Сизнинг юқоридаги постга муносабатингиз қандай?

9 май Сиз учун аслида қандай кун? Қуйида шу ҳақдаги фикрларингизни билдиришингиз мумкин.

Шунингдек, урушда қатнашган ота-боболарингиз бўлса, уларнинг хотиралари билан ўртоқлашишингиз ҳам мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

916 comments

Show 100 more comments
Бизни Ватан СССР мас !!!
Бизни ватанни кул килган бу СССР !!!
Omadoy ZAMUJEM
Galabaga eriwilib xotirlab qadrlaydigan kun!
Isfandiyor Baxoviddinov
Agar fashistlar g‘alaba qozonganda bizni millat qirib tashlangan bo‘lar edi. Keyin, SSSR bilan Fashistlarni taqqoslash noto'g'ri
Агар динозаврлар кирилиб кетмаганда 2 жахон уруши булмасди. Агар агар агар....
Ikki xil fikrlab hurmatingizni tushirmang. Tarixdan malumki nimadandur qo'rqgan insonlar ikki tomonda turishgan.Sizni ko'plab ziyolilar singari "G'alaba kuni"ga qarshi fikr bildirasiz deb o'ylagandim.Albatta majbur bo'lgansiz degan yaxshi gumondaman.
ШЕРЗОД
Oldin g'alaba deshdi kyin xotra endi yana galabami xozirgi rivojlangan Germanyaga yitib olsh xaqda uylaylik undan kura vtandoshlar
Ertalabdan kayfiyat buzildi. "Dod" degisi keladi odamni. E, rossiyaparast bo‘lsang ket o‘sha yerga. "rossiya" - hatto nomini bosh harf bilan yozishga arzimaydi. Bugun biri ''jonim ''sssr'' desa, biri o‘sha davlatni bayrog‘ini rasmini qo‘yib olibdi. ''Tuf''lab yuborging keladi. ''Tuf''layman ham o‘shanaqalarga.
Ota-bobongni xor qilgan o‘shalarga qaysi aql bilan cho‘qinasanlar? Miyangda qanaqa qurt o‘rnashib olgan-ki, shularni olqishlaysan, alqaysan, maqtaysan? Hayf senlarga MUSTAQIL VATAN!!!
Seni arab bosib olgan, seni mo‘g‘ul istilo qilgan, seni yunon talagan, seni fors toptagan. Ularni ham ko‘klarga ko‘tar. leninni jonim bobom de, stalinni(nomini aytsang ko‘ngling ayniydi) otam de. E, bor-e!!! Senlarni deb jamiyat buziladi. Qancha gapirsam oz sendaqalarga. E...!
G’alabani inkor qilmayman. Fashizm g’olib bo’lgan taqdirda ushbu izohni yozib o’tirmagan bo’lardim balki. Ammo, lekin, biroq... 9-may - Xotira va qadrlash kuni. Negadir xotiramiz 2-jahon urushigacha borib tugaydiganday, urushdan avval va keyin xotirlaydigan, yodga oladigan hech kimimiz va hech narsamiz yo’qday tuyulaveradi menga. Aslidachi, yaqin tariximizga nazar solsak urushgacha ruslar istilosi davrida, undan so’ng qatag’on davrida shaxid ketgan qanchadan qancha yurtdoshlarimizni xotirlamaymiz, xatto ko’pchiligimiz o’sha davr haqida deyarli ma’lumotga ega emasmiz. Qatag’on asoratlari 50-yillargacha davom etganini unutib qo’yganmiz. Paxta ishi haqida juda kam gapiriladi. Urush, g’alaba bahonasida boshqa xotiralarimiz unut bo’lgandek go’yo. Kuni bo’yi ijtimoiy tarmoqlarda tantanovor, jangovor ruscha qo’shiqlar yangradi, son-sanoqsiz “G’alaba muborak!” mazmunidagi postlarga ko’zim tushdi. Ha g’alabaga bizni ota-bobolarimiz katta hissa qo’shishgan, qon to’kishgan. Biz buni hech qachon unutmaymiz. Va avval aytib o’tganimdek urushgacha va urushdan keyin qurbon bo’lgan ota-bobolarimiz ruhiga xurmat keltirsak, ularni ham xotirlasak, yaqin tariximizni yaxshilab o’rgansak ma’qulroq bo’lar edi deb o’ylayman.
