Сизнинг юқоридаги постга муносабатингиз қандай?

9 май Сиз учун аслида қандай кун? Қуйида шу ҳақдаги фикрларингизни билдиришингиз мумкин.

Шунингдек, урушда қатнашган ота-боболарингиз бўлса, уларнинг хотиралари билан ўртоқлашишингиз ҳам мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

916 comments

Show 100 more comments
Xotira va qadirlash kuni - bu juda mos tanlangan nom. Haqiqatda urushda jon betganlarni xotirlash, haqlariga duo qilish, tiriklarni esa holidan habar olish kerak. Lekin bu kunni ĝalaba kuni sifatida Nishonlash ĝalati deb hisoblayman. Yuqorida siz aytganday urushda ĝolib taraf boladi. Lekin bizni xalqimiz uchun urush 45 - yilda tugagan deyish qiyin. Gitler va fashistlar yoq qilingani bilan Stalin siyosati urushdan keyin ham xalqimizni ezishda davom etgan. 50-yillarda qayta avj olgan qataĝonlar bunga bir misol. Urush faxriylarini tabriklashning ham tarafdori emasman. Chunki ular urushda eng kamida yaqin dõstlaridan, balki qarindoshi, balki jigarlaridan ayrilgandir. Ularning boshqalardan farqi buni frontda turib õz kõzlari bn korganliklari.
G'alaba kuni.
Bu kun ota bobolarimiz duo qiladigan kun! Tabriklash kerak albatta. faqat ularni deb oyliman. Ularga biz beradigan oddiy etibor va mexr ular uchun olam quvonch!
Shunchaki ularni doimo yodimizda saqlashimiz kerak. Fursatdan foydalanib Ozbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abduganiyevich Karimovni eslamoqchiman. Bu kishi bizni mustaqillika olib chiqqan xalqi uchun jonini bera olgan zotdir. U kishini qancha dou qilsak xam kam! 25yil xalqim deb yashagan. Xaqiqiy qaxramon desak mubolaga bolmaydi. Biz u kishini xech qachon yodimizdan chiqarmaymiz!
Бугун 9-май ХОТИРА ва ҚАДРЛАШ куни.

ХОТИРА—оламдан ўтган буюк кишиларимиз, яқин инсонларимизни зиёрат қилиш, хотирлашдир.

ҚАДР—ҳозирги кунда ҳаёт бўлган бобо, бувиларимиз, яқин кишиларимиз, ёнимиздаги инсонларни қадрлашдир.

(Маъносини билишимиз керак.

Бу кунга бошқа мазмун бермаслик керак)

