Сизнинг юқоридаги постга муносабатингиз қандай?

9 май Сиз учун аслида қандай кун? Қуйида шу ҳақдаги фикрларингизни билдиришингиз мумкин.

Шунингдек, урушда қатнашган ота-боболарингиз бўлса, уларнинг хотиралари билан ўртоқлашишингиз ҳам мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

916 comments

Show 100 more comments
Avvalambor assalomu alaykum! Dunyoda qancha odam bo‘lsa shuncha fikr, shuncha qarash mavjud. Uni biz to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri deyishga haqqimiz yo‘q. Chunki insonni shaxsiy fikri bo‘lib u harqanday voqeilikka o‘z fikrini bildiradi. Endi 9-may yuqorida aytib o‘tilgani kabi 50mln odamning qoni evaziga nafaqat 50mln balki 1 kishining joni evaziga erishilgan g‘alabani ham qanaqadur bayram qilib nishonlash manimcha to‘g‘ri emas. Nima biz u insonlarni biz uchun o‘lgani, bizning tinchligimiz uchun jon berganini "xursand" bo‘lib nishonlaymizmi? Yo‘q bu noto‘g‘ri shunchaki ularni xotirasi uchun Qur‘on tilovat qilib haqqiga duo qilsak manimcha shu yetarli. Yana kim biladi deysiz. ...Albatta bo‘lar mening fikrlarim. Fikr qachon javobgarlikka tortiladi qachonki u davlatning xavfsizligiga qaysidir ma‘noda raxna solsagina. Davlatni tinchliginj bo‘zishga qaratilgan fikrlargina ularni kim tomonidan aytilganligi aniqlanib uni jazoga tortish mumkin. Bu qo‘shimcha izoh edi!
Fikrlarizga qoʻshilmayman Xushnudbek. Nishonlash kerak. Insonlar kimning avlodi ekanligini, Vatanni joni hisobiga boʻlsa ham asrash tushunchasi mustahkam boʻlishi kerak.Dunyo notinch. Urush boshlansa sizga oʻxshagan blogerlarmas oddiy xalq kiradi urushga. Shuning uchun urush haqida, oʻsha paytdagi umumiy holat haqida, gʻalaba haqida, qatnashchilar haqida, gʻalaba bayrami haqida butun omma bilishi kerak va nishonlash kerak. Urush qatnashchilari gʻalaba kunini xotira kuniga aylantirishganiga qattiq xafa boʻlishgan boʻlsa kerak. Men koʻpchilik urush qatnashchilari va unlarning yaqinlari bilan gaplashganimda bu yaqqol koʻringan. Meni otam ham urush, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi boʻlgan.
Хакикат шу-ГАЛАБА.Канчалик кутилган бу кун.курмак бутка ичиб ер чопиб нормани уддаласа ГАЛАБАга хисса кушаман деб ишлаган онам. ГАЛАБА КУНИ муборак булсин.мустакиллик-менимча осонрок кулга киритилган.
Jin ursin u ulug' vatan urushini, vatanni nimaligini bilmay o'lib ketgan milionlab. Uni nishonlash axmoqlik.
А.К.Ходжаев
Бу кун хам Аллохни берган куни, хамма рузасини тутиб ибодат билан утказадиган кун. Лекин шахсан ман юртимизда хайкаллар купайиб кетиб турганига каршиман, шариатга умуман тугри келмайдиган ишлар хайкалга гул куйиб калла эгиб куйиш, Хушнудбек шуларни гапирсез булмайдими, хадеб эски сиёсатни коралормасдан
Bu kunni "g'alaba kuni" deyishdan ko'ra, o'sha g'alabaga ulkan xissa qo'shgan, jonini fido qilgan ota-bobolarimizni xotirlab "xotira va qadrlash kuni" deb e'tirof etsak menimcha to'g'ri bo'ladi. G'alabadan oldin uning sababchilari qadrlanishi kerak!
《 L》
9 май уруш катнашчилари учун уз вактида хакикий галаба байрами булган.Бу галаба учун канча киши курашган,халок булган.Биз учун эса шуларни хотирлаш,эьзозлаш куни.
Qanaqa bayram ☹☹☹☹
Бу кун ўша даврда яшаганлар ва уларнинг болалари учун ғалаба куни бўлиб қолаверади. Ўша даврда яшамаганлар ҳамда ўша даврни ҳис эта олмайдиганлар учун хотира куни бўлади.
Асосийси бу кунни қанақалигини қайта ковлаб, чуқурлаштириб бир иккита иғвогарлардан бўлмайлик.
Ёшлар - ўша кунни кўрмаган ва ҳис этолмайдиган тирранчалар! баъзи бир масалаларни тинч қўйинглар. Ўтганлар руҳини чинқиратманглар. Қўйинглар қабрларида тинч ётсин.
Тириклар ўртасида эса миллатлараро адоватни, қарама қаршиликларни юзага келтирманглар.
Menimcha, galaba kuni deb nishonlasak boladi. Hotira kuni esa mantiqan notogri. Vafot etganlardi aynan maxsus kunda eslash emas, balki butun 365 kun eslab, duo qilish kerak.

P/S: agar oshanda galaba qozonmaganimizda hozir bu haqida fikr bildirip yozib, otirmagan bolar edik
Togri fikrlar juda chiroyli bolyatti men ham shu fikrlarga qoshiLaman
Muhimi bari ortda qoldi!
Mohidil
Urushda qatnashib, hozirda yashab kelayotgan Vatanimiz himoyasiga debocha qo‘ygan faxriylarimizga o‘zlari bo‘yi tillaga ko‘msak ham kam, juda kam. Lekin ularga hozir tinchlik, sog‘lik kerak xolos. Ularga katta ehtirom ko‘rsatish zarur, kundan kunga saflari juda kamayib ketyapti.
Assalomu alaykum barchaga. Mening bobom ya'ni dadamning dadalari urushda qatnashganlar va Ollohga shukr tirik qaytganlar. Bobom bir maydon òlgan askarlar ichida qolib òzini òlganga solib nemislarning qiynoģiga chidab asirlikdan qutulib qolgan ekanlar. Men shunday insonning nabirasi bòlganimdan faxrlanaman
Хотира ва қадрлаш куни
Behruz
Musulmon odam oziga bir kunni belgilab olib faqat owa kunda ota-bobolarini eslamaydi aksincha har kuni namozdan song tilovat qilib eslaydi
Show next 100 comments