Mening bobom ham Davranov Ubaydulla urushdan bir oyoqlaridan ayrilib qaytib kelganla. 1977 -yilda vafot etgan ekanla. Buvim rahmatli gapirib berardila. Tumanimiz markazidagi Xotira maydonida ismlari "Qaytib kelganlar " ro'yhatida turar edi. Har safar ko'rib faxrlanardim. Lekin afsuski negadir u yer buzib tashlangan, o'rnida savdo markazlari qurilgan. Afsus.....
9-may. Ayni shu kuni Fashizm ustidan g'alab qozonilgan. Bu urushda bizning aholimizning qariyb 20% jalb qilingan. Qanchadan qancha ota-bobolarimiz o'zga yurtlarda jon bergan. Biz bu kunda o'sha insonlarni xotirlaymiz. Lekin bir narsani yoddan chiqarmaslik kerakki, 9-may sanasi bizning yurtimizda "Xotira va qadrlash kuni" sifatida nishonlanadi. Bu o'z navbatida nafaqat urush qatnashchilari balki, umuman bu yorug' olamni tark etgan insonlarni xotiralarini yod etib kelamiz. Shunday ekan 9-may shunchaki g'alaba kuni emas, o'tganlarning ruhlarini shod etish uchun ularning xotiralari eslanadigan kun. Men ham Xushnudbekning fikrlariga qo'shilaman. Urush faxriylarini yod etish bu qutlug' ayyomning eng go'zal qismi.
G'alaba kuni muborak! Bu g'alabani bizga bergan Allohga shukur va unga sababchi bo'lgan urushda xalok bo'lgan ota- bobolar, onaxonlar ruhlari shod bo'lsin 🤲🏻 ularni xar doim xotirlab ardoqlab Quron tilovat qilish kerak. Xayot bo'lganlarni xurmat qilib qadirlash kerak. Meni otamning otasi dodam xam urishda qatnashganlar quloqlarini tepasidan o'q bilan yaralanganlar, urushdan tirik qaytganlar. Quloqlari yaxshi eshitmaydigan bo'lib qolgan. Dodam tirik qaymaganlarida men otam dunyoga kelmagan bo'lar edi. Allohga ming shumur meni dodam tinch musaffo osmon sababchisi bo'ldilar. Xar bir yosh avlod tinchlik qadriga yetib xar doim tinchligimiz bardavom bo'lishini Allohdan so'rab duoda bo'lish kerak. Tinchlik bu ulug' nemat.
Ғалаба куни бўладими ёки Хотира куними, буни аслида умуман фарқи йўқ аслида. Бу ерда гап бошқа ерда. Нима учун бирданига неча йиллардан бери Хотира куни дейилаётган Ғалаба куни сифатида урғу берилаётганига эътибор қилинг. Радио, тв ва бошқа воситалар орқали буни аҳолига сингдиришга ҳаракат бор назаримда. 9-майни фақат 2-жаҳон уруши билан боғлаш ҳам тўғри эмас ҳозирги замонда. Бу баъзи бирларга қўл келиши мумкин.
Xurshida Mamatqulova
Dadam bobom haqida eslab aytib berganda,har doim bobomning yangi uylanib,töydan bir oy ötib urushga ketganini va asir tushib qolganini,öz uyiga 7 yilda qaytganini aytib beradi.Buni kichkinaligimda eshitganimda uncha tushinmas edim,lekin hozir öylab qarasam urushga borish nafaqat urushga ketgan jasur yigitlarning balki ayollarning ayollarining ham jasoratidir.Ötgan yili "Shinglerning röyxati "degan kinoni körganimda,urush haqiqatdan ham juda qörqinchli vashavqatsiz voqea ekanligini tushindim.Biz tomonlarda 9-may kuni hech kim bir birini tabriklaganini eshitmagan ekanman,hamma ertalab turib qabristonga boradi va ötganlarni xotirlaydi,urushda qatnashmagan bölishsa ham.9-may kuni tinchlikni qadriga yetish va insonlarni urush nomli axmoqona voqeadan qaytarish kuni menimcha
S S
Агар динозаврлар кирилиб кетмаганда 2 жахон уруши булмасди. Агар агар агар....
