❗️Абитуриентлар ва уларнинг ота-оналари диққатига!

Бугун қабул жараёнларининг сўнгги куни бўлгани учун, соат 20:30 да каналимиз орқали навбатдан ташқари овозли чатни ташкил қиламиз.

🎙Мавзу: Қабул-2021!

Бугун бирор чақирилган меҳмонимиз йўқ. Шунчаки йиғилиб қолган кўплаб саволларга ўзим билимим етганича жавоб беришга ҳаракат қиламан.

Ушбу пост остига ўзингизни қизиқтирган саволларни ёзиб қолдиринг, қабул жараёнларига оид барча саволларга бирма-бир ўқиб, жавоб беришга ҳаракат қиламан. Саволингиз охирида исм-фамилиянгизни ёзиб қолдирсангиз, янада яхши бўлар эди.


👉 @xushnudbek 👈

2679 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum. Bir o’quvchim ruscha fakuktetga topshirgan. Kiril alifbosini belgilaganiga qaramay lotin alifbosida test topshiradi deb chiqyapti.
Assalom aleykum, Xushnudbek aka ikkinchi mutaxasislikka sirtqiga topshirsa bo'ladimi
Assalomu alaykum Meni savolim xorijdan oqishni kochirish boyicha. O'sh davlat universiterida ingliz tili va adabiyoti yo'nalishida taxsil oldim va hozir Andijon davlat universitetiga o'qishni ko'chirib o'tmoqchiman. Bilamizki O'shDU da qirgiz yoki rus tilida taxsil olishni tanlash kerak. Biz rus tilida o'qiganmiz. Shunda imtihonda belgilamgan fanlardan imtihon topshirsak inyaz uchun ingliz tili va ona tilidan test topshiramizmi yoki ingliz tili va rus tilidan topshiramizmi? Ya'ni yevro potokga perevod bo'lamizmi? Iltimos shunga aniqlik kiritib bering. Sarvinoz Odiljonova
Assalomu alaykum Xorijdan o'qishni ko'chirish bo'yicha savolim bor.O'tish ballari qachon e'lon qilinadi?
Zarina Sattorova
Assalomalekum. Savolim shundan iboratki, man 5ta yònalishga hujjat topshirdim. Shulardan 3- yoki 4- siga òqishga kirsam 1-topshirgan yònalishimga super kontrakt tòlab òqiy olamanmi javob uchun raxmat Farxodov Sardor Toshkent
Assalomu Aleykum (ISLOM AKADEMIYASI) IJODIY IMTIHON haqida taxminiy otqazilish sanalarimi yoki ijodiy imtihon otgan yiligiga oxshab test ozgartirilish ehtimoli haqidaham gapiring HOSIL OLIMJONOV javob uchun oldindan rahmat Alloh rozi bolsin
Assalomu alaykum. Hujjat topshirib bo'lgandan keyin tanlagan yo'nalishini o'zrgartirishni iloji bormi. Rahmat
Assalomu alaykum. Savollar soni qisqartirilishi ehtimoli qanchalik darajada yuqori? Birdaniga savollar soni kamayib ketsa insofdan boladimi? Javob uchun rahmat.
Assalom aleykum imtihonlar aniq qachondan boshlanadi savollar kamayadi deyishyapti bunda majburiy blokdagi savollar qisqaradimi yoki Asosiy mutaxassislik fanlari Asrorova Dilsora
Keyin imtihon qachon bolishini qachon bilsak boladi
Assalomu alaykum Xushnud aka. Qabul bo'yicha bir savol juda o'ylantiryapti. O'tgan yillarda maksimum ball 189 ball bo'lgan va shunga mos tarzda "Grant o'tish bali" 68 ball, "Kontrakt o'tish bali" 56,7 ball ya'ni maksimum ballni 30 foizi edi. Hozirda maksimum ball 280,5 ballga o'zgardi. Grant va kontrakt o'tish ball chegaralari necha balldan bo'ladi? Bunga oydinlik kiritib bersangiz.

Savol muallifi: Adhamjon Mamadiyorov
Assalomu aleykum meni xozirda talabaman oldin aytganizday talabalar ham o'qishga topshirishlari ham mumkin ekan agarda bu yil ham o'qishga kirsam hozir o'qiyotgan yo'nalishimdan akademik tatil olib yangi kirgan o'qishimga o'qisam bo'ladimi.
Akbarov Muzaffar.
Javob uchun oldindan raxmat.
Sevara
Assalomu aleykum ingliz tili va ona tili adabiyot ped institutlari ballarini aytsangiz
Assalomu aleykum.
Nima uchun bu yil o'tkan yilgiga nisbatan kam abituriyent hujjat topshirdi?
Dilshod Ro'zimurodov Qashqadaryodan
Assalomu alaykum. TDYU magistrlikka hujjat topshirgan edim. Hujjatlarim o'tgan yoki o'tmaganligini qanday bilsam bo'ladi? Hujjat topshirish platformasida bunaqa joy berilmagan, hujjat qabul qilindi yoki qilinmadi degan havola chiqmaydi. Javob uchun oldindan rahmat. MIRJONOV MAXMUR
Ассалому алайкум. Саволим 2-мутахасисликга оид. 2-мутахасислик сифатида божхона институти ёки бошка харбий олийгохларга топширса буладими. Ва 2-мутахасислик учун кабул качон бошланади шу билан бирга сиртки шаклини танласахам буладими. Жавобингиз учун олдиндан рахмат. Маматкодиров Абдукодир
Assalomu alaykum.
Ikkinchi mutaxasislikka topshirish uchun diplomni asli kerak buladimi.
Men davlat giranti asasida uqiganman.

2 chi savolim magistiga tooshirsam uzimni soxam buyicha tooshirishim kerakmi uzim xoxlaganimgami.
Javob uchun oldindan raxmat
Karantin sababli Test savollari qisqartiriladi deb aytilgan edi tasdiqlandimi shu
Ulugʻbek
Nima uchun davlat test markazi tomonidan tasdiqlangan milliy sertifikatni juriylar sotdi davlat bunga jim qarab turibdi o'sha olgan bolalarni kompyuterdan nazorat qilsin o'yin bo'layotganini keyin biladi o'qigan bolalar qolib o'qimaganlar olyapti
Show next 100 comments