizni yaxshi kuramiz
Ilgari foydali postlar ko‘p bo‘lar edi. Hozir esa Xushnudbek zamonga moslashgandek ko‘rinadi. Yaqinda OTM larga kirish uchun fanlar majmuasi e'lon qilindi va ona tili va adabiyoti yo‘nalishida tarix fani olib tashlandi.

Yuridik sohaga huquqdan test tuziladi deyildi-yu lekin DTM haliyam telefon qilib so‘rasak, tarix o‘qiyver deydi.

Mana shunaqa muammolar bo‘yicha ilgari Xushnudbek kanalidan ko‘p yangiliklar olib taskin topardik. Hozir allambalo xabarlarga to‘lib ketdi.
Mashaalloh Alloh rozi boʻlsin sizdan @xushnudbek
Show next 85 comments