Kalta fikrlamasdan butun suhbatni o‘qib ko‘ring, shunda bilasiz nega yuqoridagi gapni aytganligimni. Keyin, agar bilmasez bilvoling, Germaniyani SSSRga hujum qilishdanoldin millatlarni ima qilish bo‘yicha rejasi tayyor bo‘lgan
​​9-Май бу кун биз учун ҳеч қандай ғалаба куни эмас!

​​9-Май дунёни бўлиб олиш истагидаги диктаторлар кураши сабаб ҳалок бўлган миллионлаб инсонларни хотирлаш куни. Нима бўлди, урушдан миллионлаб инсонлар ўлиб кетди, фарзандлар етим, аёллар бева қолди, қанчадан қанча Онаизорлар фарзанд доғида куйиб адо бўлди. Онажонимни бир кўрай дея ким учун, нима учун урушаётганлигини ҳатто англамай жангда ҳалок бўлганлар кўмилди ёки қаерлардадир қолиб кетди. Бир уйни ўзига 7, 8 талаб қорахат келди. Урушдан қайтганлар майиб-мажруҳ, соғ-саломат қайтганлари ҳам бор шукр лекин афсуски жангда қон кечиб келганларни аксариятини арзимаган сабаб билан қамашди. Ғалабадан ким фойда кўрди, албатта биз эмас! иккита диктатордан бири ютди, униси келтирмаган кулфатларни буниси келтирди. Юртимизнинг бойликлари ташиб кетилаверди, зиёлилари қириб ташланаверди, халқ кундан-кунга қийналиб, жаҳолат қурбони бўлаверди. Токи СССР парчаланиб кетгунга қадар бизни Халқимиз бошига фақат ва фақат ёмонлик келтирди, азоб уқубат солди. Шу ғалабами, шу бахтми!?

9-Май қайсидир давлатлар учун Ғалаба байрами бўлиши мумкиндир, аммо Ўзбек халқи учун ҳеч қачон, ҳеч қандай Ғалаба байрами эмас.
9-май Хотира ва Қадрлаш Куни, Шундай экан Ўтганларни хотирлаб, ҳақларига дуо қилайлик.
Salohiddin Kurbonov
: Irodajon
Ассалому алайкум,,,бугун Хотир ва қадрлаш куни,,,тинчлигимиз учун жонини берган ота боболаримизни ҳаққига дуо ӯқиб,,,ҳаёт ларини ҳолидан ҳабар олиш куни,, Ватан учун жон берган. деган гапни шунчаки айтамизку лекин,,,,лекин ӯйлаб курайлик. қулимизга битта тикон кириб йиринг боғласа қанча азоб беради,,,йоки эҳтиётсизоикдан бир бармоғингизни куйдириб олсангиз,,,чидаш қийин воооой деб юбрамиз беҳосдан,,,,, Уруш майдони азобларини куз олдимизга келтириш эса қанчалар аянчли ва даҳшат,,,,, шунчаки даҳшат,,,,бу даҳшатларга юрак ютиб кириб борган ҳар бир ватандошимизни эслаб алқаш бизнинг бурчимиз деб биламан,,,,,
Har yili 365 kun qabrlar ziyorat qilolmaysiz-ku? Kimdir hozir Amerikada yashaydi. Ammo shu kunni deb kelardi qishlog'iga. Bu juda zo'r belgilangan kun edi. Be'korga Birinchi Prezidentimiz 9 may kunini tanlamaganlar. Birinchidan, sovet davrini qumsayotganlarni Mustaqillik shukuhida tarbiyalash; ikkinchidan II jahon urushida qatnashganlar va hozirda hayot bo'lgan bobolarimizga hurmat bajo keltirish; uchinchidan haqiqatda o'tganlar ruhini shod qilish. Aslida birinchidan shu holatni o'ylab belgilangan. Bu ketishda o'zligimizdan ayrilib qolmasak bo'lgani. Hozir TV larda hamma sovet davrini gapirib, xursandchilik bilan eslashmoqda. Evroosiyo, keyin Rossiya hududiga kirib qolmaylik. Ko'zni kattaroq ochinglar "Yangi O'zbekistonni" eski odamlari....