@kasbim_faxrim1👈

Каналга уланиш👇👇👇👇

https://t.me/joinchat/AAAAAETs8lq92DIW1093YQ
Отабек Узаков
Bugungi kun qanday kun bolardi, har doimgidek yana bir ish kuni... 😔
Niyozbek
BUGUNGI #KUN BIR ALAMLI KUN UNDA QANCHA QANCHA O'G'LONLARIMIZ JONBERGAN KUN QANCHA INSONLAR NOGIRON BO'LGAN KUN QANCHA INSONLAR O'Z FARZANDINI O'Z YORINI QADIRDONINI ERTA KELAR DEB KUTIB KUTIB KO'Z YUMGAN KUN #ONALARMIZ KUTIB JON BERGAN KUN .... BUGUNGI KUN ALAMLI KUN!
Bugun Xotira va qadrlash kuni. Ğalaba kuni desa sal tor doirada faqat urush qatnashchilarini xotirlash tushuniladi. Xotira kunida butun ötganlar yodga olinadi va yolğiz keksalardan, bemorlarning holidan xabar olinadi. Ular tirikligida qadriga yetish uchun ham qadrlash kunidir. Bugun nafaqat ötganlarni xotirlaymiz,balki keksa ota-bobolarimizni,momolarimizni tirikligida qadriga yetishga yana bir bor choğlanamiz. Bu kun uluğ kun
Avvalambor assalomu alaykum! Dunyoda qancha odam bo‘lsa shuncha fikr, shuncha qarash mavjud. Uni biz to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri deyishga haqqimiz yo‘q. Chunki insonni shaxsiy fikri bo‘lib u harqanday voqeilikka o‘z fikrini bildiradi. Endi 9-may yuqorida aytib o‘tilgani kabi 50mln odamning qoni evaziga nafaqat 50mln balki 1 kishining joni evaziga erishilgan g‘alabani ham qanaqadur bayram qilib nishonlash manimcha to‘g‘ri emas. Nima biz u insonlarni biz uchun o‘lgani, bizning tinchligimiz uchun jon berganini "xursand" bo‘lib nishonlaymizmi? Yo‘q bu noto‘g‘ri shunchaki ularni xotirasi uchun Qur‘on tilovat qilib haqqiga duo qilsak manimcha shu yetarli. Yana kim biladi deysiz. ...Albatta bo‘lar mening fikrlarim. Fikr qachon javobgarlikka tortiladi qachonki u davlatning xavfsizligiga qaysidir ma‘noda raxna solsagina. Davlatni tinchliginj bo‘zishga qaratilgan fikrlargina ularni kim tomonidan aytilganligi aniqlanib uni jazoga tortish mumkin. Bu qo‘shimcha izoh edi!
Fikrlarizga qoʻshilmayman Xushnudbek. Nishonlash kerak. Insonlar kimning avlodi ekanligini, Vatanni joni hisobiga boʻlsa ham asrash tushunchasi mustahkam boʻlishi kerak.Dunyo notinch. Urush boshlansa sizga oʻxshagan blogerlarmas oddiy xalq kiradi urushga. Shuning uchun urush haqida, oʻsha paytdagi umumiy holat haqida, gʻalaba haqida, qatnashchilar haqida, gʻalaba bayrami haqida butun omma bilishi kerak va nishonlash kerak. Urush qatnashchilari gʻalaba kunini xotira kuniga aylantirishganiga qattiq xafa boʻlishgan boʻlsa kerak. Men koʻpchilik urush qatnashchilari va unlarning yaqinlari bilan gaplashganimda bu yaqqol koʻringan. Meni otam ham urush, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi boʻlgan.
Хакикат шу-ГАЛАБА.Канчалик кутилган бу кун.курмак бутка ичиб ер чопиб нормани уддаласа ГАЛАБАга хисса кушаман деб ишлаган онам. ГАЛАБА КУНИ муборак булсин.мустакиллик-менимча осонрок кулга киритилган.
Jin ursin u ulug' vatan urushini, vatanni nimaligini bilmay o'lib ketgan milionlab. Uni nishonlash axmoqlik.
А.К.Ходжаев
Бу кун хам Аллохни берган куни, хамма рузасини тутиб ибодат билан утказадиган кун. Лекин шахсан ман юртимизда хайкаллар купайиб кетиб турганига каршиман, шариатга умуман тугри келмайдиган ишлар хайкалга гул куйиб калла эгиб куйиш, Хушнудбек шуларни гапирсез булмайдими, хадеб эски сиёсатни коралормасдан
Bu kunni "g'alaba kuni" deyishdan ko'ra, o'sha g'alabaga ulkan xissa qo'shgan, jonini fido qilgan ota-bobolarimizni xotirlab "xotira va qadrlash kuni" deb e'tirof etsak menimcha to'g'ri bo'ladi. G'alabadan oldin uning sababchilari qadrlanishi kerak!
《 L》
9 май уруш катнашчилари учун уз вактида хакикий галаба байрами булган.Бу галаба учун канча киши курашган,халок булган.Биз учун эса шуларни хотирлаш,эьзозлаш куни.
Qanaqa bayram ☹☹☹☹
Бу кун ўша даврда яшаганлар ва уларнинг болалари учун ғалаба куни бўлиб қолаверади. Ўша даврда яшамаганлар ҳамда ўша даврни ҳис эта олмайдиганлар учун хотира куни бўлади.
Асосийси бу кунни қанақалигини қайта ковлаб, чуқурлаштириб бир иккита иғвогарлардан бўлмайлик.
Ёшлар - ўша кунни кўрмаган ва ҳис этолмайдиган тирранчалар! баъзи бир масалаларни тинч қўйинглар. Ўтганлар руҳини чинқиратманглар. Қўйинглар қабрларида тинч ётсин.
Тириклар ўртасида эса миллатлараро адоватни, қарама қаршиликларни юзага келтирманглар.
Menimcha, galaba kuni deb nishonlasak boladi. Hotira kuni esa mantiqan notogri. Vafot etganlardi aynan maxsus kunda eslash emas, balki butun 365 kun eslab, duo qilish kerak.

P/S: agar oshanda galaba qozonmaganimizda hozir bu haqida fikr bildirip yozib, otirmagan bolar edik
Show next 100 comments