⚡️Ўзбекистонда 14 та тоифадаги фуқаролар коронавирусга қарши эмланиши шарт

Бу ҳақда бугунги Республика махсус комиссияси йиғилишида маълум қилинди.

Булар:

➖ аҳоли билан мулоқотга кирувчи хизмат кўрсатиш объектлари ходимлари (батафсил аудиода);
➖ барча турдаги савдо объектларининг ходимлари;
➖ спорт мактаблари ҳамда иншоотлари ходимлари;
➖ маданий ҳамда кўнгилочар объектлар, дам олиш масканлари ходимлари;
➖ меҳмонхона, уй меҳмонхонаси, хостел, отел, ётоқхона ва кемпинглар ходимлари;
➖ йўловчи ташиш билан шуғулланувчи давлат ва нодавлат ташкилотлар ходимлари;
➖ давлат ва нодавлат таълим муассасалари ходимлари;
➖ ҳарбий хизматчилар;
➖ умумий овқатланиш корхоналари ходимлари (батафсил аудиода);
➖ давлат ва нодавлат тиббиёт ва тиббий-ижтимоий объектлар ходимлари;
➖ коммунал хизмат ходимлари;
➖ алоқа ва телекоммуникация объектлари ходимлари;
➖ давлат ҳокимияти ва бошқаруви органлари ходимлари;
➖ ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар ходимлари.


👉 @xushnudbek 👈

393 comments

Show 100 more comments
Hammani o'zi avvaldan boshinnan majburiy qilish kerak edi qonunga ham o'zgartirish kerak aslinda. Oliy majlis qonunchilik palatasinda birisi qonunchilikda bunday gap yo'q deb o'tirib aholini kallasini buzib o'tiribdi. Dim qonunni biladigan kishi bo'lib. Emlashga bo'lgannan keyin hamma tengina emlanish karak aslinda.
Toifa ajratmasdan avval boshidan emlash kerak edi. Men olib bo'ldim emlashini yuqorida yozganlar diqqatiga hech qanday nojo'ya tasiri yuq.
Yaxshiham bizga emas ekan
ASROR KHAN
Emlanish bu - bola dunyoga kelgandan boshlab, bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinadigan protsess. Hozirgi kundagi dolzarb masala bo'lib turgan navbatdagi emlanishda imkon qadar ko'ngilni hotirjamlikka qo'yish kerak.
Bobur.
Hamma bir kun kelib vaksina olishi shart bu aniq. Lekin negadir yuqorida utirganlar vaksina olganini soxtalashtirib kursatishyapdi shunga biror kishi javob bera oladimi. Agar ular vaksinaga ishonishmasa oddiy xalq qanday ishonishsin. Xalqni ishonchsizligi shularninig soxta rasmlaridan kelib chiqyapdiku.
Vaksina olish kerak faqat 2 yildan keyin😆
OQILA
Shaxsiy fikrlar minbari bu maydon
Ravshan Ro‘zmetov
Òzi bizda hamma narsa majburiy oddiy xalq uchun buni hayratlanarli joyi yòq.inson huquqlariga kelganda ham shunday.
OQILA
Vaksina - bu tanaga ma'lum miqdorda kasallik dozasini yuborish va organizmni shu kasallik hujumiga tayyorlash...
Karantin kuchaysa savodsiz qolsa ham talabalarni onleni darsga yuborishadi, vaholanki, Òzbekistonda aloqa svyazi juda qoniqarsiz, sust axvolda, nega endi emlashga kelganda birov talabalarni eslamayapti
OQILA
Dozani ko'tarolmaydigan organizmlar bor,balki shu u.n majburiy qilolmas, 14 turdagi yo'nalish majburiy emlanadi degan qaror ham ehtimol kuchini yo'qotadi.
Albatta bu shaxsiy fikrim: Men faqat Rossiya dozasiga ishonaman bu millat mahsuloti doim toza bo'lgan,ammo Xitoy mahsuloti sifatsizligi bilan dunyoga mashhur,medisinasiga kim kafolat bera oladi???
Ассаломуалайкум!Хушнуд ака талабалар вакцина олса 10 фоиз скидка қанча бўлади шуни тушунтириб беринг
OQILA
Afsuski Rossiya -Sputnik markazdan ortmayapti..
Anvar Ruzimurodov
Бу дегани хамма олиши керак. Халк учун шунча кайгурар эканлар, имейкани бекор килсинлар, отни калласидек жарималарни бекор килсинлар.
Орзиев Камолиддин
Assalomu aleykum hurmatli Yurtdoshlar. Davlat va hukumatga nisbatan tosh otishlarni bas qilizlar iltimos. Bu lanati verusdan qutilishning boshqacha yuli bulsa taklif berizlar qani biror aqilli kalla biror yulini bilar balki. Hukumatga tosh otishni biladigan hurmatli fuqarolar siz uylab kuringchi siz nima qildiz shu kasallikdan qutilish uchun. Hattoki bitta shu talab qilinadigan oddiy maskani ham taqmay quydingiz, maska taqmay siz verus tashuvchi bulib atrofdagilarga zarar yetkazayotganizda nega uzingizni tanqid qilmadiz. Xudo kursatmasin kasal bulib yotib qolganizda shu hukumat davlat tomonidan ozmi kupmi yaratilgan shart sharoit jonizga oro kirib tuzalib chiqyapsizku. Qayerda kamchilik yuq hamma joyda bor biz tanqid qilish urniga har birimiz yordam qulini chuzsak muammolar kamayadi. Bu butun boshli davlatku bir oilani ichidagi muammolarni hal qila olmay aqlingiz tang buladi goxida yo sizda unaqamasmi tan olmasangiz xudoga havola....! Yaxshi niyat qilib bir millat birtanu bir jon bulib kurashsakgina hammasini udalasak buladi. Har bir insonga olloxim insofu iymon bersin. Olloxim shu balolardan qutulishimizga uzi panox bulsin!!!.
Мен давлат ҳокимияти ва бошқарув органлари бирида ишлайман. Хитой вакцинасини олдик, Аллоҳга беҳисоб шукр, хеч қандай муаммо бўлгани йўқ.
ajoyiba babr hammani oldrarkande majburiy hechkm omauaptide hamma aholu qatlami shu soxalada ishlidiyu
Nafisa
Assalom alekum . Perevod uchun online ariza sayti ishlamayabdi pasport va yashash joyni kirgizgandan keyin sayt bloklangan deb turibdi . Tran. Dtm. Uz chetan perevod qiladiganlarniki. Bu nimasi a? Kerakli odamlarga yozsak to‘lov qilasz o‘zimz o‘tib beramiz didi. O‘zimiz o‘tamiz. Saytni ishlatib qo‘yinglar.
Qudratova Laylo Narzullayevna "Gulobod" MFY
Ilohim shu virus degan balodan qutulaylik. Vaksina olishga tayyormiz sog'ligimiz uchun. Davlatimiz bizga yomon bo'lsin deb qarorlar chiqarmaydi
Nasiba
Билмадим бу қанчалик ҳақиқат,лекин тиббиёт ходимлари ўзлари олишмаяпти бу вакцинани.Нима учун? Ўқитувчилар биринчи навбатда эмланди,эмланганимдан бери саломатлигим яхшимас..Қизийвераман,ҳаво етишмайди,ҳолсизланаман...Ваҳоланки эмлангунга қадар бундай шикоятларим йўқэди..Афсусландим.
Show next 56 comments