⚡️Ўзбекистонда 14 та тоифадаги фуқаролар коронавирусга қарши эмланиши шарт

Бу ҳақда бугунги Республика махсус комиссияси йиғилишида маълум қилинди.

Булар:

➖ аҳоли билан мулоқотга кирувчи хизмат кўрсатиш объектлари ходимлари (батафсил аудиода);
➖ барча турдаги савдо объектларининг ходимлари;
➖ спорт мактаблари ҳамда иншоотлари ходимлари;
➖ маданий ҳамда кўнгилочар объектлар, дам олиш масканлари ходимлари;
➖ меҳмонхона, уй меҳмонхонаси, хостел, отел, ётоқхона ва кемпинглар ходимлари;
➖ йўловчи ташиш билан шуғулланувчи давлат ва нодавлат ташкилотлар ходимлари;
➖ давлат ва нодавлат таълим муассасалари ходимлари;
➖ ҳарбий хизматчилар;
➖ умумий овқатланиш корхоналари ходимлари (батафсил аудиода);
➖ давлат ва нодавлат тиббиёт ва тиббий-ижтимоий объектлар ходимлари;
➖ коммунал хизмат ходимлари;
➖ алоқа ва телекоммуникация объектлари ходимлари;
➖ давлат ҳокимияти ва бошқаруви органлари ходимлари;
➖ ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар ходимлари.


👉 @xushnudbek 👈

393 comments

Show 100 more comments
Avazbek
Кани энди машиналарни хам танировка килиш шарт деб айтишса текинга,шунчалик халк учун кайгурадигон давлат дориларни хам арзонлатиб ку́йинглар.
Dr Neurologist
Chekka hududlarda ham Sputnik, AstraZeneca kabilar ham kelsin. Bitta Oʻzbek Xitoy bilan emlanyapti. Tanlov imkoniyati cheklangan bizda
Nasiba Madaminovna
Assalomu alaykum,Kasbiy-ijodiy imtihonlar qachon boshlanadi va qaysi internet saytida e'lon qilinadi?
Xushnudbek aka davlat imtihoniga hujjat topshirish bilan boģliq bir muammo bor.Iltimos shunga izoh bering. O'tgan yil ham imtihon topshirgandm.bu yil 2-marta imtihon topshirmoqchidim.Kecha Hujjat topshirvotgandm.ruyhatdan otdim.ammo menga 122,5ming sum tulov 1qilinadigan hisob raqam(kod) kelmadi.Qayta urinib kurdik.Lekin bundan foyda chiqmadi.Keyinroq bilsam bu muammo bir qancha avvalgi yil imtihon topshirganlarda ham ro'y beribdi.Qiziq.Nega kod kelmasligi mumkin.Izoh kutib qolaman.Oldindan rahmat
Nazarov Tohir
Covid boʻlganlarda imunitet hosil boʻlmidimi.yoki ular ham emlanadimi.
Nimaga kattala SPUTNIK V , qora xalq "ASTRA Zeneca" shu savolga javob beringlar! Xitoydan xato qilib katta miqdorda olinganiga xalq aybdormi? Astra zeneca foydasiz. Balki zararli. internetdan "отзыв" larini o'qing.
Qisqasi majburlashga haqqi yo‘q hech kimni, deputat aytdiku, noqonuniy deb, demak haqqi yo‘q
Majburiy emas deb asta asta xammani majburlaydi bular xech qaysi davlatda majburiy emas bu narsa lekin Uzbekistonda osmon musaffoligi uchun olasan xammang shu zaxarni.
Majburiy emlash inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga zid emasmi?
Vaksina zaxar emas. Emlansanglar boshqalarga virus yuqtirib ularni kasal qimaysilar. Kuniga 4 yoki 5 ta odam o'lyabdi, o'ylab kuringlar balki shu o'limdan bittasiga sizlar sababchi bo'lgandirsizlar, agar yuqtirmaganlaringizda balki vafot etmasmidi
Qon kasalliklari bn og'rigan insonlarni emlab bulmaydi deyabdiku xususan qoratalog'i olib tashlangan insonlarni trombasitlar ishlab chiqarish o'zgarib ketmasmikin,nima qilamiz endi biz ishlamaymizmi emlanmasak.
Sinov muddatidagi va JSST tasdiqlamagan bunaqa vaksina bilan emlanish majburiy boʻlgan boshqq normal davlatlarda bu holatda manashu 14 soha vakillari ish tashlagan boʻlardi va bunaqa axmoqona qaror bekor qilingan boʻlardi. Bu vaksinani odamni oʻldiradi degan mishmishlarni qoʻying, axir u sinov muddatida(bu avtomatik 34 mln aholi sinovchi quyoncha degani) vaksinani samaradorligi gumon holatda, u oʻzi koronavirusni oldini olabiladimi yoʻqmi degan savol turibti?
Nojoʻya taʼsir uchun kim javob beradi ishlab chiqaruvchi xitoy farmkomoaniyasimi, vostachi davlatmizmi, yoki vaksinani xizmat taqozosidan oʻtkazuvchi shifokorlarimizmi(katta ehtimol shunisi)? Davlat hech yoʻq shu savollarga javob bersin keyin xaqlda ishonch paydo boʻlsa oʻzi oladi
Xushnud aka Bizni komentariyalarni o'qiysizmi o'zi yo'qmi? Nega emlash majburiy? Bu o'z xohishimizga ko'ra bo'lishi keragu, nega biz qayerdagi sifatsiz Xitoy vaksinasini olishimiz kerak. Nima davlatning xalqqa nisbatan doimiy "xurmat-e'tiborimi" bu! O'sha Yuqorida turgan amaldorlaringizni ko'rib turibmiz, birortasi vaksina olayotgani yo'q. Hammasi Doimgidek xalqni "o'ylaydi".
Hamma ekanda 🤣🤣🤣🤣
Ey òzbegim
Бу вакцина covid19 ун чикканку хозир бошкача турлари бн касалланишяпти касаллар таъсир килишидан кура килмаслиги аникрогку
Normatov Erkin
Shuncha kishini emlash uchun yetarli vaksina bormikan. Agar bo'lmasa bu yerda ham korrupsiya boshlanadiku
OQILA
Virus Xitoy labaratoriyasida ishlab chiqildi. Yana da'vo vositasi ham Xitoydan...mantiq nimada???Qur'onni oyoq osti qilgan bu do'zzaxi millat nahotku musulmonlarning sog'ligini uylasa...
Normatov Erkin
OQILA
Virus Xitoy labaratoriyasida ishlab chiqildi. Yana da'vo vositasi ham Xitoydan...mantiq nimada???Qur'onni oyoq osti qilgan bu do'zzaxi millat nahotku musulmonlarning sog'ligini uylasa...
Butun bir millat haqida bunday deyishingiz yaxshi emas. Bizda shundoq ham hammayoq kitayskiy bo'lib yotibdiku. Virus xitoyda tayyorlangani isbotlangani yo'q.
Show next 78 comments