Elbek Bozorov
​​9-Май бу кун биз учун ҳеч қандай ғалаба куни эмас! ​​9-Май дунёни бўлиб олиш истагидаги диктаторлар кураши сабаб ҳалок бўлган миллионлаб инсонларни хотирлаш куни. Нима бўлди, урушдан миллионлаб инсонлар ўлиб кетди, фарзандлар етим, аёллар бева қолди, қанчадан қанча Онаизорлар фарзанд доғида куйиб адо бўлди. Онажонимни бир кўрай дея ким учун, нима учун урушаётганлигини ҳатто англамай жангда ҳалок бўлганлар кўмилди ёки қаерлардадир қолиб кетди. Бир уйни ўзига 7, 8 талаб қорахат келди. Урушдан қайтганлар майиб-мажруҳ, соғ-саломат қайтганлари ҳам бор шукр лекин афсуски жангда қон кечиб келганларни аксариятини арзимаган сабаб билан қамашди. Ғалабадан ким фойда кўрди, албатта биз эмас! иккита диктатордан бири ютди, униси келтирмаган кулфатларни буниси келтирди. Юртимизнинг бойликлари ташиб кетилаверди, зиёлилари қириб ташланаверди, халқ кундан-кунга қийналиб, жаҳолат қурбони бўлаверди. Токи СССР парчаланиб кетгунга қадар бизни Халқимиз бошига фақат ва фақат ёмонлик келтирди, азоб уқубат солди. Шу ғалабами, шу бахтми!? 9-Май қайсидир давлатлар учун Ғалаба байрами бўлиши мумкиндир, аммо Ўзбек халқи учун ҳеч қачон, ҳеч қандай Ғалаба байрами эмас. 9-май Хотира ва Қадрлаш Куни, Шундай экан Ўтганларни хотирлаб, ҳақларига дуо қилайлик.
O‘sha davrda o‘zbeklar uchun Vatan SSSR hisoblangan va juda ko'pchilik o‘z hohishi bilan urushga ketgan. Keyin, siz G‘alabani inkor eta olmaysiz - ajdodlarimiz g‘alaba uchun kurashishgan va unga erishishgan. Hozir biz ularni xotirlashimiz kerak, bekordan bekor qurbon bo‘lishdi demasdan. Hozir mani Stalindi tarafdori dersiz, yo‘q, Stalinam, Gitleram ko‘ppak. Lekin o‘sha siz inkor etayotgan G‘alaba bo‘lmaganda bizning millatimiz hozir qirib tashlangan bo‘lar edi. G‘alabani inkor etmaslik kerak, u uchun jonini fido etganlardi esa qadrlash kerak
Aslida 9-mayni G'alaba va Xotirlash kuni deyish kerakmi? Chunki bu kun jamiki o'tganlarni xotirlash kuni bo'lib bormoqda!
Iqboljon Umaraliyev
Men yuqorida kimnidir fikrini òqib qoldim va hayratdaman: U inson "biz ģalaba qozonmaganmiz va bekorga biznikilar òlob ketgan" debdi hey inson òzing ham u davrga tushib qolsang nima qilarding u paytda vatan bitta bolgan birlashgan agar nemislar ģalaba qozonganda sen hozir bolmasding bu yoruģ kunlar ham bolmasdi. Senga maslahat tarixni òqi shunda nima deb qoyganingni bilasan, men shuni xoxlardim tarixni maktabdan yaxshi 1-darajali fan sifatida òqitishini chunki bunga òxshagan notòģri òyledigan insonlar kam bolarmidi ?🤔(sensirab yozganligim uchun uzr )
Show next 100 comments