Sizning ham fikringiz kitobdan joy olishi mumkin!

Ha toʻgʻri oʻqidingiz. Bilasiz Respublikamizdagi hududlar ichida ilk marta Xorazmda viloyat hokimining qoʻllovi bilan “Hokim olimpiadasi” loyihasi oʻtkazildi. Jami 13 ta tuman va shaharlarda olimpiadalar oʻtkazildi. Olimpiada topshiriqlari, yechimlari, statistik ma’lumotlar tahlillari, qiziqarli voqealar, rasmlardan iborat hisobot kitobini nashr qilish rejalashtirilgan. Joiz kelsa “tarixiy” kitob desak boʻladi. Shu kitobda viloyat hokimi olimpiadasida ishtirok etgan oʻquvchilar, ularning ustozlar yoki ota-onasining eng sara fikrlarini kitobga kiritishga qaror qildik.

Shu post ostidagi izohga oʻz fikringizni, olimpiadadan olgan taasurotlaringizni qoldiring. Ushbu loyiha sizga nima berdi? Bunday loyihalar oʻzi kerakmi? Shu kabi savollarga fikringizni qoldirishingiz uchun imkoniyat.

14 comments

Assalomu alaykum.Ustoz yaxshimisiz.Ustoz Sardor Bazarbaev sizga o'xshashni orzu qilaman va bu mening katta maqsadim.
Ustoz sizning qilgan tashkillariz yodhlar uchun o'z ko'rilmagan qiralarini ochib bermoqda.Ilmga qiziqmagan yoshlarni ilmga intiluvchan kadr bo'lishiga sababchi bo'lmoqdasiz.Eng kecha shaharlarda ham o'tkizib kelmoqdasiz.O'zim ham ustoz ko'p tadbirlarda siz bilan ko'rishganman.Sizdek bo'lish uchun sizdan mativatsiya olaman.
Agar imkoniz bo'lsa O'zbekistannni har bir viloyatida va har bir tumanlarida musobaqa o'tkizsangiz degan taklifim bor.
Азимбой Купалбек Азизбек
Ассаломалейкум хурматли Сардор Бозорбоев сизга катта рахмат углим шу олимпиодода бошидан катнашиб келйапти орзуси сиздек инсон булиш оллох узи углимнинг орзусини амалга оширсин
Азимбой Купалбек Азизбек
Сизга сабр токат куч кувват тилиман бу тадбирлар углимда ота онанинг гурури булиш фахри булишни устозларнинг ишончини козонишни ургатди мен углим бн фахрланаман
JANNAT IFORLARI
Assalomu alaykum Sardor Bozorboyev sizga raxmat shunday olimpiodalarni õtkazip yoshlarni ilmga bilimga õrgatiz ollox sizdan rozi bōlsin
JANNAT IFORLARI
Qizim shu olimpiadada qatnaship yanada õqip õrganishga tengdoshlari bilan fikr almaship boshqa sinfdoshlariga ham bu haqda gapirip berip ularni shu olimpiadaga qiziqishini orttirdi sizdek ustoz bõlip elimizga yurtimizga kerakli inson bõlip yetishishiga ishonaman sizga raxmat
Batirova Zulfiya
Assalomu alaykum.Sizga katta rahmat ustoz.Òquvchilarimiz sizga havas qilib harakatni kuchaytirmoqda.Olimpiadalarni kòproq òtkazavaring.
Nargiza Hamidjanovna
Farzandim har safar qatnashib o'rin ololmasa ham, Har safar o'rni ko'tarilib borar, bilimi ham oshib borardi, oxirgisida so'ngi imkoniyat deb chin dildan o'rin olish uchun sidqidildan kurashdi,nihoyat 2- o'rin olib o'zida yo'q xursand. Adolatli, halol kurash bo'lganiga ishonch ortib, o'qisa bilim olsa albatta natijasi bo'lishiga ishonchi komil bo'ldi. Siz va jamoangiz bilan yoshlarni bilim olishida qo'llab quvvatlayotganlariz uchun sizlarga, sizning tashabbusingizni quvvatlagan hokim buvaga ham katta rahmat.Olloh nasib qilsa yaqin kelajakda bu quvvatlovlar o'z mevasini berishiga ishonaman. Bu tashabbusni davom qildirsangiz yanada ilmli yoshlarni kashf qilasizlar. Omad.
Otaboyeva Nilufar
Assalomu alaykum Ustoz Sardor Bazarboyev avvallo sizga va olimpiada tashkilotchlariga o'zimning samimiy minnatdorchiligimni bildiraman. Sizlarga omad, kuch quvvat tilayman. Kelajakda bunday loyihalar davomiy bo'lsa, bizlarning farzandlarimiz ham xalqaro olimpiadalarda O'ZBEKISTONNI butun Dunyoga tanitishiga ishonaman. Nimaga desangiz qizim bu olimpiadada 1-marta qatnashganda ballari unchalik yuqori emasdi, lekin har safar ballar yuqoriga ko'tarilib borardi.Chunki qizim ham juda katta qiziqish bilan qatnashrdi, ĝolib bòlish uchun tinmay mehnat qilardi.Har gal olimpiada e'lon qilinishini intiqlik bilan kutar va shu kuni biz uchun bayramdek bo'lardi.Bunday olimpiadalar matematikaga qiziquvchi yoshlarga mustahkam fundament bo'ladi. Yana shunday loyihalar bo'lsa qizim albatta qatnashadi.G'olib bo'lishi bizning eng katta orzularimizdan biri.
Max Well
Assalomu alaykum! Har qanday ishni maromiga yetkazish va uni davomli boshqarib borish albatta insondan juda katta sabr va talabchanlikni talab qiladi, Hokim olimpiadasini tashkillashtirgan va uni boshqarib kelayotgan barchaga raxmat! Masalalarga kelsak, barchasi fikrlashga undaydigan, qolibdan chiqib fikrlaydigan, yuksak darajada tuzilgan! Albatta har bir ish ma'suliyat bilan yondashilgani ko'rinib turadi! Ustoz shogirt ananasini rivojlantirish uchun ham yaxshi imkoniyat bo'ldi desak adashmagan bo'lamiz! Shunday hayrli ishlar bardavom bo'lishida kuch quvvat tilab qolamiz! Taklifimiz: Butun Respulika bo'yicha ham o'quvchilarni bellashuvuni tashkil qilinsa, o'quvchilar yanada oldinga intilishar edi! ( Misol uchun: "Prezident olimpiadasi" )
Show next 3 comments