Сизнинг юқоридаги постга муносабатингиз қандай?

9 май Сиз учун аслида қандай кун? Қуйида шу ҳақдаги фикрларингизни билдиришингиз мумкин.

Шунингдек, урушда қатнашган ота-боболарингиз бўлса, уларнинг хотиралари билан ўртоқлашишингиз ҳам мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

916 comments

Show 100 more comments
Salohiddin Kurbonov
Hozir eski qadriyatlar va bayramlar yangilanmoqda. "Xotira va qadrlash kuni va eski O'zbekiston" I.A.Karimov bobomiz bilan 2016 yil 3 sentyabrda qabrga ko'milgan. Nima keragi bor bunaqangi o'zgarishlarni. Bayram nimanidir o'zgartiradi-mi? Yangi O'zbekistonni eski odamlar bilan qurmoqchimizmi? Eski O'zbekiston faqat bitta inson uchunmidi? Qilayotgan soxta amallarimiz orqasidan talofatlar ko'rayabmiz. Bu ketishda Mustaqillikni ham boy berib qo'yishimiz tayin. Shu bayramlar orqali qanchalab o'tganlarni qabri nurga to'layotgandi. Biz esa bu kunni unutib, Yangi O'zbekiston deya G'alaba bayrami qilib yuribmiz. Yana uyimiz tomini uchirsa yoki yurtni suv bossa "kuchli shamol", "texnogen hodisa" deb o'zimizni-o'zimiz aldayapmiz. Men G'alaba bayrami sifatida parad o'tkazib nishonlanishiga qarshiman. O'lganlar uchun bayram qilish musulmonchilik uchun to'g'ri keladi-mi???
: Irodajon
Ассалому алайкум,,,бугун Хотир ва қадрлаш куни,,,тинчлигимиз учун жонини берган ота боболаримизни ҳаққига дуо ӯқиб,,,ҳаёт ларини ҳолидан ҳабар олиш куни,,


Ватан учун жон берган. деган гапни шунчаки айтамизку лекин,,,,лекин ӯйлаб курайлик. қулимизга битта тикон кириб йиринг боғласа қанча азоб беради,,,йоки эҳтиётсизоикдан бир бармоғингизни куйдириб олсангиз,,,чидаш қийин воооой деб юбрамиз беҳосдан,,,,,


Уруш майдони азобларини куз олдимизга келтириш эса қанчалар аянчли ва даҳшат,,,,,


шунчаки даҳшат,,,,бу даҳшатларга юрак ютиб кириб борган ҳар бир ватандошимизни эслаб алқаш бизнинг бурчимиз деб биламан,,,,,
Хушнуджон,сиз ҳали ёшсиз,сиз учун "хотира" бўлиши мумкин.Лекин,ҳали озгина бўлса ҳам қаҳрамон боболаримиз ҳаёт экан,шулар учун қанча байрам қилиб берсак ҳам кам.Бу кун шу инсонларнинг қандай машаққатлар билан эришган куни! Бу БУЮК ҒАЛАБА!Сиз юрист бўлсангиз ҳам,қанча қонун чиқарсангиз ҳам тарихни ўзгартира олмайсиз! Яна 10-20 йилдан кейин қаҳрамонларимиз ҳаётимиздан бутунлай "тугаганидан" кейин хотирласак бўлади.
2019 йил 9 май – Хотира ва қадрлаш кунига бағишланган тантанали маросимдаги нутқидан

Шавкат Мирзиёев,
Ўзбекистон Республикаси Президенти

«Буюк Ғалабага ҳисса қўшган ватандошларимиз ҳаёти, жасорат ва матонатини янада чуқурроқ ўрганишимиз, бу ҳақда янги илмий тадқиқотлар, бадиий асарлар, кинофильм ва спектакллар яратишимиз керак. Ёшларимиз кимларнинг жасорати туфайли қарийб 75 йил мобайнида уруш балосини кўрмасдан, тинч ва бахтли замонда яшаётганимизни билиши ва бунинг қадрига етиши зарур…»
Сарварбек
Ким нима десаям бу кун тарихда Галаба куни бб колади! Гап СССР хакида эмас, тарих хакида, буни узгартириш кк эмас
1939 yilda Gitler bilan birga Polshani ortada ARRA qilgan Stalin, 1941 yilda Gitler SSSRga hujum qilgani uchungina urushga qoshilgan, aks holda chetda jimgina qarab turardi SSSR, shuni hisobga olib fashizim ustidan galaba nishonlasak, undan deyarli farq qilmaydigan sssr qulashini ham bayram sifatida nishonlash kerak, mustaillikdan tashqari.
Turgunov Ibrohim
Хушнудбек мутлако фикрингизга кушиламан. Бу уруш хам бу галаба хам агар галаб булса узбекларники эмас. Бизнинг ота-боболаримизни узимизники булмаган урушга мажбуран олиб борилган.
Xotira va qadirlash kuni - bu juda mos tanlangan nom. Haqiqatda urushda jon betganlarni xotirlash, haqlariga duo qilish, tiriklarni esa holidan habar olish kerak. Lekin bu kunni ĝalaba kuni sifatida Nishonlash ĝalati deb hisoblayman. Yuqorida siz aytganday urushda ĝolib taraf boladi. Lekin bizni xalqimiz uchun urush 45 - yilda tugagan deyish qiyin. Gitler va fashistlar yoq qilingani bilan Stalin siyosati urushdan keyin ham xalqimizni ezishda davom etgan. 50-yillarda qayta avj olgan qataĝonlar bunga bir misol. Urush faxriylarini tabriklashning ham tarafdori emasman. Chunki ular urushda eng kamida yaqin dõstlaridan, balki qarindoshi, balki jigarlaridan ayrilgandir. Ularning boshqalardan farqi buni frontda turib õz kõzlari bn korganliklari.
G'alaba kuni.
Bu kun ota bobolarimiz duo qiladigan kun! Tabriklash kerak albatta. faqat ularni deb oyliman. Ularga biz beradigan oddiy etibor va mexr ular uchun olam quvonch!
Shunchaki ularni doimo yodimizda saqlashimiz kerak. Fursatdan foydalanib Ozbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abduganiyevich Karimovni eslamoqchiman. Bu kishi bizni mustaqillika olib chiqqan xalqi uchun jonini bera olgan zotdir. U kishini qancha dou qilsak xam kam! 25yil xalqim deb yashagan. Xaqiqiy qaxramon desak mubolaga bolmaydi. Biz u kishini xech qachon yodimizdan chiqarmaymiz!
Бугун 9-май ХОТИРА ва ҚАДРЛАШ куни.

