❗️Абитуриентлар ва уларнинг ота-оналари диққатига!

Бугун қабул жараёнларининг сўнгги куни бўлгани учун, соат 20:30 да каналимиз орқали навбатдан ташқари овозли чатни ташкил қиламиз.

🎙Мавзу: Қабул-2021!

Бугун бирор чақирилган меҳмонимиз йўқ. Шунчаки йиғилиб қолган кўплаб саволларга ўзим билимим етганича жавоб беришга ҳаракат қиламан.

Ушбу пост остига ўзингизни қизиқтирган саволларни ёзиб қолдиринг, қабул жараёнларига оид барча саволларга бирма-бир ўқиб, жавоб беришга ҳаракат қиламан. Саволингиз охирида исм-фамилиянгизни ёзиб қолдирсангиз, янада яхши бўлар эди.


👉 @xushnudbek 👈

2679 comments

Show 100 more comments
Assalom aleykum imtihonlar aniq qachondan boshlanadi savollar kamayadi deyishyapti bunda majburiy blokdagi savollar qisqaradimi yoki Asosiy mutaxassislik fanlari Asrorova Dilsora
Keyin imtihon qachon bolishini qachon bilsak boladi
Assalomu alaykum Xushnud aka. Qabul bo'yicha bir savol juda o'ylantiryapti. O'tgan yillarda maksimum ball 189 ball bo'lgan va shunga mos tarzda "Grant o'tish bali" 68 ball, "Kontrakt o'tish bali" 56,7 ball ya'ni maksimum ballni 30 foizi edi. Hozirda maksimum ball 280,5 ballga o'zgardi. Grant va kontrakt o'tish ball chegaralari necha balldan bo'ladi? Bunga oydinlik kiritib bersangiz.

Savol muallifi: Adhamjon Mamadiyorov
Assalomu aleykum meni xozirda talabaman oldin aytganizday talabalar ham o'qishga topshirishlari ham mumkin ekan agarda bu yil ham o'qishga kirsam hozir o'qiyotgan yo'nalishimdan akademik tatil olib yangi kirgan o'qishimga o'qisam bo'ladimi.
Akbarov Muzaffar.
Javob uchun oldindan raxmat.
Sevara
Assalomu aleykum ingliz tili va ona tili adabiyot ped institutlari ballarini aytsangiz
Assalomu aleykum.
Nima uchun bu yil o'tkan yilgiga nisbatan kam abituriyent hujjat topshirdi?
Dilshod Ro'zimurodov Qashqadaryodan
Assalomu alaykum. TDYU magistrlikka hujjat topshirgan edim. Hujjatlarim o'tgan yoki o'tmaganligini qanday bilsam bo'ladi? Hujjat topshirish platformasida bunaqa joy berilmagan, hujjat qabul qilindi yoki qilinmadi degan havola chiqmaydi. Javob uchun oldindan rahmat. MIRJONOV MAXMUR
Ассалому алайкум. Саволим 2-мутахасисликга оид. 2-мутахасислик сифатида божхона институти ёки бошка харбий олийгохларга топширса буладими. Ва 2-мутахасислик учун кабул качон бошланади шу билан бирга сиртки шаклини танласахам буладими. Жавобингиз учун олдиндан рахмат. Маматкодиров Абдукодир
Assalomu alaykum.
Ikkinchi mutaxasislikka topshirish uchun diplomni asli kerak buladimi.
Men davlat giranti asasida uqiganman.

2 chi savolim magistiga tooshirsam uzimni soxam buyicha tooshirishim kerakmi uzim xoxlaganimgami.
Javob uchun oldindan raxmat
Karantin sababli Test savollari qisqartiriladi deb aytilgan edi tasdiqlandimi shu
Ulugʻbek
Nima uchun davlat test markazi tomonidan tasdiqlangan milliy sertifikatni juriylar sotdi davlat bunga jim qarab turibdi o'sha olgan bolalarni kompyuterdan nazorat qilsin o'yin bo'layotganini keyin biladi o'qigan bolalar qolib o'qimaganlar olyapti
Assalomu alaykum. COVID-19 sabali har kun antirekordlar qayd etilmoqda va DTM testlarni Avgust oyida o'tkazamiz deb rasmiy tarzda qaror qabul qildi. Kuniga minglab insonlar ichidan tabiiyki 2-3 ta abiturient bo'lishi tayin va ana shu abiturientlar test imtihoni kuni kiritilmaydi. Davolangandan so'ng alohida test tashkil etilib beriladi. Biz abiturientlar 2 hafta mandatni kutaylikmi yo kasallar davolanib imtihon topshirib ularning javoblari ham tekshirilib bo'lgunicha 4 hafta kutaylikmi. Ayni shu vaqt ichida " nayrag va o'yinlar" bo'lmasligig kim kafolat beradi🙂
Assalomu alaykum
Ijodiy imtihonlar qachon boʻlishi kutilmoqda
Abduvaliyeva Dilbarxon
Assalomu alaykum Hushnudbek aka agar men vaksina olsam oʻrta maxsus islom bilim yurti (madrasa)ning ham kantraktining 10%i toʻlanadimi? Ergashev Rozimurod
Pervot buyicha savolim boridi bersam buladimi Asliddin
Assalomu alaykum. Men Toshkent Kimyo texnalogiya institutining Yog'lar efir moylari kasmetika va parfumeriya mahsulotlari texnalogiyasi yo'nalishining 1 kursni tamomladim. Kimyo va bialogiya fanlaridan imtihon topshirganman. Yashash joyim Andijon. Hozirda yashash joyimda men o'qiyotgan yonalishga mos va Turdosh yo'nalish yoq. Hozir men qaysi yonalishga bepul ko'chirishim mumkin. Qo'chqorova Gulzira
Nodir
Assalomu aleykum
Texnikumlarni bitirgan talabalar OTMga topshirsa qay tartibda suhbat tashkil etiladi ekan va qaysi fanlardan bo'ladi savol javoblar masalan Buxgalteriya hisobi vs audit yo'nalishi uchun javob uchun oldindan rahmat
Diamond Diamond
Assalomu alaykum. Ismim Davron. Surxondaryodanman. Savolim shuki oxirgi bosh vazir yig'ilishidan so'ng imtihon avgustda bo'ladi lekin savollar soni qisqarishi kutilyapti degan xabar tarqaldi. Bu qanchalik haqiqat. Oldingi yillari 36 dan 30 ga tushganda savollar soni yevropadan yangi qurilma olib kelindi deyilgandi. Agar savollar soni yana kamaysa yana qurilma yangilanadimi ? Bu juda bachkanalik emasmi ? Nega o'zgarishlarda yillab mehnat qiladigan o'quvchi va o'qituvchilarni fikri eshitilmaydida ko'r ko'rona har yili test tuzilishini o'zgartirish urfga kirdi? Iltimos atroflicha javob berishingizni so'rayman va shaxsiy fikringizni ham Xushnudbek!
Феруза
Тест имтихонларига киришда кийимга хеч канака чеклов юми? Ман румол урайман шуни назарда тутямман. Жавоб учун рахмат
Show next 100 comments