⚡️Ўзбекистонда 14 та тоифадаги фуқаролар коронавирусга қарши эмланиши шарт

Бу ҳақда бугунги Республика махсус комиссияси йиғилишида маълум қилинди.

Булар:

➖ аҳоли билан мулоқотга кирувчи хизмат кўрсатиш объектлари ходимлари (батафсил аудиода);
➖ барча турдаги савдо объектларининг ходимлари;
➖ спорт мактаблари ҳамда иншоотлари ходимлари;
➖ маданий ҳамда кўнгилочар объектлар, дам олиш масканлари ходимлари;
➖ меҳмонхона, уй меҳмонхонаси, хостел, отел, ётоқхона ва кемпинглар ходимлари;
➖ йўловчи ташиш билан шуғулланувчи давлат ва нодавлат ташкилотлар ходимлари;
➖ давлат ва нодавлат таълим муассасалари ходимлари;
➖ ҳарбий хизматчилар;
➖ умумий овқатланиш корхоналари ходимлари (батафсил аудиода);
➖ давлат ва нодавлат тиббиёт ва тиббий-ижтимоий объектлар ходимлари;
➖ коммунал хизмат ходимлари;
➖ алоқа ва телекоммуникация объектлари ходимлари;
➖ давлат ҳокимияти ва бошқаруви органлари ходимлари;
➖ ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар ходимлари.


👉 @xushnudbek 👈

393 comments

Show 100 more comments
Sinov muddatidagi va JSST tasdiqlamagan bunaqa vaksina bilan emlanish majburiy boʻlgan boshqq normal davlatlarda bu holatda manashu 14 soha vakillari ish tashlagan boʻlardi va bunaqa axmoqona qaror bekor qilingan boʻlardi. Bu vaksinani odamni oʻldiradi degan mishmishlarni qoʻying, axir u sinov muddatida(bu avtomatik 34 mln aholi sinovchi quyoncha degani) vaksinani samaradorligi gumon holatda, u oʻzi koronavirusni oldini olabiladimi yoʻqmi degan savol turibti?
Nojoʻya taʼsir uchun kim javob beradi ishlab chiqaruvchi xitoy farmkomoaniyasimi, vostachi davlatmizmi, yoki vaksinani xizmat taqozosidan oʻtkazuvchi shifokorlarimizmi(katta ehtimol shunisi)? Davlat hech yoʻq shu savollarga javob bersin keyin xaqlda ishonch paydo boʻlsa oʻzi oladi
Xushnud aka Bizni komentariyalarni o'qiysizmi o'zi yo'qmi? Nega emlash majburiy? Bu o'z xohishimizga ko'ra bo'lishi keragu, nega biz qayerdagi sifatsiz Xitoy vaksinasini olishimiz kerak. Nima davlatning xalqqa nisbatan doimiy "xurmat-e'tiborimi" bu! O'sha Yuqorida turgan amaldorlaringizni ko'rib turibmiz, birortasi vaksina olayotgani yo'q. Hammasi Doimgidek xalqni "o'ylaydi".
Hamma ekanda 🤣🤣🤣🤣
Ey òzbegim
Бу вакцина covid19 ун чикканку хозир бошкача турлари бн касалланишяпти касаллар таъсир килишидан кура килмаслиги аникрогку
Normatov Erkin
Shuncha kishini emlash uchun yetarli vaksina bormikan. Agar bo'lmasa bu yerda ham korrupsiya boshlanadiku
OQILA
Virus Xitoy labaratoriyasida ishlab chiqildi. Yana da'vo vositasi ham Xitoydan...mantiq nimada???Qur'onni oyoq osti qilgan bu do'zzaxi millat nahotku musulmonlarning sog'ligini uylasa...
Normatov Erkin
OQILA
Virus Xitoy labaratoriyasida ishlab chiqildi. Yana da'vo vositasi ham Xitoydan...mantiq nimada???Qur'onni oyoq osti qilgan bu do'zzaxi millat nahotku musulmonlarning sog'ligini uylasa...
Butun bir millat haqida bunday deyishingiz yaxshi emas. Bizda shundoq ham hammayoq kitayskiy bo'lib yotibdiku. Virus xitoyda tayyorlangani isbotlangani yo'q.
San’atkorlar chi?
Ular ham xalq ichida yurishadiku köpincha
Hammani o'zi avvaldan boshinnan majburiy qilish kerak edi qonunga ham o'zgartirish kerak aslinda. Oliy majlis qonunchilik palatasinda birisi qonunchilikda bunday gap yo'q deb o'tirib aholini kallasini buzib o'tiribdi. Dim qonunni biladigan kishi bo'lib. Emlashga bo'lgannan keyin hamma tengina emlanish karak aslinda.
Toifa ajratmasdan avval boshidan emlash kerak edi. Men olib bo'ldim emlashini yuqorida yozganlar diqqatiga hech qanday nojo'ya tasiri yuq.
Yaxshiham bizga emas ekan
ASROR KHAN
Emlanish bu - bola dunyoga kelgandan boshlab, bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinadigan protsess. Hozirgi kundagi dolzarb masala bo'lib turgan navbatdagi emlanishda imkon qadar ko'ngilni hotirjamlikka qo'yish kerak.
Bobur.
Hamma bir kun kelib vaksina olishi shart bu aniq. Lekin negadir yuqorida utirganlar vaksina olganini soxtalashtirib kursatishyapdi shunga biror kishi javob bera oladimi. Agar ular vaksinaga ishonishmasa oddiy xalq qanday ishonishsin. Xalqni ishonchsizligi shularninig soxta rasmlaridan kelib chiqyapdiku.
Vaksina olish kerak faqat 2 yildan keyin😆
OQILA
Shaxsiy fikrlar minbari bu maydon
Ravshan Ro‘zmetov
Òzi bizda hamma narsa majburiy oddiy xalq uchun buni hayratlanarli joyi yòq.inson huquqlariga kelganda ham shunday.
OQILA
Vaksina - bu tanaga ma'lum miqdorda kasallik dozasini yuborish va organizmni shu kasallik hujumiga tayyorlash...
Karantin kuchaysa savodsiz qolsa ham talabalarni onleni darsga yuborishadi, vaholanki, Òzbekistonda aloqa svyazi juda qoniqarsiz, sust axvolda, nega endi emlashga kelganda birov talabalarni eslamayapti
OQILA
Dozani ko'tarolmaydigan organizmlar bor,balki shu u.n majburiy qilolmas, 14 turdagi yo'nalish majburiy emlanadi degan qaror ham ehtimol kuchini yo'qotadi.
Albatta bu shaxsiy fikrim: Men faqat Rossiya dozasiga ishonaman bu millat mahsuloti doim toza bo'lgan,ammo Xitoy mahsuloti sifatsizligi bilan dunyoga mashhur,medisinasiga kim kafolat bera oladi???
Show next 65 comments