ХОТИРА—оламдан ўтган буюк кишиларимиз, яқин инсонларимизни зиёрат қилиш, хотирлашдир.

ҚАДР—ҳозирги кунда ҳаёт бўлган бобо, бувиларимиз, яқин кишиларимиз, ёнимиздаги инсонларни қадрлашдир.

(Маъносини билишимиз керак.

Бу кунга бошқа мазмун бермаслик керак)

@kasbim_faxrim1👈

Каналга уланиш👇👇👇👇

https://t.me/joinchat/AAAAAETs8lq92DIW1093YQ
Отабек Узаков
Bugungi kun qanday kun bolardi, har doimgidek yana bir ish kuni... 😔
Niyozbek
BUGUNGI #KUN BIR ALAMLI KUN UNDA QANCHA QANCHA O'G'LONLARIMIZ JONBERGAN KUN QANCHA INSONLAR NOGIRON BO'LGAN KUN QANCHA INSONLAR O'Z FARZANDINI O'Z YORINI QADIRDONINI ERTA KELAR DEB KUTIB KUTIB KO'Z YUMGAN KUN #ONALARMIZ KUTIB JON BERGAN KUN .... BUGUNGI KUN ALAMLI KUN!
Bugun Xotira va qadrlash kuni. Ğalaba kuni desa sal tor doirada faqat urush qatnashchilarini xotirlash tushuniladi. Xotira kunida butun ötganlar yodga olinadi va yolğiz keksalardan, bemorlarning holidan xabar olinadi. Ular tirikligida qadriga yetish uchun ham qadrlash kunidir. Bugun nafaqat ötganlarni xotirlaymiz,balki keksa ota-bobolarimizni,momolarimizni tirikligida qadriga yetishga yana bir bor choğlanamiz. Bu kun uluğ kun
Avvalambor assalomu alaykum! Dunyoda qancha odam bo‘lsa shuncha fikr, shuncha qarash mavjud. Uni biz to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri deyishga haqqimiz yo‘q. Chunki insonni shaxsiy fikri bo‘lib u harqanday voqeilikka o‘z fikrini bildiradi. Endi 9-may yuqorida aytib o‘tilgani kabi 50mln odamning qoni evaziga nafaqat 50mln balki 1 kishining joni evaziga erishilgan g‘alabani ham qanaqadur bayram qilib nishonlash manimcha to‘g‘ri emas. Nima biz u insonlarni biz uchun o‘lgani, bizning tinchligimiz uchun jon berganini "xursand" bo‘lib nishonlaymizmi? Yo‘q bu noto‘g‘ri shunchaki ularni xotirasi uchun Qur‘on tilovat qilib haqqiga duo qilsak manimcha shu yetarli. Yana kim biladi deysiz. ...Albatta bo‘lar mening fikrlarim. Fikr qachon javobgarlikka tortiladi qachonki u davlatning xavfsizligiga qaysidir ma‘noda raxna solsagina. Davlatni tinchliginj bo‘zishga qaratilgan fikrlargina ularni kim tomonidan aytilganligi aniqlanib uni jazoga tortish mumkin. Bu qo‘shimcha izoh edi!
Fikrlarizga qoʻshilmayman Xushnudbek. Nishonlash kerak. Insonlar kimning avlodi ekanligini, Vatanni joni hisobiga boʻlsa ham asrash tushunchasi mustahkam boʻlishi kerak.Dunyo notinch. Urush boshlansa sizga oʻxshagan blogerlarmas oddiy xalq kiradi urushga. Shuning uchun urush haqida, oʻsha paytdagi umumiy holat haqida, gʻalaba haqida, qatnashchilar haqida, gʻalaba bayrami haqida butun omma bilishi kerak va nishonlash kerak. Urush qatnashchilari gʻalaba kunini xotira kuniga aylantirishganiga qattiq xafa boʻlishgan boʻlsa kerak. Men koʻpchilik urush qatnashchilari va unlarning yaqinlari bilan gaplashganimda bu yaqqol koʻringan. Meni otam ham urush, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi boʻlgan.
Хакикат шу-ГАЛАБА.Канчалик кутилган бу кун.курмак бутка ичиб ер чопиб нормани уддаласа ГАЛАБАга хисса кушаман деб ишлаган онам. ГАЛАБА КУНИ муборак булсин.мустакиллик-менимча осонрок кулга киритилган.
Show next 100 comments