Роппа-роса 4 йил олдин @xushnudbek каналида илк пост қолдирилган эди. 4 йил ичида каналда 14 мингдан ошиқ постлар эълон қилинди (форвардлари билан). Бугунги кунда обуначилар сони 418 мингдан кўпроқни ташкил қилмоқда.

Умуман олганда канал менга кўп нарса ўргатди, тарбиялади. Турли кутилган ва кутилмаган савдоларни бошимга солди, қувончли ва баъзан дилни хира қилувчи вазиятларни туҳфа қилди. Масъулиятли бўлишга, маълумотларни қайта ва қайта текшириш, шошмашошарлик қилмасликка, ўз устимда тинимсиз ишлашга ўргатди.

Энг асосийси каналим менга Сизлардек қадрдон инсонларни берди. Ўзбекистон ва хориждаги турли нуқталардан мени кузатиб, фикрларимга муносабатлар берадиган, хурсандчилик кунларимда мен билан бирга қувонадиган, баъзан мен учун қайғурадиган, хато қилган пайтларим танқид қилиб, тўғри йўлга бошлайдиган 400 мингдан ошиқ азиз ва самимий яқинларим пайдо бўлди. Буларнинг барчаси Аллоҳнинг менга берган марҳамати, десам адашмаган бўламан.

Борингизга шукр! Барчангизни ғойибона ҳурмат қиламан.


👉 @xushnudbek 👈

544 comments

Show 100 more comments
Шаҳобиддин Муртозаев Бахриддинович
ma‘lumotlar asoslimi yo‘qmi bilish uchun avvalo sizlarni kanalga qarayman.Hamisha asosli va to‘g‘ri xabarlar tarqatishda charchamanglar.Rahmat
PO‘LAT
Xushnudbek aka sizdan ozgina ranjigan joyim bor sizga qancha xabar qoldirib maslaxat suragan bulsam umumman javob olmagan man chunki Allohim sizni shu darajaga yetkazgani uchun sizdan bir maslaxat surab yozgan man yordam surab yozganimda ham mayli edi aka
Assalom aleykum Xushnud aka ishlarizga omad
Har bir holatga kengfikrlik bn javob berasiz. Yangiliklar ustida ishlashiz juda tez
Rahmat
ISMAILOV SHERZODBEK
Хайрли ишларда бардавом килсин. РАХМАТ.
Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha) Karsu.uz 5240100.
Xushnudbek xalq ta'limi tizimidagi muammolarni xam yoritib borsangiz yaxshi bo'lar edi
Mannonov G'
Assalomu alaykum Xushnudbek aka. Doim sizni kuzatib boraman. Sizga sog‘liq salomatlik tilayman. Xayrli ishlaringiz bardavom bo‘lsin...
Nurbek Mamarasulov
Nima uchun xamma postizga izohlarni ochib quymaysiz javob bering izohlarni o'qiyabsizmi?
Анора Бобомуродова
Ассалому алайкум, Сизни ва оила аъзоларингизни оллох панохида асрасин, илохим
Foydali ma'lumotlarni uzatishdan charchamang.
Omad sizni yaxshi kuramiz
Ilgari foydali postlar ko‘p bo‘lar edi. Hozir esa Xushnudbek zamonga moslashgandek ko‘rinadi. Yaqinda OTM larga kirish uchun fanlar majmuasi e'lon qilindi va ona tili va adabiyoti yo‘nalishida tarix fani olib tashlandi.

Yuridik sohaga huquqdan test tuziladi deyildi-yu lekin DTM haliyam telefon qilib so‘rasak, tarix o‘qiyver deydi.

Mana shunaqa muammolar bo‘yicha ilgari Xushnudbek kanalidan ko‘p yangiliklar olib taskin topardik. Hozir allambalo xabarlarga to‘lib ketdi.
Mashaalloh Alloh rozi boʻlsin sizdan @xushnudbek
Каналга ижодларизга омад.шу 4йилдан буйон канализни кузатаман.хар бир янгилик хабарларни сизни канализдаям булсагина ишонаман тури хабар эканлигига,рахмат боризга шукур
Бу йил таьлимга булган ,талабаларга алокадор маьлумотларни бериб боришизни кутиб коламиз
Assalomu alaykum Xushnudbek Xudayberdiyev. Ishlarizga omad tilayman. Sizdan iltimos 1- apreldan nogiron farzand boquvchilariga beriladigan yordam puli haqida maʼlumot bersangiz. Bu qonun kuchga kirdimi. Pul toʻlash boshlandimi. Javobingizni kutib qolaman. Oldindan raxmat.
Yulduz Safarova
Assalomu alaykum ishlaringizga omad tilayman,doim muhim maʼlumotlar berib borilmoqda
Ассалому алайкум! Каналингтзда ички перевод хакида хам маълумот беринг.
Mamajonova E.
Ишларингизга омад.
Toxir Nurmatov
Ishlarizga omad
Baxrillo Xoldorov
Assalomu alaykum Xushnudbek aka men kecha shanba kuni plastik dan 400ming so'm pulni o‘g‘irlatib qo'ydim 1-martdan bola puli beriladi 650mingdan deganiga plastik kartani raqamini kiritgandim,yaqinda sizda bu yolg'on habar deb post qolgandi ,qayerga murojaat qilsam bo‘ladi ,pulni qaytara olamanmi,javob un raxmat
Elnoza Lutfullayevna
Assalomu alaykum VA rahmatullohi VA barakotuh hayrli kun Alloh rozi bòlsin szdan. 1 oy nafas olmay kutgan kunim mandat chiqishini ham siz aytgan ediz.ilk bor.Ishlarezga omad.Zemlyakligimdan faxrlanaman
Show next 76 comments